31
Qiyosiy usul.
Mazkur usul yordamida fandagi va maktab geografiyasidagi
bilimlar tizimi, o’qitish jarayonida qo’llaniladigan metodlar, o’quv vositalari,
baholash usullari, dars turlari tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Bu esa tadqiq
qilinayotgan muammoni umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishga
imkon beradi.
Tarixiy metod.
Mazkur metod yordamida o’rganilayotgan metodik
muammoning rivojlanishi o’ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. Bundan tashqari
ma’lum bir muammoni ayrim davrlarda rivojlanishini ham ochib beradi.
Tizimli tuzilish metod
. Bu umumiy fanlararo tadqiqot metod bo’lib, XX-
asrning 70-yillaridan boshlab ilmiy tadqiqot ishlarida keng qo’llanila boshlandi.
Mazkur metod bir butun bo’lgan geografik borliqni eng muhim xususiyatini ochib
berish va uni tarkibiy tuzilishining darajalarini aniqlashdan iborat. Geografiyani
o’qitish metodikasida mazkur usul yordamida ma’lum bir tizim tizimchalarga
bo’linadi. Geografiya o’qitish metodikasida o’quv materiali tizim sifatida qaraladi,
uning tarkibiy qismlari, yani, Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi, Materiklar va
okeanlar tabiiy geografiyasi, O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi,
O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi va h.k.lar esa tizimchalar sifatida
qaraladi.
Tizim-tuzilish metodlarini tarkibida mantiqiy-tuzilish tahlili mavjud. Mazkur
usul yordamida o’quv materialining tuzilishi va ularni bayon etilishining ketma-
ketligi aniqlanadi. Mazkur usul bir butun geografik borliqni tuzilishini tatqiq
qilishga, masalan, tabiiy geografiya bo’yicha o’rganilayotgan hududning geologik
tuzilishi va foydali qazilmalari, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tuprog’i, o’simliklari,
hayvonot dunyosi, tabiat zonalari, tabiiy geografik rayonlari ketma-ketligida
o’rganishga imkon beradi va undan alohida qismlarni ajratishga va ular orasidagi
bog’liqliklarni ochishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: