O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
NIZOMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
 
 
 
 
, , N.R.ALIMQULOV, N.B. SULTANOVA 
 
 
 
 
 
GEOGRAFIYА O’QITISH 
METODIKASI 
 
(Darslik) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent-2020 
 
H.VAXOBOV 



Ushbu darslikda unda bo’lg’usi geografiya o’qituvchilarining ilmiy-metodik 
tayyorgarligini tarkib toptirish va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan geografiya 
o’qitish metodikasining maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi, geografiya 
o’qitishning dolzarb muammolariga doir ma’lumotlarni o’z ichiga olgan.
Darslik 5110500-Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabalari 
va geografiya fani o’qituvchilariga mo’ljallangan 
 
Taqrizchilar: Baratov P. - 
Nizomiy nomidagi TDPU, g.f.n.,professor
Sh.M.Sharipov -
O’zMU, “Geografiya va tabiiy resurslar”
fakulteti dekani, g.f.n., dots.
Geografiya o’qitish metodikasi: 
5110500 Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim 
yo’nalishi talabalari va geografiya fani o’qituvchilari uchun mo’ljallangan. -
Toshkent, 2020
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
2020 yil _____ ___________dagi №____ buyrug’i bilan nashrga tavsiya etilgan 



КИРИШ 
O’zbekistoning mustaqillikka erishishi munosabati bilan geografiya 
ta’limida ham muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Maktab geografiyasining mazmuni 
va tuzilishida tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirildi. Ayrim o’quv fanlari maktab 
dasturidan olib tashlandi, ayrimlarining mazmuni o’zgartirildi, ayrim fanlar 
yangidan yaratilib, o’quv tizimiga joriy qilindi. 
O’zbekistonda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», va «Ta’lim to’g’risidagi 
qonun»i qabul qilinishi munosabati bilan o’quv qo’llanmalar va darsliklarga
bo’lgan talablar keskin o’zgardi. Barcha fanlarda bo’lganidek maktab geografiyasi 
fanida ham tubdan o’zgarishlar sodir bo’ldi. Geografiya predmetlarining dasturi 
va tuzilishi O’zbekiston maktab ta’limi tizimida sodir bo’lgan o’zgarishlarni 
hisobga olgan holda qaytadan ko’rib chiqildi. 
Shu munosabat bilan geografiya o’qitish metodikasida ham muhim 
o’zgarishlar sodir bo’ldi. Geografiya o’qitish metodikasida yangi pedagogik va 
axborot texnologiyalarini qo’llash munosabati bilan o’qitish metodikasida ham 
qator o’zgarishlar sodir bo’ldi. 
Shu 
munosabat 
bilan 
mazkur 
darslik 
tayyorlandi. 
Georafiya 
o’qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini shakllantirish va mazkur 
tayyorgarlik darajasini orttirish maqsadida quyidagilar yillik vazifalar etib 
belgilandi: 
1. Uzluksiz ta’lim tizimining umumiy o’rta ta’lim turida: 

“2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy 
dasturi” asosida georafiyadan yangi modernizatsiyalashtirilgan DTS va yangi 
tahrirdagi o’quv dasturini amaliyotga qo’llash; 

georafiyadan o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini 
nazorat qilish va baholash tizimining metodik ta’minotini ishlab chiqish; 

georafiya darsliklarining yangi avlodi va o’quvchilarning mustaqil ish 
daftarini yaratish. 
2. Uzluksiz ta’limning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi turi bo’yicha: 




kasb-hunar kollejlari va tabiiy yo’nalishdagi akademik litseylar uchun 
yangi tahrirdagi dastur talablari va DTS me’yorlariga mos keladigan darsliklar va 
metodik qo’llanmalar tayyorlash; 

o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida georafiyani o’qitishda 
o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish orqali kasbiy yo’naltirilganlikni 
amalga oshirish; 

georafiyani o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan uyg’un 
ravishda foydalanishning metodik ta’minotini yaratishni talab etmoqda. 
Yuqorida qayd etilgan vazifalarni hal etish maqsadida pedagogika oliy o’quv 
yurtlarida o’qitiladigan “Georafiya o’qitish metodikasi” kursi bo’yicha darslikni 
yaratish va unda umumiy o’rta ta’lim maktablari va o’rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi muassasalarida georafiyani o’qitishning dolzarb muammolarini hal 
etishning ilmiy-nazariy asoslari va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan metodik 
tavsiyalar jamlandi. 
Darslikning mukammal bo’lishi yuzasidan fikr-mulohazalarni Nizomiy 
nomidagi TDPU, Georafiya va uni o’qitish metodikasi kafedrasiga yuborish 
so’raladi va fikr bildirgan ustozlar va hamkasblarga avvaldan minnatdorchilik 
bildiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin