O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Vaqtdan unumli foydalanishga undaydigan va yangi yutuqlarga ilhom beradigan kitoblarni o‘qishga tavsiya qilinadi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə13/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Vaqtdan unumli foydalanishga undaydigan va yangi yutuqlarga ilhom beradigan kitoblarni o‘qishga tavsiya qilinadi.
«Qat’iylik bilan vaqtni boshqaring. O‘z hayotingiz boshqaruvini qo‘lga oling", Dan Kennedi.
Vaqtni to‘g‘ri boshqarish har bir inson hayotida muhim o‘rin tutishi hech kimga sir emas, ayniqsa siz rahbar bo‘lsangiz, rejalashtirilgan barcha ishlarni bajarish uchun vaqt topishga va to‘g‘ri kun tartibini tuzishga oid amaliy tavsiyalar muhim. Kitobda, hatto, ishi juda ko‘pligidan oilasiga ham vaqt topa olmaydigan insonlar uchun qanday qilib har bir kundan maksimum unumli foydalanish haqida tavsiyalar berilgan. Kitobni o‘qib bo‘lgandan so‘ng, siz o‘z vaqtingizni haqiqatan ham qadrlashni o‘rganasiz.
«Umumiy manfaat uchun iqtisodiyot», Jan Tirol
Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirolning bu kitobida qanday qilib iqtisodiy tushunchalar yordamida hayotda mavjud bo‘lgan turli muammolarga yechim topish mumkinligi juda yaxshi tushuntirilgan. Shu jumladan, bizning kelajagimizga katta ta’sir ko‘rsatadigan masalalar ham bor. Bu nafaqat moliyaviy inqirozlar, balki ishsizlik, Yer sayyorasining global isishi, raqamli inqilob va boshqalar.
Sekin o‘ylang ... Tez qaror qabul qiling”, Daniel Kaneman
Biz ko‘pincha o‘zimizni mantiqsiz tutamiz, xatolarga yo‘l qo‘yamiz va buni hissiyotlar yoki beparvolik bilan oqlaymiz. Iqtisodiyot bo‘yicha 2002 yilning Nobel mukofoti sovrindori, psixolog Daniel Kaneman o‘zining bestsellerida ushbu mantiqsiz xatti-harakat uchun o‘zgacha tushuntirish beradi - fikrlashimiz xatolari uning murakkab tarkibiga bog‘liq. Muallif fikrlashni ikki tizimga ajratib ko‘rsatgan: «Tizim - 1» va «Tizim - 2». «Tizim - 1» biz o‘rganib qolgan voqealarga munosabat bildiradi, u tez, avtomatik va qiyinchiliksiz ishlaydi. Agar biz odatiy bo‘lmagan, kundalik tajribamiz doirasidan tashqarida bo‘lgan narsaga duch kelsak, «Tizim - 2» ishga tushadi, u sekin ishlaydi va bizdan katta aqliy kuch talab etadi. Yagona muammo shundaki, ko‘pgina noma’lum savollarga ko‘pincha tanqidiy fikrlaydigan «Tizim 2» emas, balki avtomatik ravishda «Tizim 1» javob beradi, noma’lum hodisani tanish narsa deb adashtiradi. Bu bizning fikrlash va xatti-harakatlarimizdagi jiddiy xatolarga olib keladi. Shu kabi misollar ushbu kitobda muhokama qilinadi.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin