O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Ta’limiy ehtiyojlarni rivojlantirish tamoyili



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə134/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Ta’limiy ehtiyojlarni rivojlantirish tamoyili. Bu tamoyilga ko‘ra, birinchidan, o‘qitish natijalarini baholash o‘quv materialini o‘zlashtirishning real darajasini va o‘zlashtirmasdan turib, qo‘yilgan ta’lim maqsadlariga erishish mumkin emas bo‘lgan o‘quv materialini aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi; ikkinchidan, ta’lim jarayoni ta’lim oluvchilarda yangi ta’limiy ehtiyojlarni muayyan o‘qitish maqsadlarida aniqlashtirgandan so‘ng shakllantirish maqsadida quriladi.


  • Ta’limning tan olinishi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim jarayoni sub’ektlari tomonidan o‘qitish jarayonini tashkil etish bo‘yicha barcha parametrlar va o‘zlarining harakatlarini anglashi, tushunib yetishini bildiradi.

    Kattalar ta’limini tashkil qilishda ularning turli xildagi tajribasini (hayotiy, kasbiy, o‘quv faoliyati) hisobga olish zarur, chunki u o‘zlashtirilayotgan bilimlarning xarakteri va sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘qitish ehtiyojlar va talablarga mos kelganda kattalarning tajribasi o‘rganilayotgan mazmunni chuqurroq tushunishga yordam beradi va uning ahamiyatliligini oshiradi.


    Yoshi ulg‘ayishi bilan insonlarda yangi bilimlarni qabul qilishga bo‘lgan qobiliyat pasayadi, o‘quv materialini o‘zlashtirish va eslab qolishga bo‘lgan vaqt hajmi ko‘payadi. Bu balki odam sog‘lig‘ining umumiy holati va uning chaqqonligi, bilimlarga bo‘lgan ob’ektiv va sub’ektiv ehtiyojlarning pasayishi, o‘zining bilimlarini amalda qo‘llash imkoniyatlarining pasayishi yoki yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
    Kattalarni o‘qitishga u yoki bu yosh davri bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik xususiyat emas, balki uning o‘qishida tanaffus bo‘lganligi muhim ta’sir ko‘rsatadi. O‘quv axborotlarini baholashda katta yoshdagi ta’lim oluvchilar, ayniqsa, ularga tanish bo‘lgan bilim sohalarida ko‘proq tanqidlilik va mustaqillik bilan ajralib turadilar.
    Katta yoshdagilarning to‘g‘ri tashkil qilingan ta’lim faoliyati ertangi kunga ishonchlilikni oshirishga, hayotiy voqealarni tushunishga imkon beradi, odamlarni umuminsoniy qadriyatlar asosida birlashtirishga ko‘maklashadi, ularning ijtimoiy va kasbiy harakatchanligini oshiradi, o‘zi uchun hayotning mazmunini, jamiyatdagi o‘z o‘rnini, o‘zining insoniy va fuqarolik burchini aniqlashga yordam beradi.



    Yüklə 1,05 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   163




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin