O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti


Suv ta’minoti va markaziy kanalizatsiyaga ega bo‘lgan maktablarning hojatxonalari standartlariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə36/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Suv ta’minoti va markaziy kanalizatsiyaga ega bo‘lgan maktablarning hojatxonalari standartlariga qo‘yiladigan talablar:
  • Har bir qavatda qiz bolalar va o‘g‘il bolalar uchun, alohida kabinka va eshiklari bo‘lgan hojatxonalar joylashtirilishi kerak. Sanitariya jihozlari miqdori quyidagi hisob bo‘yicha aniqlanadi: 1 unitaz 20 nafar qizchaga, 1 ta qo‘lyuvgich(umivalnik) 30 nafar qizchaga: 1ta unitaz, 1ta pissuar va 1ta qo‘lyuvgich(umivalnik) 30 nafar o‘g‘il bolaga.


  • Qo‘lyuvgich(umыvalnik)lar oldida sovun turishi lozim.


  • Qizlar va o‘g‘il bolalar uchun sanitariya bo‘limlari maydoni bir o‘quvchiga 0,1m2 hisobida olinadi.


  • Maktab xodimlari uchun alohida sanuzel - 20 kishiga 1 unitaz miqdorida ajratiladi.


  • Har bir tanaffusdan so‘ng hojatxonalar tozalaniladi.


  • Umumta’lim muassasalari va ularning qoshidagi internatlarda tozalash va dezinfeksiyani o‘tkazish uchun bolalar muassasalarida qo‘llanilish uchun ruxsat berilgan tozalash vositalaridan - ularning qo‘llanilish ko‘rsatmasiga amal qilgan holda foydalaniladi,


  • Pollarni yuvish uchun dezinfeksiya vositalari aynan tozalashdan oldin hojatxona ichida, o‘quvchilar yo‘q vaqtida amalga oshiriladi.


  • Hojatxonalarni tozalashda foydalaniladigan yuvish vositalari va vetosh alohida xonada saqlanilishi lozim. Chelak, shvabra, supurgi va boshqalar belgilab qo‘yilishi lozim.




Zaruriy sharoitlar: hojatxonadan chiqqandan keyin qo‘llarni sovunlab yuvish va sharoiti bo‘lmagan hojatxonalarga kirmaslik to‘g‘risidagi tushuntirish ishlarini doimiy olib borish.
1.2. Bolalar qum maydonchalarining tarkibi (maktabgacha ta’lim muassasalari uchun)
  • Bolalar o‘ynaydigan joylarga, ayniqsa qum maydonchalariga uy hayvoni egalari o‘z itlarini kiritmasliklari lozim.


  • Uy hovlisi va ko‘chalardagi bolalar qum maydonchalarini ozoda saqlash lozim.


  • Fanerli qopqoqlar yasab, hech kim o‘ynamayotgan vaqtlarda ayniqsa kechqurun ularni yopib qo‘yish kerak.


  • Iloji boricha bir oyda bir martta qum maydonchasidagi qumni almashtirib turish tavsiya etiladi.





Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin