O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


O’rta asrlarda geografiya ta’limining rivojlanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

2.2. O’rta asrlarda geografiya ta’limining rivojlanishi 
 
O’rta asrlarda geografiya fani va uni o’qitish metodikasi yanada rivojlandi va 
chuqurlashdi. Yangi kitob va darsliklar yozildi, yangi yerlar ochilishi bilan dunyo 
haritasi yanada aniqlasha boshladi. 
O’rta asrlarda geografiya ta’limining rivojlanishini ikki bosqichga 
bo’lishimiz mumkin: o’rta asrning birinchi yarmida geografiya ta’limining 
rivojlanishi; buyuk geografik kashfiyotlar bosqichida geografiya ta’limining 
rivojlanishi. 
O’rta asrlarning birinchi bosqichida geografiya ta’limining rivojlanishi. 
Mazkur bosqichda geografiya ta’limi asosan sharq mamlakatlarida rivojlandi. 
Mazkur bosqichida geografiya ta’limining rivojlanishiga oid quyidagi natijalar 
olingan: 
- IV asrda Aleksandr Kosma Indikoplev tomonidan dunyo haritasi tuzildi. 
Uning haritasida Shimoliy Afrika, Yevropa, O’rta dengiz, Osiyo, Kaspiy dengizi 
tasvirlangan; 
- VIII-IX asrlarda Ahmad Al-Farg’oniy astrolobiya asbobini yaratdi. Uning 
astranomiya darsligi bir necha asrlar davomida Yevropa mamlakatlarida asosiy 
darslik sifatida qo’llanildi; 


11 
- Muhammad Ibn Al Xorazmiy IX asrda “Surat-al-Arz” nomli kitob yozgan, 
dunyo haritasini tuzgan, geodezik o’lchov ishlarini olib borgan; 
- Abu Rayhon Beruniy birinchi bo’lib globusni yaratdi, Dunyo haritasini 
tuzdi. Geografiya fanini rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. U “Hindiston”,
“Meniralogiya”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Geodeziya 
(matematik geografiya)” va boshqa ko’plab asarlar yozgan
- Abu Ali Ibn Sino relyefni vujudga kelishida ichki va tashqi kuchlarni o’rni 
va ahamiyatini ochib beradi; 
- Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining “Boburnoma” asari bilan regional 
geografiyani rivojlanishiga ulkan hissa qo’shdi. “Boburnoma”da keltirilgan 
ma’lumotlar asosida O’rta va Janubiy Osiyo davlatlarining o’rta asrlardagi tabiiy 
sharoiti va xo’jaligi haqida fikr yuritish mumkin. 
Demak, o’rta asrlarning birinchi qismida geografik bilimlar yanada 
kengaygan va chuqurlashgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin