O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Shartnoma – ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə116/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Shartnoma – ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi



Ijara shartnomasi kamida bir yilga tuzilib, ijaraga oluvchi mol-mulkni soz holatda saqlashi, o‘z hisobidan joriy ta’mirlashi va mulkni saqlash bo‘yicha xarajatlarni qoplashi shart.

Kommunal va foydalanish xizmatlari bo‘yicha to‘lovlarni to‘lash miqdori, tartibi va muddatlari ijara shartnomasi bilan bir vaqtda tuziladigan balansda saqlovchi va ijaraga oluvchi o‘rtasidagi bitim bilan (bitim shartlari ijara shartnomasiga kiritilishi mumkin), kommunal va foydalanish xizmatlarini ko‘rsatuvchilar tomonidan belgilangan tariflarni hisobga olgan holda tartibga solinadi. Elektr energiyasi, suv va gazni hisobga olish uchun zarur hisoblash priborlarini o‘rnatish shartnoma shartlariga muvofiq balansda saqlovchi yoki ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.


Ijaraga beruvchi kommunal va foydalanish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan tuzilgan bitimlarga muvofiq ijaraga oluvchi tomonidan unga ko‘rsatilgan xizmatlar haqining o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 2014 yil 14 noyabrdagi “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 74-sonli buyrug‘iga asosan esa ta’lim muassasalari budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi xarajatlar smetasini shakllantirish va undan foydalanish me’yorlari belgilangan.
2019 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Rivojlantirish jamg‘armasi)14 tashkil qilinmoqda.
Quyidagilar Rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasini moliyalashtirish uchun har yili nazarda tutiladigan mablag‘larning kamida 6%;


  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari;


  • jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;


  • xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;


  • Rivojlantirish jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan tushadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.


Belgilansinki, Rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘lari quyidagi maqsadlarga sarflanadi:


  • ta’lim muassasalari muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shu jumladan zarurat bo‘lganda o‘quv korpuslarini o‘quv ustaxonalari va laboratoriyalar tashkil etgan holda kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma ob’ektlarini barpo etish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;


  • zamonaviy talablarni hisobga olgan holda va tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib, ta’lim muassasalari muassasalarini eng yangi o‘quv-laboratoriya, ilmiy va ishlab chiqarish uskunalari, musiqa asboblari, sport uskunalari va anjomlari, kompyuter texnikasi hamda o‘quv axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa elementlari, shuningdek, o‘quv mebeli va anjomlari bilan jihozlashni (qo‘shimcha jihozlashni) moliyalashtirish;


  • uning ijroiya direksiyasini Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan yillik xarajatlar smetasiga muvofiq ta’minlash.


Qonun xujjatlariga muvofiq ta’lim muassasalari maktabini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari quyidagilarni tashkil etadi:


hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno;
Ta’lim muassasalari direktorlari yillik xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘larni doimiy nazoratini olib borishlari lozim. Chunki, xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan mablag‘larni belgilangan muddatlarda tasarruf qilish ko‘rsatib o‘tilgan. Turli sabablarga ko‘ra tejalgan mablag‘lar bo‘lgan taqdirda ta’lim muassasalari direktorlari tegishli tuman moliya organiga tejalgan mablag‘ni budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazish to‘g‘risida murojaat xati chiqarishi lozim. Ushbu xatga asosan tuman, shahar moliya organlari ta’lim muassasalari maktabining xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan tegishli xarajat guruhlari mablag‘lari dastlabki nazoratdan o‘tkazadi. Bunda, ish xaqi xarajatlari, direktor jamg‘armasi mablag‘lari tejalgan mablag‘ deb qaralmaydi. Ta’lim muassasalari ning tejalgan mablag‘larni budjetdan tashqari hisob raqamga o‘tkazilishi to‘g‘risidagi murojaat xatida nazarda tutilgan mablag‘lar dastlabki nazoratdan o‘tgandan so‘ng, maktabning tegishli hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Budjet tashkilotlarini kelgusi chorakda mablag‘ bilan ta’minlash hajmi hisobot choragida tejab qolingan budjet mablag‘lari summasiga kamaytirilmaydi.

Budjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘larning bir qismi, belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar, beg‘araz homiylikdan olingan mablag‘lar ham budjetdan tashqari hisob raqamiga o‘tkaziladi.


Ta’lim muassasalari byujetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasining daromad manbalaridan biri yuridik va jismoniy shaxslarning beg‘araz xomiylik mablag‘laridir. Yuridik shaxslar tomonidan qilinadigan bezaraz xomiylik mablag‘lari naqd pulsiz amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ta’lim muassasalari maktabiga ko‘rsatilgan homiylik (beg‘araz) yordamidan olingan mablag‘larning barcha summasi, agar homiy bilan maxsus o‘zgacha hol kelishilmagan bo‘lsa, moddiy-texnika bazani mustahkamlashga sarflanadi.
Tovar-moddiy boyliklarni sotishdan olingan mablag‘lar ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlarida (yoki G‘aznachilik bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida) jamlanadi va budjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi - tegishli budjet daromadiga;
50-foizi - budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlarida (yoki G‘aznachilik bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida) qoladi.
Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasiga budjet tashkilotlarining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va ularni ishlab chiqarish bo‘yicha xarajatlar o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Ta’lim muassasalari budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasini har yili tuzadi va tasdiqlaydi. Bunda, budjetdan tashqari mablag‘lar tushumlari va xarajatlarini rejalashtirish budjet tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan daromadlar manbai va xarajatlar yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim muassasalari ning budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan xodimlar soni saqlab turilgan taqdirda, budjetdan tashqari jamg‘armalar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan xodimlar soni bo‘yicha shtat jadvali ilova qilinadi. Bunda mazkur shtat jadvali ta’lim muassasalari maktabining shtat jadvaliga o‘xshash holda tuziladi hamda tegishli moliya organidan qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Ta’lim muassasalari budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi xarajatlarni qoplash mumkin:
  • avvalo, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarni va mavjud kreditorlik qarzlarni to‘lashga;


  • ta’lim muassasalari maktabida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalar muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarz mavjud bo‘lsa, maktabni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari tejab qolingan budjet mablag‘lari doirasida ushbu qarzlarni to‘lashga (ishlar, xizmatlar tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami xarajatlar o‘rni qoplangandan so‘ng) sarflanadi.


Agar kreditorlik qarzi ta’lim muassasalari maktabining xarajatlari vaqtincha yetarli miqdorda mablag‘ bilan ta’minlanmaganligi munosabati bilan paydo bo‘lgan taqdirda, kreditorlik qarzning maktabning rivojlantirish jamg‘armasi hisobiga to‘langan miqdori joriy moliya yiliga belgilangan xarajatlar limiti doirasida budjetdan qoplanadi.


Agar kreditorlik qarzi ta’lim muassasalari ning xarajatlar smetasiga ilovada nazarda tutilgan tegishli xarajatlar to‘lanmaganligi va (yoki) xarajatlarning har qaysi guruhi bo‘yicha belgilangan limitlarning oshib ketganligi munosabati bilan paydo bo‘lgan bo‘lsa, to‘liq hajmda budjetdan mablag‘ bilan ta’minlangan taqdirda, ta’lim muassasalari maktabini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari (ishlar, xizmatlar, tovarlar ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jami xarajatlar o‘rni to‘ldirilgandan so‘ng) avvalo xarajatlarning to‘lanmagan qismi va belgilangan limitlarning ortib ketgan miqdori doirasida kreditorlik qarzlarni uzishga yo‘naltiriladi.
Ta’lim muassasalari ning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari maktab xarajatlarini moliyalashtirish manbalaridan biri bo‘lib, uni shakllantirishda maktab direktori tashabbus ko‘rsatishi talab qilinadi. Chunki, qonunchilikda jamg‘armani shakllantirishning bir necha daromad yo‘nalishlari belgilangan bo‘lsa-da ta’lim muassasalari ushbu imkoniyatlardan to‘liq foydalanmaydilar. Masalan, hozirda amaliyotda aksariyat maktablar jamg‘arma mablag‘lari, qora metal parchalarini to‘plash, maktab mikrohududidagi ekiladigan yerlardan qishloq ho‘jaligi maxsulotlari yetishtirish va ularni sotishdan tushgan tushumlar hisobiga shakllantiriladi. Qonunchilikda pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga ruxsat berilgani holda, maktablarda ushbu yo‘nalishda mablag‘ deyarli tushmaydi. Shuningdek, ta’lim muassasalari direktorlari budjetdan tashqari jamg‘armani tartibga solish yuzasidan me’yoriy hujjatlar bazasi mazmuni bo‘yicha yetarli darajada ma’lumotga ega emas.
Ta’lim muassasalari vaqtincha bo‘sh turgan mulkini shartnoma asosida ijaraga berishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi 102-sonli Nizomga asosan tartibga solindi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 2014 yil 14 noyabrdagi “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 74-sonli buyrug‘iga asosan esa ta’lim muassasalari budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi xarajatlar smetasini shakllantirish va undan foydalanish me’yorlari belgilangan.
2019 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Rivojlantirish jamg‘armasi)15 tashkil qilinmoqda.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin