O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti mirzayeva farog’at kasbiy fanlarni o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish


Ta’lim maqsadini talabaning o’quv-bilish faoliyati orqali qo’yish



Yüklə 400,94 Kb.
səhifə25/36
tarix26.12.2023
ölçüsü400,94 Kb.
#198429
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
kasbiy fanlarni oqitishda ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalanish (3)

Ta’lim maqsadini talabaning o’quv-bilish faoliyati orqali qo’yish. Mashg’ulotning maqsadi “Ijodiy tafakkurni shakllantirishga doir vazifalarni hal etish”. Bir qarashda ta’lim maqsadini bunday qo’yish mashg’ulotni rejalashtirish va o’tkazishga aniqlik kiritganga o’xshaydi. Lekin bunda ham eng muhim narsa – mashg’ulotda ko’zda tutilgan natija e’tibordan chetda qoladi.
Pedagogik texnologiya tarafdorlarining fikricha, ta’lim maqsadlarini predmetning mazmuni, o’qituvchi yoki o’quvchi faoliyati orqali belgilash mashg’ulotdan kutiladigan natija haqida to’liq tasavvur bermaydi. Ta’lim natijasini talabaning ko’zga ko’rinadigan harakatlaridan, tashqi belgilaridan bilib olish mumkin. O’qituvchi ta’lim maqsadi – natijasini oydinlashtirish uchun kutilayotgan natijaning tashqi, kuzatiladigan belgilarini (harakat, nutq) yaqqol tasvirlashi lozim.
Pedagogik texnologiya taklif etayotgan maqsadni belgilash usulining mohiyati shundan iboratki, ta’lim maqsadi, talabaning harakatlarida aks etgan o’qish-o’qitish natijalari orqali ifodalanishi kerak va bu harakatlarni muallim yoki biror ekspert ko’rib, eshitib bilishi va o’lchashi mumkin bo’lsin.


2-topshiriq. B.Blum taksonomiyasi ustida ishlashga doir test topshiriqlari.

  1. O’rganilgan bilimlarni eslab qolish va qayta tiklashni belgilaydigan kategoriyani aniqlang.

  1. Tahlil qilish

  2. Tushunish

  3. Sintez

  4. Bilish

  1. Predmetlar va ularga xos bo’lgan xususiyatlarni fikran bir-biriga solishtirish, umumiy va farq qiluvchi jihatlarini topish qanday nomlanadi?

A) Mavhumlashtirish
V) Tahlil etish
S) Taqqoslash
D) Umumlashtirish
3. B.Blum taksonomiyasi bo’yicha quyidagi vaziyat qanday kategoriyaga taalluqli? O’quvchi gazeta maqolasiga tanqidiy munosabat bildiradi.
A) Baholash
V) Qo’llash
S) Tushunish
D) Tahlil etish
4. B.Blum taksonomiyasi bo’yicha quyidagi vaziyat qanday kategoriyaga taalluqli? O’quvchi gazeta maqolasida berilgan dalillar o’rtasida qarama-qarshiliklarni topadi.
A) Bilish
V) Sintez
S) Analiz
D) Qo’llash

Yüklə 400,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin