O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Umumta’lim muassasalarining sanitariya holati va tarkibiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə33/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

12. Umumta’lim muassasalarining sanitariya holati va tarkibiga qo‘yiladigan talablar.
12.1. Epidemologik salomatlik davrida muassasalarda kundalik xo‘jalik vositalari (soda, sovun, sintetik yuvish vositalari) dan foydalanib nam tozalash ishlari amalga oshiriladi.
Sinf xonalarini tozalash ishlari darslardan so‘ng oynalari ochib qo‘ygan holda amalga oshiriladi. Agar maktab 2 smenada ishlasa tozalash ishlari ikki marotaba amalga oshiriladi. Pol, deraza tokchalari, radiatorlar artib turiladi.
Oyda bir marotaba umumiy tozalash ishlari nafaqat yuvish vositalari, balki dezinfeksiya vositalari bilan ham amalga oshiriladi. Buning uchun 0,5-1% li xlor eritmasi, xloramin va kalsiy gidroxloridining 1% eritmalaridan foydalanish mumkin.
Oyna va deraza romlari yiliga ikki marotaba yuviladi (bahorda va kuzda).
Umumiy foydalanish joylari (hojatxona, bufet, ovqatlanish xonasi va tibbiyot kabineti) doimiy ravishda dezinfeksiya vositalari bilan tozalanadi.
Sanitar-texnik jihozlar epidemiologik vaziyatga qaramay har kuni zararsizlantiriladi. Hojatxona o‘rindiqlari, tortqichlari va eshik ushlagichlari sovunli iliq suv bilan yuviladi. Rakovina va unitazlar maxsus shyotka va dezinfeksiya vositalari bilan yuviladi.
12.2. Oshxonani tozalash ishlari bolalarning har bir tashrifi (nonushta, tushlik, kechki tushlik) dan keyin amalga oshiriladi. Har safar ovqat tanovvulidan so‘ngg stollar issiq sodali yoki sovunli suv bilan yuviladi.
Idish tovoqlar mexanik tarzda yoki qo‘lda yuviladi.
Idishlar qo‘lda yuvilganda 3ta bo‘limli rakovinadan foydalaniladi. Ovqat qoldiqlaridan tozalangan idishlar 50° issiqlikdagi suvda idish yuvish vositalari qo‘shilgan holda shyotka bilan yuviladi (1 bo‘lim). Bundan so‘ng dezinfeksiya vositalaridan biriga (0,2% xloramin eritmasi, natriy yoki kalsiy gipoxloridi ) solinadi (2 bo‘lim), shundan keyin 65°dagi issiq oqadigan suvda chayiladi (3 bo‘lim). So‘ng maxsus joyda quritiladi.
Shisha idishlar mexanik tozalangandan keyin ruxsat etilgan yuvish vositalari bilan yuviladi (1 bo‘lim), issiq oqova suvda chayiladi (2 bo‘lim), fizikaviy usulda 2-3 daqiqa mobaynida havo sterilizatorlarida zararsizlantiriladi. Tozalangan idish-tovoqlar metall bo‘lmalarda vertikal holatda, tutqichlarini tepaga qaratib saqlanadi.
12.3. Karantin vaqtida idishlarni tozalash jarayoni ketma-ketligi o‘zgartiriladi. Idishlar ovqat qoldiqlaridan tozalangandan so‘ng dezinfeksiya vositalariga solinadi. So‘ng idishlar yuvilib, chayilib, quritiladi.
Idish yuvish mashinasidan foydalanilganda qayta ishlash mashina qo‘llanmasidagi ko‘rsatmalariga qarab amalga oshiriladi.
12.4. Idish yuvish mochalkalari va shyotkalari soda solingan suvda 15 daqiqa qaynatiladi yoki dezinfeksiya vositasi solingan suvga (0,5% r-r xloramin 30 daq) bo‘ktirib qo‘yiladi, so‘ng chayilib, quritilib maxsus idishda saqlanadi.
12.5. Ovqat qoldiqlarini 15 daqiqa qaynatib yoki xlor kukuni bilan sepib zararsizlantiriladi.
12.6. Oziq-ovqat bloklari (oshxona, omborxona v.b.) oziq ovqat mahsulotlari va ovqat qoldiqlarini saqlash qoidalartga rioya qilish kerak, shuningdek pashsha, tarakan va kemiruvchilar bilan kurashish lozim.
12.7. Tibbiyot xonasini va undagi jihozlarni zararsizlantirishdan tashqari, ko‘p marotaba qo‘llaniladigan tibbiyot anjomlarini belgilangan dezinfeksiya vositalaridan birida yoki qaynatib dezinfeksiyalash lozim (5ilova).
12.8. Sterillangan anjomlar, zarur bo‘lgan vaqtda bir marotabalik vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
12.9. Karantin davrida karantin belgilangan sinfda o‘qiydigan bolalar kirgan barcha xonalar har zararsizlantirilib turiladi.
Dezinfeksiya vaqtida asosiy e’tibor mazkur infeksiyani tarqatishda asosiy rol o‘ynaydigan ob’ektlarga ishlov berishga qaratiladi. Tomchili infeksiyalarda sinf xonalarining oynalari ochilib, tez tez shamollatib turiladi, ichak infeksiyalarida idish tovoqlar, ovqatlanish stollari, sanitar-texnik jihozlar zararsizlantiriladi, har gal hojatxonaga borilgandan so‘ng va ovqatlanishdan oldin qo‘llar sovunlab yuviladi.
Muassasa hududida kundalik tozalash ishlari olib boriladi. Axlat qopqog‘i bor temir idishlarga yig‘iladi. Ularni asosiy binodan 25 km uzoqlikda asfalt yoki beton ustiga qo‘yiladi. Axlat qutilari 2/3 qismi to‘lganida tozalaniladi. Bundan so‘ng axlat idishlar dezinfeksiyalanadi. Axlat qutilari, yuvindi o‘ralari, axlat qutilarni 10% xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinadi.
12.10. Pashshalarni tuxum qo‘yishlarining oldini olish va ularni rivojlanish bosqichida yo‘q qilish maqsadida axlatlar 5-10 kunda bir marta “Pashshalar bilan kurashish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar”da taklif etilgan vositalarning biri bilan dezinfeksiya qilinadi. Maktab hududida qarovsiz hayvonlar bo‘lmasligi kerak.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin