37
tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish
muhim ahamiyatga egadir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi
PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha
Harakatlar
strategiyasi” doirasida O’zbekistonda ta’lim sifatini baholashda yangicha
monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga
asoslangan tizim shakllantirilmoqda.
Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tajribalarni o’rganish, mavjud
tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo’nalishdagi xalqaro va
xorijiy tashkilotlar,
agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan
hamkorlik qilish, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro loyihalarni amalga
oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini
takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
SHu maqsadda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil
8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 997-sonli qarori bilan
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim
sifatini nazorat
qilish davlat inspektsiyasi qoshida “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro
tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi” tashkil etildi. O’z navbatida, “Ta’lim
sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi”ga
ta’lim tizimida o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishidagi fanlardan savodxonlik
darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish hamda joriy
etishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish, ta’lim sifatini baholash sohasida
xalqaro aloqalarni o’rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish
kabi vazifalar yuklatildi.
SHu bilan bir qatorda, Milliy markaz direktori –
Xalqaro tadqiqotlarning
milliy loyiha menejeri hisoblanib, xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda
muvofiqlashtirishda O’zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etishi
belgilab qo’yildi.
Mazkur vazifalarning amaliy ifodasi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi bilan
Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o’rtasida o’quvchilar
savodxonligini
baholash bo’yicha xalqaro dasturda (Agreement for participation programme for
international student assessment - PISA 2021) ishtirok etish to’g’risidagi
kelishuvga erishildi.
PISA (Programme for International Student Assessment) – o’quvchilarning
savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqot dasturi bo’lib, dasturning asosiy
maqsadi 15 yoshli o’quvchi yoshlarning o’qish, (matnni tushunish), matematika va
tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik darajalarini hamda ijodiy fikrlash
ko’nikmalarini turli xil testlar yordamida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar
o’quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashi, egallagan bilimlarini hayotda
qo’llay olish layoqatiga baho berish va keyinchalik bu ko’nikmalarni
shakllantirishga xizmat qiladi.
38
Har uch yilda amalga oshiriladigan PISA dasturi mamlakatlarga ta’lim
tizimining yutuq va kamchiliklari yuzasidan o’z
vaqtida axborot berish, tegishli
dasturlarning ta’sirini tahlil qilish imkoniyatini yaratib, ta’lim siyosati sohasida
qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlaydi. Ta’lim sifatini baholashga
yo’naltirilgan PISA xalqaro tadqiqotlar O’zbekiston ta’lim tizimida ilk marta
o’tkazilayotganligi sababli ularni to’g’ri, samarali va ob’ektiv o’tkazish
muhim
ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 dekabrdagi
“Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni
tashkil
etish
chora-tadbirlari
to’g’risida”gi
997-son
qarori
chiqishi
mamlakatimizning jahon tsivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo’lida tez va
sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan tarixiy voqea bo’ldi.
Qarorga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi huzurida
Dostları ilə paylaş: