O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Geografiya fanining shakllanishi bosqichi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Geografiya fanining shakllanishi bosqichi.
(Eramizdan avval VII-asrdan 
eramizning V-VI asrlarigacha) mazkur bosqichda kemachilikning rivojlanishi 
odamlarni dunyo haqidagi bilimlarini kengaydi hamda yirik davlatlarning
vujudga kelishi tufayli falsafa fani rivojlana boshladi. Ushbu bodqichda geografiya 
va boshqa fanlar falsafa tarkibida rivojlangan. Eramizgacha VI-asrga kelib 
yerning shakllanishi haqida turli fikr va qarashlar paydo bo’ldi. Mazkur bosqichda 
yer Anaksimandir (eramizgacha VI-asr) o’sha paytda fanga ma’lum bo’lgan 
dunyo haritasini chizib, yerni tavsifini tuzgan. Shundan boshlab geografiya 
bo’yicha yirik asarlar yozila boshlandi. Ular geografik darsliklar o’rnini bosgan. 
Aristotel tomonidan miloddan avval IV- asrda yerning sharsimonligi, yerda 


10 
issiqlik mintaqalarining mavjudligi isbotlandi. Dunyo haritasi tuzildi. Uning 
haritasida Gomer haritasidagi joylar yanada kengaytirilib, Afrikaning Shimoliy 
qismi, Osiyo va Yevropa qit’alari tasvirlangan. Osiyodagi Hindiston, Amudaryo va 
Sirdaryo, Kaspiy dengizi, Yevropadagi Italiya, Makedoniya, Ichki (O’rta) dengiz, 
Iberiya va boshqa joylar tasvirlangan. Aristotel Yer sharini kishilar yashaydigan 
issiq mintaqa va kishilar yashamaydigan sovuq mintaqa ajratilgan. Aristotel 
tomonidan tuzilgan “ Meteorologiya” kitobini yozgan. 
Geografiya predmeti bo’yicha birinchi darslikni miloddan avvalgi III - asrda 
Eratosfen yozdi va “Geografiya” atamasini fanga olib kirdi. Mazkur darslik uch 
qismdan iborat bo’lgan. Birinchi qismida geografiyaning rivojlanish tarixi
ikkinchi qisimida Yerning o’lchamlari, quriqlik va okeanlar chegaralari, iqlimlar 
tavsifi berilgan, uchunchi qismida esa quriqlikni materiklar va okeanlarga 
bo’linishi va o’sha davrdagi yirik davlatlar tavsifi berilgan. Bundan tashqari 
Erotosfen dunyo haritasini tuzgan va Yerning o’lchamlarini aniqlagan. 
Eramizgacha bo’lgan II-asrning oxiri va eramizning birinchi asrida Strabon 
17-tomli “Geografiya” nomli asar yozgan. Strabon tomonidan mamlakatshunoslik 
geografiyasi rivojlantirilgan. 
Huddi shu davrda geografiya fanining rivojlanishiga Klavdiy Ptolomiy juda 
ulkan hissa qo’shgan. U geografik haritalarni daraja to’ri bilan tuzish usulini 
ixtiro qilgan. Shu usulda dunyo haritasini tuzgan, 8-tomlik “Geografiya” asarini 
yozgan. Uning kitobida keltirilgan haritalar konusli va streografik proektsiyalarda 
tuzilgan. Shimol doimo haritalarning yuqori qismida tasvirlangan. 
Demak, qadimgi bosqichlarda geografiya atamasi fanga olib kirilgan, dunyo 
haritasi tuzilgan, geografiya predmeti bo’yicha kitoblar va darsliklar yozilgan. 
Haritalarni daraja to’g’ri bilan tuzish usuli ixtiro qilingan. Shimol tomon
haritalarni yuqori qismida tasvirlanishi mustahkamlangan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin