23
S.V.Chefranov ishlab chiqildi. Mazkur o’quv dasturi asosida Turkiston xalq
ma’orif komissariyati geografiya fanidan o’quv dasturini ishlab chiqdi. 1923-1924
yillardan boshlab mehnat maktablari uchun kompleks dasturlar ishlab chiqildi.
1925-1930 yillarda “O’zbekiston sho’rolar jumhuriyatining birlik asosidagi mehnat
maktablari uchun dastur”, “Birinchi va ikkinchi bosqich maktablari uchun dastur”,
“Ikkinchi bosqich maktablari uchun jug’rofiya dasturi” va “O’zbekiston birinchi
bosqich maktablarining dasturlari” kabi bir necha kompleks dasturlar nashr etildi.
1934 yil 5 sentyabrda “Boshlang’ich va o’rta maktablar to’g’risida” davlat
qarori chiqdi. Mazkur qaror maktab geografiyasini rivojlanishida katta ahamiyatga
ega bo’ldi. Ushbu dasturlarda o’lkashunoslikni o’rganishga katta ahamiyat
berilgan. Ammo mazkur dasturlarning salbiy tomoni mavjud bo’lib, dasterga
muvofiq barcha tabiiy geografik kurslar 5-sinfdan, iqtisodiy geografiya kurslari esa
6-7 sinflarda o’rganilar edi. Bu esa geografiya kurslari mazmunini juda ham
qisqarishiga olib keldi.
1935 yil 25 avgustda “Boshlang’ich va o’rta maktablarni dasturlari va o’quv
rejalari” haqida yangi qaror chiqdi. Ushbu qarorda mavjud dasturlar juda
murakkab bo’lib ketganligi qattiq tanqid ostiga olindi. Natijada dasturlardan
ortiqcha materialllar olib tashlandi. Shundan so’ng geografiya dasturlari qaytadan
ishlab chiqildi. Geografiya predmetlarini soatlari ko’paydi. Iqtisodiy geografiya
kurslari 1,5 yil o’tiladigan bo’ldi.
Maktablarda o’quv ishlarini tashkil qilish
bo’yicha ham ko’rsatmalar berildi: dars o’quv mashg’ulotlarining asosiy va muhim
sharti sifatida qaytadan tiklandi. Ushbu davrda geografiya ta’limini asosiy
shartlaridan biri bo’lgan darsliklar va o’quv qo’llanmalari yaratish hamda kadrlar
tayyorlash milliy dasturi bo’yicha sezilarli ishlar qilindi. Mazkur davrda nashr
qilingan darslik va o’quv qo’llanmalarni O.Mo’minov (1986 y) quyidagi qismga
bo’ladi:
- rus tilidan o’zbek tiliga tarjima qilingan darsliklar. Bunday darsliklarga
“Boshlanma geografiya” (A.Kruber va boshqalar darsligining tarjimasi),
“Turkiston”, “Boshlang’ich jug’rofiya saboqligi” (G.I.Ivanov) va boshqalar.
Mazkur davrda nemis olimi A.Geykining “Tabiiy jug’rofiya” darsligi (1925 y);
- rus tilidan erkin tarjima qilingan darsliklar: “Boshlang’ich jug’rofiya”
(G.I.Ivanov);
- O’zbekistonda nashr qilingan darsliklar: “O’zbekiston va unga qo’shni
jumhuriyatlar hamda viloyatlar” (N.Balashov, 1925 y), “Jug’rofiya” (N.P.Ar
xangelskiy, 1933 y), “O’zbekiston sotsalistik sho’rolar jo’g’rofiyasi ”(L.Obizov,
1934 y) va b.lar.
Geografiya ta’limi sohasida ishlar juda kam bajarilgan. Faqat 1933 yilda
nashr qilingan. N.I.Leonovning “Jug’rofiya metodikasi bo’yicha ocherklar”
metodik qo’llanmasi mavjud edi. Bundan tashqari mazkur davrda ma’orif sohasida
qator ilmiy jurnallar nashr qilina boshlandi, ularda geografiya ta’limi bo’yicha
ma’lumotlar muntazam berib turilgan: “Maorif” (1918 yildan), “ Maorif va
o’qituvchi” (1925 yil) jurnallari, “Madaniy inqilob”- “O’qituvchilar gazetasi”
1931 yildan nashr qilina boshlandi.
Dostları ilə paylaş: