O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Malaka oshirish kursi tinglovchilarini psixologik-andragogik tashxislash



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə138/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Malaka oshirish kursi tinglovchilarini psixologik-andragogik tashxislash

Katta yoshdagi kishilarni o‘qitishni tashkil qilishda shaxsiy, fiziologik, psixologik, ijtimoiy va kasbiy xususiyatlarni o‘rganish lozim. Mashhur rossiyalik andragog S.I.Zmeyovning fikricha, katta yoshdagi ta’lim oluvchilar shaxsining xususiyatlarini va ularning barcha faoliyatini belgilovchi hayotiy mezonlarni aniqlashni “...ta’lim oluvchilarni psixologik-andragogik tashxis qilish bosqichi (yoshi katta bo‘lmaganlar holatida bu - ta’lim oluvchilarni psixologik-pedagogik tashxis qilish bosqichidir) deb atash mumkin. Psixologik-andragogik tashxisning muhim farqi shundaki, kattalarni o‘qitishda u ta’lim jarayoninig muhim, mustaqil va nisbatan uzoq davom etadigan bosqichi bo‘lib, bunda ta’lim oluvchilar va o‘qituvchilarning dastlabki ulkan, murakkab, sinchiklab qilinadigan o‘zaro mehnati amalga oshiriladi”19.


Kattalar shaxsi xususiyatlarini tashxis qilish katta bo‘lmaganlar shaxsini tashxis qilishga nisbatan bir qator muhim farqlarga ega. Kattalarni o‘qitishda tashxis bosqichi o‘qitish jarayoni boshlanmasdan oldin amalga oshiriladi va unga yetarli darajada ko‘p vaqt ajratiladi.
Bunda ikki asosiy vazifa hal qilinadi: katta yoshdagi ta’lim oluvchilarning o‘qitish jarayonini tashkil qilish va amalga oshirishga faol ta’sir ko‘rsatadigan shaxsiy xususiyatlarini aniqlashtirish, ularda o‘qishga nisbatan turg‘un motivatsiyani shakllantirish. Shaxsning psixologik-andragogik tashxisi boshqaruvchi va ta’lim oluvchi tomonidan birgalikda amalga oshiriladi va ushbu parametrlarni aniqlashga yo‘naltirilgan.
Yosh ulg‘ayishi bilan inson organizmidagi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi fiziologik funksiyalar bir muncha zaiflashadi: ko‘rish, eshitish pasayadi, xotira, ongning tezligi va egiluvchanligi yomonlashadi, reaksiyaning tezligi sekinlashadi. Lekin, katta yoshdagi insondagi muhim qiyinchiliklar psixologik xarakterga ega.
Kattalarni o‘zlarining o‘qishga bo‘lgan qobiliyatlariga ishonchsizlik, qo‘rquv bezovta qiladi, go‘yoki o‘qish jarayonida ularning savodsizligi, o‘qiy olmasligi bilinib qoladi. Kattalardagi o‘qish bilan bog‘liq bunday stress holatlar va kechinmalar turg‘un va davomli motivatsiyaga qarshilik qiladi.
Ana shuning uchun tashxis bosqichida katta yoshdagi ta’lim oluvchidagi o‘qishga bo‘lgan motivatsiyani mustahkamlash lozim.
O‘qitishning texnologik jarayoni ta’lim oluvchi va andragog tomonidan muayyan harakatlar va funksiyalarni bajarish jarayonida amalga oshiradigan bir qator operatsiyalardan iborat.
Psixologik-andragogik tashxis bosqichida to‘rtta asosiy operatsiya amalga oshiriladi:
  • ta’lim oluvchilarning ta’limiy ehtiyojlarini aniqlash;


  • ta’lim oluvchilarning hayotiy tajribalarining hajmi va xarakterini aniqlash;


  • ta’lim oluvchilarning fiziologik va psixologik xususiyatlarini aniqlash;


  • ta’lim oluvchilarning o‘quv rusumini aniqlash.





Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin