O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti ta’lim menejmenti



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə83/163
tarix26.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#197771
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   163
Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a-hozir.org

Omillar.
Iqtisodiy omillar, mamlakat iqtisodiy, moliyaviy tizimining ahvoli, jamiyatdagi farovonlik orqali fuqarolarning ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarining ortishi (yoki ehtiyojning bo‘lmasligi va murakkablashuvi)ga ta’sir etadi, ta’lim sohasini moliyalashtirishga ko‘p yoki kam imkoniyat yaratilishi uchun shart-sharoit tug‘diradi. Umumiy iqtisodiy rivojlanishning yuqori darajasi, yuksak rivojlangan bozor munosabatlari TMlarga xizmat ko‘rsatishga va ularni ta’minlashga maxsus yo‘naltirilgan iqtisodiy sektorlarning (qurilish, sanoat, ta’lim tizimi uchun yuksak texnologik jihozlar ishlab chiqarish) rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi.
Siyosiy omillar, mamlakatning ichki va tashqi siyosiy yo‘li, aniq siyosiy harakatlar va vaziyatlar ham jamiyatdagi xotirjam, amaliy, bunyodkor ijtimoiy-siyosiy holat juda zarur bo‘lgan TM faoliyatining umumiy muhitini yaratadi. O‘z ta’lim siyosatining mazmuni va uni hayotga tatbiq etish xarakteriga ham ko‘p narsa bog‘liq. Mamlakatimizda e’lon qilingan TMni siyosatdan xoli qilish tamoyili uni siyosatga haddan tashqari jalb etilishdan asraydi, biroq TM va uning jamoasini siyosiy muammolardan uzib qo‘ymaydi.
Huquqiy omillar, amaldagi qonunchilik hujjatlari va me’yorlari xarakteri TM hayot faoliyatining huquqiy maydoni, ushbu maydondagi «o‘yin qoidasi» chegarasini belgilaydi, bu fuqarolik huquqining avtonom sub’ektiga nisbatan yuridik shaxs huquqini olgan TM uchun juda zarurdir. TM o‘z shaxsiy hayot faoliyatini belgilashida uning tomonidan mamlakat Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, tegishli huquqiy hujjatlar, hukumat va ta’lim idoralari me’yoriy hujjatlari qoidalari muqarrar hisobga olinishi lozim. Zamonaviy TM mehnat, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni, fuqarolik qonunchiligining ko‘plab bo‘limlarini va boshqalarni yanada e’tibor bilan kuzatib borishi kerak.
Ijtimoiy-psixologik va axloqiy omillar, o‘sib kelayotgan avlodning rivojlanishida ijtimoiy vaziyatning muhim omillari bo‘lgan jamiyatdagi umumiy axloqiy-psixologik muhit, aholi turli qatlamlarining hayot tarzi va metodi, aniq mavjud bo‘lgan axloqiy me’yorlar va qoidalar TM to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi, undan tez va oqilona munosabat bildirishni, o‘quvchilarga o‘z erkinliklarini, shaxsiy g‘urur hissini dunyoga va odamlarga nisbatan ishonchni, ochiqlikni saqlab qolishda va ayni mahalda, axloqsizlik hamda vahshiylikka qarshi kurashishda yordam beradigan faoliyat me’yorlari va namunalarini, xulq-atvorni, munosabatlarni, insoniy muloqotni real taklif qilishni talab etadi. TM o‘z ijtimoiy mas’ulligi tufayli ijtimoiy psixologiya va axloqning salbiy holatlari va tamoyillaridan o‘zini oqlashda foydalanishi mumkin emas: bularni mavjud hodisa sifatida qabul qiladi, biroq unga har tomonlama qarshi kurashga intiladi.
Ekologik omillar, TMni o‘rab turgan tabiiy muhit holati bo‘lajak va hozirgi o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar sog‘ligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu, o‘z o‘rnida, TMning profilaktik va sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi faoliyatiga qo‘yiladigan talabni ancha kuchaytiradi. Bundan tashqari, TM yashab turgan geografik va tarixiy muhit xarakterining o‘zi ta’lim omili sifatida juda katta ahamiyatga ega. Bunga javoban TM o‘quvchilarning ekologik ta’lim-tarbiya­sini amalga oshirsa, tabiatni asrash faoliyatida faol qatnashsa, o‘quvchilarni sog‘lom turmush tarziga tayyorlasa, ekologik vaziyatning yaxshilanishiga hissa qo‘shishi mumkin.
Demografik omillar, tug‘ilish xarakteri, oilalarning tipik tarkibi ham TMdagi vaziyatga kuchli ta’sir etadi. Agar bu jihatlar o‘rganilmasa, TM bir qancha vaqtdan so‘ng o‘quvchilar kontingentisiz qolishi yoki aksincha, o‘quvchi o‘rinlari keskin yetishmasligi muammosiga duch kelishi mumkin.
Madaniy, ma’naviy-mafkuraviy omillar, mamlakatda madaniyatning ahvoli, aholining ma’naviy sog‘lomligi va madaniy ehtiyojlari darajasi odamlarning ta’lim olishdagi faolligi namoyon bo‘lishi, uning yo‘nalganligini ta’minlaydi. Jamiyat madaniy saviyasining pasayishi, madaniy hayotning qashshoqlashuvi, ommaviy madaniyatning keng yoyilishi TMning ta’lim bilan bog‘liq vazifasini bajarishini qiyinlashtiradi, jamiyatning yaxshi ta’limga bo‘lgan talabi darajasini pasaytiradi. Bu esa ta’limiy jamiyatni bezovta qilmasligi mumkin emas. Shuning uchun TM, madaniyatni asrovchi va uni yaratuvchi tashkilot sifatida, ko‘pincha bunday g‘oyaga o‘z kuchi va imkoniyatlari darajasida qarshi turishga harakat qiladi.
Tarmoq omillari, mamlakatda va dunyoda ta’lim tizimining ahvoli va o‘zgarish tamoyillari, yangi g‘oyalar, konsepsiyalar, eng yaxshi ta’lim tajribasi alohida olingan TMga ta’sir etib, unga o‘z harakat yo‘nalishini tanlash uchun muayyan variantlarni taklif qiladi. Puxta o‘ylangan umumdavlat, mintaqaviy ta’lim siyosati, TMlarni qamrab olgan mahalliy ta’lim tizimlari xatti-harakatining aniq yo‘nalishi mavjudligi (yoki yo‘qligi), TM uchun zarur bo‘lgan barcha resurslarning umumiy ahvoli va ularning kelish manbalari — bular TM imkoniyatlari va uning faoliyatining cheklanishini, uning strategiyasini belgilaydigan eng muhim omillardir. Tarmoq doirasida ta’lim muassasalari o‘rtasida raqobat yuz berishi mumkin. Bu ham ulardan mos tarzdagi munosabatni: ta’lim xizmatlari bozoridan o‘z o‘rnini izlashni, raqobatbardosh ustunlikni yaratishga tayyorlikni talab etadi.
Institutsional omillar, TM o‘z vazifalarini bajarishda hamkorlik qilishi mumkin bo‘lgan ixtisoslashgan ijtimoiy institutlarning, tashkilotlarning tarmoqlangan turi mavjudligi TM muhim keng ijtimoiy muhitining yana bir ahamiyatli unsuridir. TMning turli institutlar bilan samarador va o‘zaro foydali aloqalarini yo‘lga qo‘ya olish qobiliyati uning umumiy salohiyatini oshiradi, nufuzi, obro‘-e’tibori o‘sishiga, imiji yaxshilanishiga zamin yaratadi.
Yaqin ijtimoiy muhit haqida gap ketganda, ko‘pgina TMlar uchun unga quyidagilar:
— o‘quvchilar oilasi;
— jamoatchilik, mahalliy aholining faol qatlami;
— mahalliy ma’muriyatlar va ularning ta’limni boshqaruvchi tashkilotlari;
— mulkchilikning turli shakllaridagi ishlab chiqarish tuzilmalari (homiylik qilishi mumkin bo‘lganlar, TM bitiruvchilariga ish beruvchilar va boshqalar);
— sog‘liqni saqlash muassasalari;
— boshqa ta’lim muassasalari;
— madaniy-ma’rifiy tashkilotlar;
— huquq-tartibot organlari;
— mahalliy ommaviy axborot vositalari;
— mahalliy aholi tomonidan tuziladigan turli tashkilotlar va uyushmalar, turli konfessiyalarning diniy jamoalari va boshqa­lar kiradi.
TMga yaqin muhit, keng ijtimoiy muhitga ta’sir etuvchi «axborot uzatuvchi» sifatida ham, maxsus ta’sir etish manbalari sifatida ham voqe bo‘lib, unga murakkab ta’sir o‘tkazadi. TM ham, o‘z tomonidan, o‘z yaqin muhitidagi vaziyatga va uning tarkibiy qismlariga yetarli darajada sezilarli javob ta’siri o‘tkazishi mumkin.
Ijtimoiy muhit TM faoliyati yo‘nalishini belgilaydi, ushbu faoliyat uchun imkoniyat yaratadi, cheklovlar va tahdidlar tug‘diradi. Jumladan:
— sotsium TMni ijtimoiy tashkilot sifatida yaratadi, ta’sis etadi, unga ma’lum bir maqom, vakolat, huquq va majburiyatlar beradi, uning faoliyatini baholaydi;
— sotsium, TM hayot faoliyatining qandaydir umumiy muhiti yuzaga keladigan (ushbu hayot faoliyati uchun ko‘proq yoki kamroq qulay bo‘lgan) vaziyat;
— ijtimoiy muhit TMga qo‘yiladigan talablarni ilgari surish manbai hisoblanadi, ta’limga ijtimoiy buyurtmani shakllantiradi va beradi, TMdan har doim ma’lum bir natijalarni kutadi;
— ijtimoiy muhit TMning me’yor hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan zaxiralar manbai sifatida voqe bo‘ladi;
— TM sotsiumda vazifalarni bajarishi uchun zarur bo‘lgan qarshi agentlarni va hamkorlarni, o‘z mahsuloti — ta’lim olgan bitiruvchilar «iste’molchilarini» topishi mumkin;
— ijtimoiy muhit TMga beqarorlashtiruvchi, ta’sir etuvchi omillarni tug‘diradi.
Shunday qilib, zamonaviy ta’lim muassasasi tashqi muhit va ijtimoiy tashkilotlar bilan faol o‘zaro munosabatda bo‘ladi, o‘zida turli tashqi omillar ta’sirini his etadi, hamjamiyatdagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi; uning hayot faoliyati uchun o‘quvchilar kontingenti, kadrlar, dasturiy-metodik, axborot, moddiy-texnik, moliyaviy, me’yoriy-huquqiy ta’minot zarur.
Tuzilma, yuqorida keltirilgan jamiyat bilan o‘zaro aloqalar xususiyati, o‘zaro ta’sirning o‘ziga xosliklari, ta’lim muassasasining ijtimoiy tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatish shart-sharoit­lari o‘qituvchilar va o‘quvchilar korpusi sa’y-harakatlarining pirovard natijasiga — ta’lim sifati, o‘sib kelayotgan barkamol avlodni shakllantirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’lim muassasasining ijtimoiy-pedagogik tuzilmasi va uning faoliyati.
TM faoliyatining mazmuni ta’lim hamjamiyati tomonidan belgilanadi. U tomonidan amalga oshiriladigan va uning o‘zida kechadigan jarayonlar hisobiga TM ichki muhiti, hayot tarzi, tashkiliy madaniyati yaratiladi, ular uning hayotiga singib ketadi va unda nimaiki kechsa, barchasiga ta’sir etadi.
Ta’lim muassasasi — qadriyat tizimi, u o‘z faoliyatining aniq yo‘nalishining tanlanishini belgilovchi, puxta o‘ylangan ma’naviy, qadriyat asoslarisiz muvaffaqiyatli ishlay olmaydi.
TM qadriyatlar tizimi yoki falsafasi har bir ta’lim muassasasi uchun eng zarur bo‘lgan masalalarga jamoa tomonidan puxta o‘ylangan, shu jumladan, asosan ta’lim sifati bilan bog‘liq javoblar majmuidan iborat bo‘lishi lozim.
Zamonaviy ta’lim tajribalari tahlili TM jamoalari o‘z falsafasining yangi asoslarini izlashda buyuk pedagoglar, psixologlar, faylasuflar, antropologlar va san’at namoyandalari merosini o‘rganishga va o‘zlashtirishga tobora tez-tez murojaat qilayotganliklarini ko‘rsatmoqda, chunki TM sanab o‘tilgan savollarning ko‘pchiligiga javobni shu merosdan topishi mumkin.
TMning qadriyatlar tizimi mazkur ta’lim muassasasining missiyasini belgilaydi. TM missiyasi ta’lim hamjamiyati a’zolarining ijtimoiy buyurtma talablarini va pedagogik jamoaning aniq imkoniyatlari hamda ehtiyojlarini hisobga olgan holda qabul qilingan umumjamoa qarori natijasi bo‘lishi lozim. TM missiyasini aniqlash uning turi, maqomini belgilash demakdir, xilma-xil turlari va variantlari TMning qabul qilinajak tipik missiya­ga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. TM o‘zining barcha missiyasini oshkora e’lon qilar ekan, bu bilan o‘zining Buyurtmachisi, Mijozi, Hamkori bo‘lishi mumkin bo‘lganlarni taklif qilgan bo‘ladi.
Har bir TM qabul qilgan falsafasi va missiyasi doirasida turli natijalarga intilishi mumkin. TM intilishlarini aniqlashtirish TM bitiruvchisi qiyofasini modellashtirishga ko‘maklashadi. Bitiruvchi modellari haddan tashqari tavsiflangan va qat’iy bo‘lmasligi kerak, uning boshqa vazifasi bor, bu — ta’lim maqsadlarni ishlab chiqishga birdan-bir asos — TM asosiy kichik tizimlari va jarayonlari quriladigan va konkret ta’lim maqsadlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladigan umumiy gorizontni belgilashdir. Agar TM o‘quvchilarning bir necha turli guruhlariga ega bo‘lsa, u holda ularning har biri uchun bitiruvchining namunali qiyofasi loyihalashtiriladi.
TM jamoasi va boshqaruv xodimiyati yaqin kelajak uchun uning hayot faoliyatining bosh asoslari va yo‘nalishlarini belgilab olib, umumiy siyosatni, strategiyani, so‘ng esa faoliyat taktikasini ishlab chiqishi mumkin (va zarur).
Ta’lim muassasasi — dinamik tizim, shu bois unga ijtimoiy faoliyatning integral jarayoni sifatida qarash mumkin. Bu murakkab, biroq, aslida yagona jarayon to‘rt yirik tarkibiy qismdan iborat va ularning har biri mos holda TMning katta-kichik tizimlari bilan bog‘langan. Gap ta’lim; innovatsion; ta’minot (bu o‘rinda biz bunga hamjamiyat ichida kechadigan jamoani yaratish va rivojlantirish jarayonlarini ham kiritamiz, chunki ular ta’lim jarayoni uchun shart-sharoitni yaratadi va ta’minlaydi); boshqaruv jarayonlari (kichik tizimlar) haqida bormoqda.
Har qanday TM uchun markazida pedagoglar va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi turadigan ta’lim jarayoni doimo asosiy hisoblanadi. Aynan ushbu jarayon TMning asosiy natijalarini yuzaga keltiradi, aynan uning manfaatlari TMning ijtimoiy tashkilot sifatidagi umumiy qurilishini, tuzilishini belgilaydi. Hayotiy faoliyatning qolgan barcha jarayonlari ta’lim jarayoni uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan.
Ta’lim jarayoni ko‘pgina tarkibiy qismlardan (kichik jarayonlardan) tashkil topgan va ko‘p darajali murakkab tuzilishga ega. Bu tuzilmada quyidagilar alohida ajralib turadi:
— alohida ta’limiy jarayonlar — hamkorlikdagi aniq bir pedagoglar va muayyan o‘quvchilar guruhlarining o‘zaro munosabati — umumiy ta’lim jarayoni o‘sib chiqadigan «hujayra»;
— alohida predmetlar bo‘yicha ta’lim jarayoni;
— predmetlar sikli va bilimlar sohasi bo‘yicha tashkil etiluvchi ta’lim jarayoni;
— sinflar bo‘yicha tashkil etiluvchi ta’lim jarayoni;
— parallellar bo‘yicha tashkil etiluvchi ta’lim jarayoni;
— TM bosqichlari bo‘yicha tashkil etiluvchi ta’lim jarayoni;
— navbatlar bo‘yicha tashkil etiluvchi ta’lim jarayoni
(ko‘p nav­batli TMlarda);
— xilma-xil guruhlar va sinf turlari bo‘yicha ta’lim jarayoni;
— turli toifa o‘quvchilar ta’limi va tarbiyasi jarayoni;
— ta’limdan tashqari tarbiyaviy ish jarayoni;
— umuman TMdagi ta’lim jarayoni (ta’lim, rivojlanish va tarbiyaning birligi sifatida).
Boshqaruv tizimi resurslarni, ta’minot tizimostilarini bosh­qarish va jamoa boshqaruv xodimilikni amalga oshirish bilan ta’lim jarayoni va muhitga faol ta’sir etishi mumkin.
Ta’lim muassasasi faqat ta’lim jarayonini amalga oshirmaydi, balki rivojlanadi ham. TM rivojlanishi tizimning turli qismlarida o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi.
TM rivojlanishi deganda avvalo, yo‘naltirilgan va boshqariluvchi, ongli sub’ekt o‘tkazishni taqozo qiladigan va ta’lim sifatini oshirishga olib keladigan, sifatli, rejali va maqsadli o‘zgarishlarni amalga oshirish tushuniladi.
Innovatsion jarayon, ya’ni yangiliklar yoki innovatsiyalarni amalga oshirish jarayoni TMni boshqaruvli rivojlantirishni amalga oshirishning usuli va vositasi hisoblanadi. Boshqaruvning ushbu yirik ob’ekti doirasida uning yangiliklarni izlash, ishlab chiqish, o‘zlashtirish va foydalanish jarayonida o‘zaro munosabatda bo‘lgan tarkibiy qismlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Har qanday innovatsion jarayon ta’lim tizimiga qandaydir yangilikni ongli ravishda kiritishni taqozo etadi (bu yangi g‘oya, yangi o‘quv kursi, yangi ta’lim metodi, o‘quv jihozining yangi turi, yangi jarayon yoki faoliyat turi va h.k. bo‘lishi mumkin). TMni rivojlantirish maqsadida kiritilayotgan turli yangi unsurlarni belgilash uchun «yangilik» (yoki uning lotincha o‘xshashi — «novatsiya») atamasidan foydalaniladi.
Innovatsion jarayon ham ta’lim jarayoni kabi, ko‘p darajali murakkab tuzilishga ega bo‘lishi mumkin, biroq ta’lim jarayonidan farqli ravishda TM rivojlanishining umumiy jarayoni tuzilishi barqarorligi kamroq va u qandaydir davrda birgina yangilikni o‘zlashtirish jarayonini o‘z ichiga olgan bo‘lishi mumkin.
Kiritilgan har bir yangilik ma’lum davriylikka ega. Yangilik ochiq, ishlab chiqilgan, tajriba-sinovdan o‘tgan, o‘zlashtirilgan, samarali foydalanilgan va so‘ngra, ma’naviy eskirgach, iste’moldan chiqarilgan bo‘lishi lozim. Har qanday yangilikni tashkiliy va bosh­qaruv jihatidan kiritishni amalga oshirish tegishli dasturni yaratishni, amalga oshiruvchilar jamoasini boshqaruvni tashkil etishni belgilab olishni taqozo etadigan alohida innovatsion loyiha sifatida ajratilishi mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda, TM rivojlanishini o‘zaro bog‘liq bir qator innovatsion loyihalarning amalga oshirilishi jarayoni sifatida tushunish mumkin.
Innovatsion faoliyat ham, boshqa har qanday faoliyat kabi, o‘z intilishlari va maqsadlariga (demak, ularning yutuqlarini baholash mezonlariga ham), ushbu maqsadlarga erishish vositalariga (metodlar, vositalar, texnologiyalar, yangilikni joriy etishni amalga oshirishning tashkiliy shakllariga), shart-sharoitlariga (avvalo, hamjamiyatda qulay innovatsion vaziyatning mavjudligiga) va natijalariga ega.
TMda ta’minlovchi jarayonlarni shartli ravishda ikki katta guruhga: ta’lim va innovatsion faoliyatni ta’minlovchilar (konseptual, dasturiy-metodik, tadqiqiy, kadrlar, moliyaviy, moddiy-texnik, axborot ta’minotining ko‘p qismi) va TM hayotining umumiy ta’minoti bilan bog‘liq jihatlar (infratuzilma, muhandislik ta’minoti, ovqatlanish, tibbiy xizmat va resurs ta’minotining bosh­qa turlari qismi)ga bo‘lish mumkin.
TMning ta’minlovchi kichik tizimi, ta’lim kichik tizimi kabi murakkab tuzilmaga ega va ko‘pgina kichik jarayonlarni qamrab olgan. Bu TM kirishiga tushadigan barcha narsa unda uzoq yo‘lni bosib o‘tishi bilan bog‘liq (boshqaruv ilmida uni tashkilot elementining hayotiy sikli deya nomlanadi), masalan:
— o‘quvchilar kontingentini topish, qabul qilish, tashxis qilish, sinflar va guruhlar bo‘yicha taqsimlash, uning uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, sinfdan-sinfga ko‘chishni ta’minlash, oraliq va yakuniy attestatsiyani tashkil etish va TMdan bitirtirib chiqarish;
— o‘qituvchilar va tarbiyachilarni TMga taklif etish, ishga qabul qilish, pedagogik yuk bilan ta’minlash, mehnat sharoitini yaratish, kasbiy va shaxsiy rivojlanishini ta’minlash, davriy attestatsiyadan o‘tkazish va malakasini oshirishni tashkil etish, rag‘batlantirishni ta’minlab, jamoada doimiy qoldirish, kasbi bo‘yicha mavqega erishish; mehnatning ijodiy xarakteri, ijtimoiy himoya borasidagi ehtiyojlarini qondirish shaxsiy kasbiy salohiyatini imkon qadar ko‘proq ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishda yordam berish hamda undan TM va o‘quvchilar manfaati yo‘lida foydalanish, munosib tarzda nafaqaga kuzatish va h.k.;
— moddiy resurslar, jihozlarni topish, olib kelish, ishga tushirish, ulardan foydalanishni, vaqti-vaqti bilan ta’mirlash va xizmat ko‘rsatishni, o‘z vaqtida hisobdan chiqarilishini ta’minlash;
— dasturlar va texnologiyalarni topish, ularni olish va TMning o‘zida ishlab chiqilishini va tajriba-sinovdan o‘tkazilishini ta’minlash, barcha zaruriy materiallar bilan «jihozlash», o‘zlashtirish, foydalanish hamda eskirgach, yangisi bilan almashtirish.
Ta’limning murakkablashuv jarayonlari, uning fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari bilan yanada jips aloqasi, unga mablag‘ sarfi ortib borayotgani TMdagi jarayonlarni ta’minlovchi sohalar doirasining kengayishiga, rang-barangligining kuchayishiga olib keldi va olib keladi ham. Agar TM boshqaruv xodimiyati unga resurslarni yetkazib berish borasida ta’lim boshqaruvi hududiy tizimining tegishli xizmatlariga, mahalliy ma’muriyatlarga yoki boshqa tashqi aloqalarga tayanishi mumkin bo‘lsa, unda TMda resurslar harakatining oqilona mexanizmlari va yo‘nalishlarini ta’minlash ma’muriyat hamda uning tomonidan yaratiladigan ixtisoslashgan ta’minot xizmatlari vazifasi hisoblanadi.
TMlar o‘z hayot yo‘li davomida turli ijtimoiy vaziyatlarda turfa vazifalarni ado etibgina qolmaydi, balki ijtimoiy faoliyatning har xil rejimlarida mavjud bo‘ladi. TM hayot faoliyati rejimlari yetakchi vazifalar xususiyati va faoliyat turlari, unda kechadigan jarayonlarning barqarorlik darajasi, erishiladigan natijalar bo‘yicha bir-biridan farqlanadi.
TMni yaratish (start, ishga solish) rejimi uchun, qoidaga ko‘ra, unchalik yuqori bo‘lmagan darajadagi barqarorlik (hamjamiyat a’zolari birga ishlashga endigina o‘rganishmoqda, dastur va texnologiyalar hali sozlanmagan, tashkiliy tartibot endigina o‘rnatilmoqda) va munosib yuqori bo‘lmagan natija (agar u uzoqqa cho‘zilmasa) xos bo‘lib, bu rejim uchun izohlash va yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan holatdir.
Uning o‘rniga keladigan TMning qaror topishi rejimi TM ishining barqarorligi, muqimligi ortib borishi, mustahkamlanishi va natijadorlikning yuksalishi bilan xarakterlanadi. Bu rejim davomida TM o‘zi tashkil etilishida ko‘zda tutilgan darajada ishlay boshlaydi. TM ushbu darajaga chiqib olgach, barqaror ish rejimida hayot kechira boshlaydi. Uning ishi natijadorligi esa juda farq qilishi mumkin. TM yuqori natijadorligi va barqarorligi vaziyatida bu rejim uzoq davom etishi mumkin. Erishilayotgan natijalar TMni va uning Buyurtmachilarini qoniqtirmay qo‘yishi esa boshqa gap. Bunda hamjamiyat faoliyat ko‘rsatishning boshqa sifat darajasiga o‘tish haqida bosh qotirishiga to‘g‘ri keladi.
Bu holda TMning rivojlanish rejimiga (rejali sifat o‘zgarishlari, innovatsiyalar) o‘tishi to‘g‘risida gapirish to‘g‘ri bo‘lar edi. Bu rejim uchun jamoa hayotida ichki zo‘riqishning ortishi xos: jarayonlarning, aloqalarning, munosabatlarning barqarorligi keskin pasayadi, noaniqliklar kuchayadi, xavotirlik va joriy etilayotgan yangiliklarga nisbatan qarshiliklar paydo bo‘ladi. Mazkur qiyinchiliklarni muvaffaqiyat bilan yenggan taqdirdagina TM o‘z faoliyatida yangi darajaga chiqishi mumkin.
Yangiliklarni kiritish sikli va TMning yangi sifat holatiga o‘tishi muvaffaqiyatli yakunlangach, u yana (o‘z natijadorligining yangi bo‘hronigacha va innovatsiya yangidan kurtak otishigacha) barqaror ish rejimiga qaytishi mumkin.
TMning ish olib borishi va yangilanishga bo‘lgan intilishi muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, u tanazzulga yuz tutishi hamda ta’lim muassasasi sifatida tugatilishi mumkin. Tabiiyki, TM boshqaruv xodimlari o‘z tashkilotining bunday hayotiy rejimga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
TMning ish olib borishi va rivojlanishi ko‘p hollarda bir vaqtning o‘zida kechadi, biroq, odatda, ulardan bittasi ustun bo‘ladi, bu esa hayot faoliyatining joriy rejimini belgilashda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ta’lim natijalari yakuniy va oraliq natijalarga bo‘linadi. Ta’lim muassasasi bitiruvchilari ta’limi natijasi, ya’ni umuman ta’lim sifati pirovard natija hisoblanadi. Ta’limning oraliq natijalariga navbatdagi sinf (kurs)ni tugallab, keyingi yilda ta’lim olishni davom ettirish uchun TMga keladigan o‘quvchilar ta’limi natijalari kiradi. Bu natijalar nimalardan iborat? Yaxshi natijalar yomonidan nimasi bilan farq qiladi?
Bu savollarga javobning ahamiyati katta: TMning butun yo‘naltirilganligi ularga bog‘liq. Fanda ham, amaliyotda ham bu savollarga turfa xil javoblar mavjud bo‘lsa-da, ularning orasida qoniqarlilari kam.
Ba’zilar TMni bitiruvchilarning ta’limi va tarbiyasi borasida erishilgan aniq natijalarga ko‘ra baholashni asosiy deb hisoblashadi (vaholanki, o‘zlari bu natijalarni butunlay xilma-xil deyi­shadi). Bizning nazarimizda, bu pozitsiyada, hatto u umumqabul qilingan, TMdan o‘quv dasturlari belgilangan standartlar darajasida o‘zlashtirilishini ta’minlashni talab etadigan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlansa-da, ko‘pincha ilg‘anavermaydigan jiddiy yashiringan. Gap shundaki, TM va o‘qituvchilarning o‘quvchilarni «standartga mos» tarzda «o‘qitish»ga faol intilishini ularning ta’limga bo‘lgan shaxsiy ehtiyojlari, faolligi va tanlash erkinligi g‘oyalari, ajratish g‘oyalari bilan birlashtirish qiyin.
Boshqalar «muayyan bitiruvchilar kelib-ketaveradi, TM esa qoladi», shuning uchun eng muhimi — TMda bag‘oyat xilma-xil o‘quvchilarning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish va shunga muvofiq TMni bunday shart-sharoit mavjudligiga ko‘ra baholashni muhim deb hisoblashadi (bunday pozitsiya ko‘pincha TMga o‘z rivojlanishi natijalari uchun mas’uliyatni yuklashni xohlamaslik bilan bog‘liq bo‘ladi). Ayni mahalda bola shaxsining aynan qanday rivojlanishiga imkoniyat yaratish kerakligi haqida bir qarorga kelmay turib, uning rivojlanishida qanday aniq shart-sharoitlar yaxshi ekanligi belgilanadi.
Uchinchi bir toifa ta’limga shaxsni rivojlantirish usuli sifatida qarab, ushbu shaxsni go‘yoki unga xos bo‘lgan va uning xatti-harakatlarida zohir bo‘ladigan ko‘pgina sifatlar orqali belgilaydi. Biroq ularning ta’lim-tarbiya haqiqatan ham ushbu sifatlarning shakllanishiga olib kelishga ishonchlari ko‘p hollarda shu iqrorga asoslanadi.
Bugungi kunda psixologiya-pedagogika fanlari ta’limning me’yordagi va yaxshi natijalari haqidagi (muhim bo‘lsa-da, bola rivojlanishini aynan anglatmaydigan bilimlarni, ko‘nikmalarni, malakalarni o‘zlashtirish kabi jihatlar bundan mustasno) aniq tasavvurlarni ishlab chiqishgani yo‘q. Baholash va o‘lchashga intilish — bu eng muhimi emas, o‘lchash oson bo‘lgan narsalar esa TM uchun shaxs­ni rivojlantirish haqidagi doimiy «quruq gaplar» asnosida bolalarga «zo‘rlab o‘rgatish» kabi g‘ayriinsoniy, cheksiz, behuda amaliyotga aylanishi mumkin.
Ta’lim muassasasi tibbiyot yoki sog‘liqni saqlash muassasasi emas, balki so‘zsiz, ta’lim muassasasidir. Biroq, zamonaviy TM o‘sib kelayotgan avlodning sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash masalalari haqida qayg‘urmasligi ham mumkin emas. Bu muammolarga e’tiborni kuchaytirishga asos bo‘ladigan bir qancha jihatlar mavjud. Bular:
— birinchidan, o‘quvchilar salomatligi, uni saqlash, mustahkamlash insonparvar tashkilot bo‘lgan TMning oliy qadriyati hisoblanadi;
— ikkinchidan, bugungi sharoitda biz bolalar sog‘lig‘ining sezilarli tarzda umumiy yomonlashuviga duch kelmoqdamiz (bu ko‘pgina



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin