O’quv portfoliosi namunasi2. O’quv portfoliosi mavzusi: “Oilam – mening faxrim”. O’quv portfoliosi muallifi: Toxirova Dilnoza
I. Mening oilam Men Toxirova Dilnoza 1995-yil Toshkent shahrida tug’ilganman. Bizning oila to’rt kishidan iborat. Dadam Zokirov Shokirjon 1957-yil tug’ilgan. Hozirda 27-maktaga rahbarlik qilmoqda. Onam Zokirova Gulbahor 1962-yil tug’ilgan. Hozirda uy bekasi. Akam Toxirov Ulug’bek 1994-yil tug’ilgan. Hozirda “Iqtisodiyot kasb-xunar kolleji” da taxsil olmoqda. Men hozirda “1-Toshkent Pedagogika kolleji”ning 2-bosqich o’quvchisiman.
II. Kollektor bobi: “Barkamol shaxsni tarbiyalashda oilaviy tarbiyaning ro’li” mavzusida 4-bosqich o’quvchisi Isroilova Muhabbatning yozgan ilmiy maqolasi.
Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarsi, axloqiy ma’suliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruh.
Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, olia bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo’lib, bu muhitda shaxs komoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko’radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida oilaviy munosabatlarni tashkil etishjarayonida anglaydi.
Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy komolotini ta’minlab ota-onalarda o’ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan farzandlarning bevosita ta’siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengaydi, o’zaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash, ya’ni farzandlar komoloti, kelajagi timsolida o’z umri davomiyligini kurash holati ro’y beradi.shaxsning ma’naviy sifatlarga ega bo’lishi, unda ma’naviy bilimlarga ega bo’lishga nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo’lishida oila tarbiyasiasosiy ro’lni bajaradi.oilada qaror topgan sog’lom ma’naviy-ruhiy muhit farzandlarning yetuk, barkamol bo’lib voyaga yetishlari uchun beqiyos ahamiyatga egadir (6-ilova).