O’smirlik davrida emotsional soha rivojlanishi
O‘smirlik davrida bolalarning atrofdagi odamlar bilan shaxsiy va ish yuzasidan bo‘ladigan munosabatlaridagi mavqei o‘zgaradi. Endi o‘smirlar o‘yin hamda damga kamroq vaqtlarini ajratgan holda ko‘proq jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi. O‘qish o‘smirlar hayotida katta o‘rinni egallaydi. Ular uchun mashg‘ulotlarning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan o‘smirlarning fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari, qiziqishlarining ortishi, o‘qituvchining o‘quv materialini tushuntira olish mahoratiga bog‘liq. Bilim o‘rganish ehtiyojlari asosida asta-sekinlik bilan o‘quv fanlariga nisbatan qat’iy ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda o‘qishning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar o‘smirning, hayotiy rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bog‘liq bo‘ladi. Aynan o‘smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar.Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor bo‘ladi. Bilim o‘smirlarga alohida bir quvonch bag‘ishlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi. Bu davrda o‘quvchilarga beriladigan o‘quv materialining hajmi katta bo‘lgani uchun ham uni eslab qolishi yoki bir necha marta takrorlash yo‘li bilan o‘zlashtirishi qiyin. Buning uchun o‘quvchi o‘quv materialining mazmunini tahlil qilishi, undagi mantiqiy tuzilishni bilishi muhim.Bu davrda bolalarning idroki, diqqati va tasavvurlari rivojlanadi, lekin bu rivojlanish bolaning o‘ziga va atrofdagilarga sezilmagan holda kechadi. Shu bilan birga bu davrda bolaning xotirasi, nutqi, tafakkur jarayonlari ham jadal rivojlanadi. Bu o‘zgarishlar atrofdagilarga sezilarli darajada bo‘ladi. O‘smirlik davrida o‘z-o‘zini anglash darajasi kengayadi va unda boshqa odamlar, olam haqidagi bilimlari chuqurlashadi. O‘yin faoliyati asta-sekin kamayib, yangi faoliyatlar yuzaga kela boshlaydi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. O‘smirlik davrida o‘z faoliyatini nazorat etish rivojlana boshlaydi va o‘zini-o‘zi boshqarishga intilishi kuchayadi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘smirlik davri psixik rivojlanishda keskin burilish davri hisoblanadi.
O‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z boyligining oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea va hodisalarning mazmun mohiyatini anglashlari hisobiga bo‘ladi. Bu davrda o‘smir til yordamida atrof-borliqni aks ettirilishi bilan bir qatorda inson dunyoqarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi. Aynan o‘smirlik davridan boshlab, inson nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi.O‘smirni ko‘pincha muomalada so‘zlarni ishlatish qoidalari – “«Qanday kilib to‘g‘ri yozish kerak?» «Qanday kilib yaxshroq aytish mumkin?» , «Nima deyish kerak?», kabi savollar juda qiziqtiradi. O‘smirlar maktabdagi o‘kituvchilar, kattalar, ota-onalar nutkidagi kamchiliklariga, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatolariga tez e’tibor beradilar. Bu holat o‘smirning bir tomondan o‘z nutqini nazorat etishga o‘rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham nutq qoidalarini buzishlari mumkinligini bilishlariga va o‘zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi.
O‘smir so‘zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va mohiyatiga juda qiziqadi. U endi o‘z nutqida yosh bola singari emas, balki katta odamlardan so‘zlarni tanlab ishlatishga harakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o‘smir uchun o‘qituvchi, albatta, namuna bo‘lishi shartdir. Aynan maktab ta’limi o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat jihatidan o‘zgarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq , og‘zaki, ham yozma mavjud bo‘lishi bilan kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni o‘zlashtirishga harakat bu o‘smirnnng muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirilishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi.
O‘smirlik davrida o‘qish malakalari, yozma va monologik nutq jadal rivojlanadi. 5-sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o‘qish to‘g‘ri, tez va ifodali bo‘lish darajasidan, yoddan ifodali, ta’sirli aytib bera olish darajasigacha ko‘tariladi. Monologik nutq esa asardagi kichik bir parchani qayta so‘zlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, og‘zaki - mulohaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha o‘zgaradi. Yozma nutq ham yaxshilangan holda o‘smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu bo‘yicha mustaqil holda insho yoza oladilar. O‘smirlarning nutqi to‘la tafakkur bilan bog‘liq holatida amalga oshiriladi. 5-6 sinflardagi o‘quvchilar og‘zaki va yozma matn uchun reja tuzib, unga amal qila oladilar.
Dostları ilə paylaş: |