O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti mirzayeva farog’at kasbiy fanlarni o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish


-tarqatma material. O’quv portfoliosining turlari



Yüklə 400,94 Kb.
səhifə20/36
tarix26.12.2023
ölçüsü400,94 Kb.
#198429
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
kasbiy fanlarni oqitishda ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalanish (3)

2-tarqatma material. O’quv portfoliosining turlari.
1. “Hujjatlar portfoliosi”. Bunday turdagi portfolio indiviudal ta’limiy muvaffaqiyatlarning sertifikatlangan portfeli: diplom, faxriy yorliq, guvohnoma va boshqalar.
2. “Ishlar portfoliosi” o’zida turli xil ijodiy ishlar, loyihalar, tadqiqot ishlarini aks ettiradi: reyting daftarchasi, ijodiy ish daftari, elektron hujjatlar, modellar, loyihalar, ijtimoiy amaliyotga doir hisobotlar. Mazkur portfolioda talaba mustaqil va guruhdoshlari bilan birgalikda to’plagan adabiyotlar, davriy nashrlarning kseronusxalari, illyustratsiyalar joylanadi.
3. “Taqrizlar portfoliosi”da talabaning erishgan yutuqlarini baholashga doir xulosalar, taqrizlar, rezyumelar, esselar, tavsiyanoma va tavsifnomalar taqdim etiladi.
4. “Natijalar portfoliosi” belgilangan yo’nalish bo’yicha egallanuvchi talabalar mahoratini jamlash uchun qo’llaniladi; talabalar yoki pedagoglar tomonidan jamlangan talabalarning eng yaxshi ishlarini o’zida aks ettiradi. Natijalar portfoliosi individual va guruhli bo’lishi mumkin. Guruh natijalari portfoliosi g’oyasidan “Eng yaxshi talabalar guruhi” konkursida foydalanish mumkin.
5. “Baholovchi portfolio” talabalarning egallagan bilim va ko’nikmalarini nazorat qilish uchun yig’iladi va turli xildagi nazorat materiallaridan tashkil topadi: nazorat ishlari, testlar, chizmalar, krossvordlar va boshqalar. Baholovchi portfolioni pedagog mustaqil ravishda tuzishi va ta’lim olish kursi tugashigacha bo’lgan vaqtga mo’ljallashi mumkin.
6. “On-line-portfolio” xilma-xil shakllarda qo’llanilishi mumkin. Bunday portfolioning birinchi shaklida talabalar oliy ta’lim muassasasi yoki fakul’tet saytiga materiallar qo’shishlari, ikkinchi ko’rinishi sifatida o’zlarining shaxsiy veb-saytini yaratish va o’z tushungani asosida semestr yakunlari bo’yicha hisobot tarzida tayyorlanadigan portfoliodan foydalanish mumkin.


3-tarqatma material. O’quvchilarning bilish faolligini oshirishda o’quv portfoliosining imkoniyatlari
O’quv portfoliosi quyidagi pedagogik vazifalarni yechish imkonini ham beradi:
1) o’quvchilarning yuqori o’quv motivatsiyasini qo’llab-quvvatlash;
2) o’quvchilar faolligi va mustaqilligini rag’batlantirish,
3) ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish;
4) o’quvchilarning refleksiv ava baholash faoliyati malakalarini rivojlantirish;
5) maqsadni qo’yish, shaxsiy o’quv faoliyatini rejalashtirish va tashkillashtirish malakalarini shakllantirish;
6) o’quvchilar ta’limining individuzlizatsiyasiga ( shaxsiylashishiga ) ta’sir ko’rsatish;
7) muvaffaqiyatli o’z-o’zini reallashtirish imkoniyatlarini shakllantirish;
8) omadga ishonch, xaqqiniylik, maqsadga yo’nalganlik kabi shaxsiy sifatlarni shakllantirish imkoniyati;
9) umumta’lmiy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish-aqliy mehnat madaniyatini oshirish imkoniyati;
10) bolaning oiladagi hurmatini oshirish kabi imkoniyatlarni yaratadi.



Yüklə 400,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin