33
I.S.Matrusov fikricha, pedagogik eksperiment deganda nazorat qilinayotgan
va hisobga olinayotgan sharoitda tadqiq qilinayotgan pedagogik jarayonlarni
kuzatishga imkon beradigan ilmiy jihatdan tashkil qilingan ta’lim va tarbiya
tajribasidir. Pedagogik eksperimentning maqsadi o’rganilayotgan voqea va
hodisalarni qonuniyatlarini aniqlash, u yoki bu metodik masalani mohiyatini ochib
berishdir.
Pedagogik eksperimentga quyidagi talablar quyiladi:
- pedagogik eksperiment mukammal darajada loyihalashtirilgan bo’lmog’i
lozim;
- u metodologik jihatdan asoslangan gipotezaga tayanmog’i lozim;
- o’rganilayotgan muammo o’zida qarama-qarshiliklarni va yangiliklar
kurtagini aks ettirmog’i lozim;
Pedagogik eksperiment o’tkaziladigan vaqti, o’rganilayotgan hodisalar
tarkibi, tashkil qilinishiga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin. Pedagogik
eksperimentlar o’tkazilish vaqtiga ko’ra qisqa va uzoq muddatli, o’rganilayotgan
hodisani tarkibiga ko’ra oddiy va murakkab, tashkil qilinishiga ko’ra tajribali (bir
guruh o’quvchilar bilan o’tkaziladi), tabiiy (bir sinf yoki bir necha maktabdagi bir
xil sinflar bilan o’tkaziladi), kompleks eksperimentlarda tajriba va tabiiy usullar
uyg’unlashgan holda qo’llaniladi.
Oldiga qo’ygan maqsadiga ko’ra pedagogik eksperimentlar tasdiqlovchi,
(mavjud qoidalarni) shakillantiruvchi yoki yaratuvchi, nazorat qiluvchi yoki
nazorat.
Pedagogik eksperiment yordamida nazariy hollar tekshiriladi, ta’lim va
tarbiya jarayoni haqida to’la va aniq ma’lumotlar olishga imkon beradi. Bu o’rinda
“Eksperiment” va “Tajriba” tushunchalarini chalkashtirmaslik lozim.
Dostları ilə paylaş: