O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə141/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Yosh kirizislari
Identifikat krizisi (16-23 yoshda).
Men kimman? Bu yosh kelajakka umid bilan qadam qo‘yib, o‘zining qarashlari va rejalarini ishlab chiqishga intilayotgan davirni o‘z ichiga oladi. Xayot davomida turli soxalarda o‘zini anglash demakdir.
Bu davr xar tomonlama inson ongi o‘sib, rivojlanayotgan davrni o‘z ichiga oladi. Inson bu yoshda asosiy yo‘nalishni borligicha qabul qilishi ko‘pgina xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yishiga olib keladi. Agar inson bu yoshda bajarayotgan ishlarini taxlil qilib borsa, kamchiliklar o‘z-o‘zidan kamayib boradi.
Korreksiya krizisi (28-32 yoshda). Bajarilgan reja yoki ko‘rsatmalar go‘yoki keraksizdek tuyulaveradi. Inson xulqidagi o‘zgarishlarda esa o‘z oldiga qo‘ygan maqsad sari intilish mavjud emasdek. Shuning uchun bu yoshda ajralishlar ko‘p kuzatiladi.
Hayot o‘rtasi krizisi (37-42 yosh). Bu yoshda inson oldinga nazar solib hayot tugab borayotganiga iqror bo‘ladi. Xudi hayoti besamar tugab borayotganday, yashab o‘tgan yillarida u xech narsani amalga oshirmaganday his qiladi, Bu davirni yengib o‘tishda insonga hayot davomida olgan bilim va ko‘nikmalari, psixologik-pedagagik yondashuvlar to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatishi mumkin. Shu o‘rinda ularning xayotiy tajribalari xam albata qo‘l keladi.
Hayot mazmunini ongli tasavvur eta olish krizisi (55-65 yosh). Inson bu yoshda o‘zining kerakligini his eta olishi muhim jixat xisoblanadi. U o‘zining shaxsiy qarashlarini boshqalar bilan xisoblashmaydi.


Tinglovchi ayollarni o‘qitishning xususiyatlari.

Ayollardan iborat bo‘lgan jamiyat gomogenli emas. Uning ichida ko‘pchilik asoslar bo‘yicha guruhlar ajralib chiqishi mumkin, masalan, yoshi, muayyan ijtimoiy qatlamga, etnik jamoaga, diniy guruhlarga munosibligi, oilaviy ahvoli va b.sh.q.


Shubhasiz, har bir guruh uchun o‘zining psixologik xususiyatlari mavjud. Ba’zi ayollarning fikri faqat oilaga qaratilgan, boshqalariniki esa faqat kareraga. Lekin bular ideal tipologiyadir, chunki ko‘pchilik “real” ayollar o‘zlari uchun oilaga yo‘nalganlikni ishga yo‘nalganlik bilan qo‘shib olib boradilar.
O‘zlarini faqatgina “xotin” va “ona” rolida ko‘radigan ayollar “uy bekasi” sindromiga ko‘proq chalinadilar. U zaiflik va umidsizlik, tez-tez depressiyaga uchrash, o‘zini past baholashda ko‘rinadi. Faqatgina oila tashvishlariga bag‘ishlangan yillar ayollarni mustaqillik va kompetentlikni his qilishdan holis qiladi, odatda o‘zining MENini yo‘qotishiga olib keladi, turli xil buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ayollarning, ta’bir joiz bo‘lsa “oliy qismati” dan kelib chiqqan boshqa sindrom, “o‘ta zo‘r ayol” sindromi ham mavjud. U ma’lum ma’noda olima-ayollar, rahbarlarning tez vaqtda “o‘chib qolishini”, tanlangan sohadagi ularning muvaffaqiyatlarining cheklanganligini ham tushuntiradi. Bu stereotipning ta’siri ostida ayolning o‘z qobiliyatlarini amalga oshirishga intilishi o‘zining oilasi oldida aybdorlik hissiga qo‘shiladi, o‘zining karerasidan oilasi zarar ko‘rmasligi uchun qiladigan harakati amalda, uydagi ishlarni oilaning boshqa a’zolarni jalb qilmagan holda chala bajarishni bildiradi.
Zamonaviy ayol yetarli ma’lumotli bo‘lib, o‘ylash va kuzatishga o‘rgangan, u o‘zini nafaqat o‘choq oldida, balki boshqa faoliyat turlarida ham ko‘rsatishni xoxlaydi.
Ayollar o‘ta ehtiroslidir. Ular ko‘pchilik erkaklar e’tibor ham bermaydigan mayda narsalarni juda yaxshi payqaydilar. Ayollar psixologiyasi uchun, hodisalarni “bo‘laklarga bo‘lib”, kim qanday o‘tirdi, uning yuzi qanday edi kabilarni tahlil qilish xosdir. Ayollarning tahlili ehtirosli bo‘lib, unda har doim ham mantiq yo‘q, lekin shunisi g‘alatiki, bunday tahlil asosida ayollar tomonidan qilingan xulosalar xayron qolarli darajada to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Odatda shunday bo‘ladiki, ayol ko‘rgan yoki eshitganlariga nisbatan o‘zining sezgilariga, ichki ovoziga ko‘proq ishonadi.
Ijtimoiylashtirishning xususiyatlari, psixofiziologik mezonlar ayollarning ta’limga bo‘lgan munosabatini aniqlab beradi. U ayniqsa erkaklar ko‘proq bo‘lgan sohalarda “muvaffaqiyatdan qo‘rquv”deb ataladigan sifat bilan tavsiflanadi. Buni ayolning kasbiy muvaffaqiyatga erishishining ba’zi hollarda “mardonavorlik”ka tenglashtirilishi bilan qisman tushuntirish mumkin. Ayollar ko‘pchilik hollarda, ularni, agar kareralarida muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsalar qandaydir darajada kamroq ayolsifat deb hisoblashlari mumkinligi bo‘yicha bezovtalanadilar.
Ishlab chiqarishda bunday tarzdagi kasallik ayollarning, ayniqsa erkaklar kasblarida o‘zlariga past baho berishlarini belgilaydi. Bundan, ularning kasbiy da’volarining pasayishi va ular tomonidan kamroq jozibali, pastroq xaq to‘lanadigan lavozimlarni band qilish kelib chiqadi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin