34
hamda ularning natijalariga bog’liq. Shu maqsadda metodik tadqiqotlar bir necha
bosqichlarda olib boriladi. Ular quyidagilardan iborat:
- muammoning qo’yilishi;
- tadqiqot obyekti va predmetini tanlash;
- tadqiqotni maqsad va vazifalarini aniqlash;
- ishchi g’oyani ishlab chiqish;
- ishlab chiqilgan g’oyani pedagogik tajribalarni kuzatish va eksperimental
ishlarni bevosita o’rganish asosida tekshirish;
- olingan yangi ma’lumotlar va bilimlar asosida nazariy xulosalar ishlab
chiqiladi va tadqiqot natijalarini tekshirish amalga oshiriladi.
Muammoni qo’yish bosqichi.
Mazkur bosqichda tanlangan mavzu bo’yicha
mavjud adabiyotlar o’rganib chiqiladi natijada muammoning tarixi va nazariyasi
o’rganiladi, maktablarning tajribasi va yuqori pedagogik tajribalar tahlil qilinadi.
Buning natijasida muammoning o’rganilganlik darajasi aniqlanadi. Muammoning
qaysi tomonlariga to’la va mukammal va qaysi tomonlariga kam yoki umuman
o’rganilmaganligi aniqlanadi. Mazkur ish davomida nazariy xolatlar tahlil qilinadi
va o’quv jarayonining aniq xolatini tavsifi tuziladi. Bunday tasdiqlovchi tadqiqot
Dostları ilə paylaş: