26
- 5-sinfda “Tabiiy geografiya”, boshlang’ich kursi ;
- 6-sinfda “Materik va okeanlar tabiiy geografiyasi” ;
- 7-sinfda : birinchi yarim yillikda “Turkiston tabiiy geografiyasi” (hozirda
O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi), ikkinchi yarim yillikda “O’zbekiston tabiiy
geografiyasi”;
- 8-sinfda “O’zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi”;
Har qanday davlatning kelajaini, buyukligini va qudratini yuksak darajada
bilimga ega bo’lgan kadrlar belgilab beradi. Bunday kadrlarning yetishtirish uchun
esa davlatning ta’lim tizimi yuqori darajada takomillashgan va xalqaro standartlar
talabiga javob beradigan darajada bo’lishi kerak.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov Oliy Majlisning
9-sessiyasida (30.08.97) mazkur muammo to’g’risida shunday degan edi “Har
qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va
ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o’zining yuksak
madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir”.
1997 yil avgustda Oliy Majlisda ko’rilgan ta’lim qonuni O’zbekiston ta’lim
tizimining takomillashtirish va barkomol avlodni tarbiyalash sohasidagi qo’ygan
qadamlarining eng yirigidir.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimovning ta’lim
qonuni bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 9- sesiyasida so’zlagan
nutqini quyidagi qismlarga bo’lish mumkin:
1. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng o’rta va oliy ta’limda
erishilgan yutuqlar tahlili.
2. Hozirgi ta’lim tizimining hayot talablariga javob bermasligining asosiy
sabablarini tahlili.
3. Oliy ta’lim islohotining asosiy yo’nalishlari.
4. Ta’limdagi islohotlarni bosqichma – bosqich amalga oshirilishi.
5. Kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va faoliyat ko’rsatishining asosiy
tamoyillari.
6. Umumtalim dasturining tuzilishi.
7. Milliy dasturni amalga oshirishdagi murakkabliklar.
Mazkur masalalarni alohida-alohida ko’rib chiqamiz:
Dostları ilə paylaş: