O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Andragogik bilimlarning xususiyatlari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə136/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Andragogik bilimlarning xususiyatlari
Agar olingan bilimlarni kishining hayot faoliyati uchung muhimligi darajasi bilan baholansa, unda ularning quyidagi sifat tavsifini ajratish mumkin:


      • fundamental (muayyan vaqt uchun olamni tushunishni belgilab beradi, chunki u olamni tavsiflaydigan axborotlar yig‘indisidan iboratdir);


      • amaliy (“shu yerda va xozir” zarur bo‘lgan, muayyan harakatlarni amalga oshirish uchun yordam beruvchi);


      • o‘zib ketuvchi (hayotda real paydo bo‘luvchi muammolar va holatlarni oldini oluvchi zahira bilimlar);


      • kuzatib boruvchi (vujudga keluvchi yoki taklif qilingan hayot muammolarining rivojlanishi bilan shartlanuvchi u yoki bu ta’limiy ehtiyojlarning tashqaridan paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bilimlar);


      • to‘ldiruvchi (hayot faoliyatining ma’lum davrini unumli o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ta’limiy yoki umummadaniy axborotning yetishmasligini to‘ldiruvchi bilimlar);


      • tuzatuvchi (ijtimoiy qabul qilingan ko‘rinishlarga mos kelmaydigan shaxsiy, xulqiy, kommunikativ va boshqa ko‘rinishlardagi o‘zgarishlarni shartlovchi bilimlar);


      • rivojlantiruvchi (shaxsiy rivojlanishni rag‘batlantirishga xizmat qiluvchi);


      • qo‘llab-quvvatlovchi (alohida muammolarni hal qilish, hayotning murakkab davrini unumli o‘tish, bo‘ronli holatni yengib o‘tish uchun zarur bo‘lgan bilimlar).


2.3. Pedagogning kasbiy va shaxsiy xususiyatlariga qo‘yiladigan
andragogik talablar

An’anaga ko‘ra andragog deb, kattalar ta’limi sohasida uning tashkiliy shakllari – kattalar maktablari, oliy ta’lim muassasalari, malaka oshirish institutlarida band bo‘lgan o‘qituvchilar ataladi.
Bugungi kundagi kattalar ta’limi amaliyoti “andragog” fenomenining “kengaytirilgan” talqinini taklif qiladi. Andragog – kattalar bilan muloqotning turli shakllarida ijtimoiy vositachi bo‘lgan, ular tomonidan yangi bilimlarning egallanilishiga yordam beradigan va ijtimoiy ahamiyatga ega maqsadlarga yetish uchun katta yoshdagi insonning ta’lim faoliyatini zamonaviylashtiradigan mutaxssis, professionaldir.
Lekin andragog ixtisosligi O‘zbekistonda hali xam oliy ta’lim tizimida o‘qitiladigan ixtisosliklar davlat tasniflagichiga kiritilmagan.
Katta yoshdagilarni o‘qitishning asosiy funksiyasi bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashda uning maqsadlari, vazifalari va majburiyatlarini aniq tasavvur qilish lozim.
Andragog quyidagilarni bajarishi lozim:
  • o‘zining imkoniyatlari, kuchli va kuchsiz tomonlarini ob’ektiv baholashi;


  • katta yoshdagi ta’lim oluvchining kasbiy ahamiyatli sifatlarini anglashi;


  • olingan inson to‘g‘risidagi bilimlarini o‘zining keyingi kasbiy faoliyati uchun ahamiyatini tushunishi;


  • o‘zi tomonidan tanlangan ixtisoslikning keyingi rivojlanish uchun ochib beradigan istiqbolini ko‘ra bilishi.


Pedagog va andragogning kasbiy faoliyatidagi farqlarni anglash juda muhimdir.


Quyida andragog va pedagogning kasbiy faoliyati sohalarini taqqoslash jadvali keltirilgan18.






Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin