O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Muammoning o’rganilganlik darajasi



Yüklə 76,14 Kb.
səhifə2/9
tarix27.12.2023
ölçüsü76,14 Kb.
#199583
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi mavzu O’smirlik davrida emotsional soha rivojlanishi -fayllar.org

Muammoning o’rganilganlik darajasi:

Kurs ishning maqsadi: o’smirlik davrida

Kurs ishning ob’ekti: O’smirlar jamoasi

Kurs ishning predmeti: o’smirlik davrida emotisonal sohani tadqiq etish yo’llari, vositalari va shart – sharoitlari.

Kurs ishning vazifalari:

      1. O’rganilayotgan muammo bo’yicha psixologik – pedagogik, metodik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish.


      2. O’smirlarda shaxslar aro munosabatlar muammosini dolzarbligini asoslash;


      3. O’smirlarda emotisonal soha rivojlanishini tadqiq qilish




Kurs ishining amaliy ahamiyati:
Tadqiqot ishi materiallari ta’lim muassalalari talabalari uchun amaliy va mustaqil faoliyatda qo‘llashda amaliy ahamiyat kasb etadi.


Kurs ishi tuzilishi:
Xulosa va tavsiyalar
I BOB. O’smirlik davrida emotsional soha rivojlanishining o’ziga hos hususiyatlari
II BOB. O’smirlik davrida guruhiy munosabatlarning yo’lga qo’yilishi

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati



I BOB. O’smirlik davrida emotsional soha rivojlanishining o’ziga hos hususiyatlari
O’smirlik davrining psixologik individual hususiyatlari

O‘smirlik 10—11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas» - ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi.Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, xujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashida namoyon bo‘ladi. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekresiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to‘qimalarining o‘sishi va muhim ichki sekresiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada bo‘y o‘sishi tezlashadi, jinsiy balog‘atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo‘lishi) amalga oshadi.

O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. O‘smirlik yoshiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rgana turib, o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolotga erishish yo‘llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Bu davrda o‘smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar hayotida hali o‘z o‘rnini topa olmagan holatda bo‘ladi. O‘smirlik davri «o‘tish davri», »krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki, bu yoshdagi o‘smirlarning hatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida L.S. Vigotskiy bunday holatni “psixik rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan. O‘smirlik yoshida ularning xulh-atvoriga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Jinsiy yetilish o‘smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir ko‘rsatib, bu ta’sir bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir. O‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslnk, urushqoqlik kabi xususiyatlar xosdir.

Kattalarga nisbatan yomon munosabatning paydo bo‘lishi, noxush xulq-atvor alomatlari, o‘smir yashaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar, uning tengdoshlari va turli jamoalardagi mavqei, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi munosabatlari sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni o‘zgartirish yo‘li bilan o‘smirlarning xulq-atvoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish mumkin. O‘smirlar nihoyatda taqlidchan bo‘lib, ularda hali aniq bir fikr, dunyoqarash shakllanmagan bo‘ladi. Ular tashqi ta’sirlarga va hissiyotlarga juda beriluvchan bo‘ladilar.Shuningdek, ularga mardlik, jasurlik, tantiqlik ham xosdir. Tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik o‘smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan bo‘ladi.Shuning uchun ham ular ota-onalarning, atrofdagi kattalarning, ustozlarning to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishlariga qaramay, o‘z fikrlarini o‘tkazishga harakat qiladilar. O‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari mumkin. Katta odam, shuningdek, chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o‘zini qulay his qilmaydi. Bunday holatlarga tushgan o‘smir juda tashvishga tushadi va unda krizis holati yuzaga keladi. Bu krizis o‘smirning ma’naviy o‘sishi, shuningdek psixikasidagi o‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir.Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi, o‘zining yaqinlari, do‘stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi.Lekin eng katta o‘zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi haqidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib keladi, Bu esa o‘smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ba’zi o‘smirlarni nima uchun atrrfdagilar, kattalar, shuningdek ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga sabab bo‘ladi va o‘smirlik davri krizisi deyiladi. Krizis boladagi mavjud tushkunlik, yolg‘izlikka intilish, passivlik yoki aksi , o‘jarlik, qaysarlik, agressivlik, xayotga salbiy munosabatlarning kechishida namoyon bo‘ladi.

O‘smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi - bu do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir.O‘smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u to‘la o‘rtoqlik kodeksiga bo‘ysunadi.

O‘smirlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti xarakteri ularning katta bo‘lganlik hissi asosida tuzilgan bo‘ladi. Kattalar tomonidan qilinadigan o‘smirlarning haq-huquqlarini cheklashlariga bildirgan qarshilik va e’tirozlariga o‘zlari xam qattik qayg‘uradilar. Ular muloqotda kattalarning qo‘llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezadilar. Birgalikdagi faoliyat o‘smirga kattalarni yaxshiroq tushunishlari uchun yordam beradi. O‘smir o‘zida bo‘layotgan o‘zgarishlar, uni tashvishga solayotgan muammolar haqida katgalar bilan bulishishga katta ehtiyoj sezadi, lekin buni hech qachon birinchi bo‘lib o‘zi boshlamaydi. O‘smir o‘ziga nisbatan yosh bolalardek qilinadigan muomala-munosabatiga qattiq norozilik bildiradi, o‘smirlar muloqoti nihoyatda o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. O‘smirlik davriga kimningdir hatti-harakatini imitatsiya - qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning hatti-harakatlariga imitatsiya, taqlidchanlik qiladilar.

Tengdoshlari, shuningdek, sinfdoshlari guruhida o‘smir o‘zining kelishuvchanlik xususiyati bilan namoyon bo‘ladi. O‘smir o‘z guruhiga bog‘liq va qaram bo‘lgani holda shu guruhning umumiy fikriga qo‘shilishiga va uning qarorini doimo bajarishga tayyor bo‘ladi. Guruh ko‘pincha o‘smirda «Biz» hissining shakllanishiga yordam beradi va uning ichki holatini mustahkamlaydi. O‘smir yoshdagi bola uchun do‘st tanlash juda katta ahamiyatga ega. O‘smirlik davrida do‘stlik juda qadrli hisoblanadi. Do‘stlar doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin bo‘lishga ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyoj o‘smir do‘stlarning hol-ahvol so‘rashishi va ko‘rishishlarida (qo‘l berib, quchoq ochib ko‘rishish) birga o‘tirish va birga yurishga harakat qilishlarida ko‘rinadi. Ko‘pgana ana shunday juda yaqin munosabatlar, o‘smirlarning shaxs bo‘lib shakllanishida, hamkorlikdagi harakatlarining izi inson qalbi va xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.
O‘smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga katta ehtiyoj sezadilar. Kattalarning o‘smir yoshdagilarga ta’sir ko‘rsatishi, tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit - bu umumiy mehnat bilan shug‘ullanishdir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi bo‘lish rollaridan qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko‘rsatayotganlaridan, lozim bo‘lganda ularning o‘rnilariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar. Kattalar o‘smirlar bilan do‘stona, uni to‘la tushungan xolda va aql bilan rahbarlik qilsalar, bunga o‘smirlar ijobiy qaraydilar, lekin bu rahbarlik kattaning xohish-istagi ustunligida kechsa, unday holda ular to‘la qarshilik ko‘rsatadilar. Bu qarshilik ko‘pincha salbiy natijalarga, ba’zan depressiya holatni ham yuzaga keltirishi mumkin. Bu holat ko‘pincha ota-onasi avtoritar munosabatda bo‘luvchi oilalarda uchraydi. Bunday oilalarda tarbiyalanayotgan o‘smirlar hayotida mustaqil holda harakat qilishlari, o‘z rejalarini amalga oshirishlari, qiyin mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishlari birmuncha qiyinq. Ular ko‘pincha intellektual xarakterdagi muammolarni ham qiyinchilik bilan yengadilar.




    1. Yüklə 76,14 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin