“Assesment” texnologiyasi- (inglizcha-. “
baho ”, “
baholash ”)
talabalarning
bilim, kо‘nikma va malakalari darajasini har tomonlama, xolis baholash
imkoniyatini ta’minlovchi topshiriqlar tо‘plami
U biografik anketa, ta’lim sohasidagi yutuqlar bayoni, o‘quv individual
topshiriq, bahs-munozara, intervyu, ijodiy ish, test, individul keys, taqdimot,
ekspert kuzatish, rolli hamda ishbilarmonlik o‘yinlari kabilardan tashkil topadi.
Texnologiya quyidagi uch maqsadga xizmat qiladi:
-
o’quvchi va talabalarning BKMni har tomonlama, xolis baholash;
- o’quvchi va talabalarning BKMni rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash;
- o’quvchi va talabalarning BKMni rivojlantirishga xizmat qiladigan yillik reja
(maqsadli dastur)ni shakllantirish.
Ushbu texnologiyaning yaratilish tarixi o‘tgan asrning 30-40-yillariga borib
taqaladi. Dastlab texnologiya mavjud harbiy vaziyatlarni to‘g‘ri baholay oladigan,
harbiy harakatlar jarayonini samarali boshqaradigan, zarur o‘rinlarda oqilona
harakatni tashkil eta oladigan ingliz va nemis harbiylari orasidan bilimdon,
tadbirkor, mahoratli harbiylar, ofitserlarni tanlash maqsadida qo‘llanilgan. Ayni
vaqtda respublika ta’lim muassasalarida o’quvchi va talabalarning bilim, ko‘nikma
va malakalari kamida to‘rtta topshiriq bo‘yicha baholanmoqda. Masalan:
muammoli vaziyat, izohli lug‘at, kichik, test.
14.6. Geografiya ta’limida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish Umumta’lim maktablarini hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini
axborotlashtirish zamonaviy ta’limning barcha soxalarini eng muhim va dolzarb
vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi vaqtda bilim olishni axborotlashtirish
va axborot vositalaridan foydalanishni tashkil etish bo’yicha juda ko’p ishlar
amalga oshirilgan.
Umumta’lim maktablarini axborotlashtirish murakkab masalalardan bo’lib
hisoblanadi. Chunki axborot vositalarini takomillashtirish va yangilarini ishlab
chiqish bo’yicha muntazam ilmiy-tadqiqot va tajriba -sinov ishlari olib boriladi.
Buning natijasida axborot vositlarini yangi modellari vujudga keladi. Shuning
3 2