O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Geografiya ta’limining hayot bilan bog’lash bosqichi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

 
Geografiya ta’limining hayot bilan bog’lash bosqichi.
1958 yil 12 
noyabrda qabul qilingan qonunga muofiq maktab o’quvchilarini hayotga 
tayyorlash vazifasiga katta e’tibor berildi. Shuning uchun ushbu davrda geografiya 
fanining boshlang’ich va umumta’lim maktablarida o’qitish hayot bilan bog’langan 
xolda olib borila boshlandi. Su munosabat bilan maktab geografiya darsliklari 
qaytadan ishlab chiqildi va nashr qilindi. Natijada ayrim kurslar ikkita sinfda 
o’qitiladigan bo’lib qoldi. Masalan, “Dunyo qit’alari tabiiy geografiyasi” VI va 
VII sinflarda, “SSSR geografiyasi” VII va VIII sinflarda o’rganiladigan bo’ldi. Bu 
esa olingan bilimlarni umumlashgan xolda xulosalashni qiyinlashtirib qo’ydi. 
Ushbu davrda mavjud darslikning mazmuni va tuzilishi o’zgardi, o’qitish 
metodikasi bo’yicha qo’llanmalar nashr qilindi: N.F.Kurazovning “Geografiya 
o’qitish metodikasi” (1952 y), V.P.Budanovning “Tabiiy geografiya o’qitish 
metodikasi” nashr qilindi. 
O’zbekiston maktakblarida geografiya ta’limini takomillashuvi
. 1966 yil 
10 noyabrda “O’rta umumiy ta’lim maktablarining ishini yanada yaxshilash 
choralari to’g’risida” davlat qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq geografiya 
ta’limini yaxshilash bo’yicha komissiya tuzildi. Mazkur komissiya tavsiyasiga 
binoan maktab geografiya kurslari sinflar bo’yicha quyidagicha taqsimlangan: II 
sinfda Tabiatshunoslik kursi-35 soat; III-sinfda Tabiatshunoslik kursi-70 soat; IV-


25 
sinfda Tabiatshunoslik kursi 70-soat; V-sinfda Tabiiy geografiya boshlang’ich 
kursi-70 soat; VI-sinfda Materiklar geografiyasi -105 soat; VII-sinf SSSR tabiiy 
geografiyasi -70 soat; VIII-sinf SSSR iqtisodiy geografiyasi-70 soat; IX-sinfda
Chet el mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi-70 soat;
O’zbekistonda geografiya o’qitish metodikasi sohasida XX-arsning oxiri va 
mustaqillik yillarida yirik olimlar yetishib chiqdi. Geografiya o’qitish metodikasi 
sohasida 
O.Mo’minov., 
H.Vaxobov., 
R.Qurbonniyozov., 
P.Musaev., 
P.G’ulomov., G’.Pardaev., va boshqalar katta ishlarni amalga oshi rishgan.
Umumta’lim maktablari uchun darslik va o’quv qo’llanmalari tayyorlashda 
N.Dolimov, O.Mo’minov , T. Abdullayeva, P.Musaev, P.G’ulomov, X.Vaxobov, 
A.Qayumov, P.Baratov, M.Mamatqulov, A.Abdulqosimov, R.Qurbonniyozov,
A.Soatov va boshqalarning xizmati katta.
Oliy o’quv yurtlari uchun darslik va o’quv qo’llanmalari P.Baratov., 
X.Vaxobov, M.Mamatqulov, A.Rafikov, G.Asanov, M.Nabixonov, I.Safarov,
G’.Pardaev, A.Nizomov, A.Xodjimatov, N.Alimqulov, N.Sultanova va boshqalar 
tomonidan yaratilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin