O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n
Tayanch so’z va iboralar : PISA, xalqaro baholash, xalqaro standart, xalqaro baholash dasturi. TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1.
Nima sababdan O’zbekistonda xalqaro baholash tizimiga alohida e’tibor
qaratilmoqda?
2.
Xalqaro baholash tizimi deganda nimani tushunasiz?
3.
PISA nima? U qaysi mamlakatlarda olib borilmoqda?
4.
Xalqarobaholash tizimiga o’tish uchun qanday ishlar amalga oshirilishi lozim?
5.
Nima sababdan o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan xalqaro
tadqiqotlar yo’nalishlaridagi savollar milliy bazasini yaratish zarur?
VI. PISA, PIRLS, TIMMS XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARI VA UNI O’ZIGA XOS TOMONLARI PIRLS – boshlangʼich 4-sinf oʼquvchilarining matnni oʼqish va tushunish
darajasini baholash;
TIMSS – 4- va 8-sinf o’quvchilarining tabiiy-ilmiy yo’nalishdagi fanlardan
savodxonligini baholash;
TALIS – rahbar va pedagog kadrlarning umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida
oʼqitish va taʼlim olish muhitini hamda oʼqituvchilarning ish sharoitlarini
oʼrganish;
PISA – 15 yoshli oʼquvchilarning oʼqish, matematika va tabiiy yoʼnalishdagi
fanlardan savodxonlik darajasini baholash.
Ushbu loyihalar oʼquvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash
koʼnikmalari, egallagan bilimlarini hayotda qoʼllay olish layoqatiga turli xil
topshiriqlar orqali baho berish va keyinchalik bu koʼnikmalar rivojlanishiga turtki
berishga xizmat qiladi.
Hozirgi kunga qadar Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Taʼlim sohasidagi yutuqlarni
baholash xalqaro assotsiatsiyasi oʼrtasida imzolangan kelishuvlarga muvofiq 2021-
yilda PISA va PIRLS xalqaro dasturlarida ishtirok etish rejalashtirilgan. Mazkur
tadqiqotlar doirasida Oʼzbekiston Respublikasi oʼquvchi-yoshlarining savodxonlik
darajalari ilk bor sinab koʼrilar ekan, bunga o’ta mas’uliyat bilan tayyorgarlik
koʼrish talab etiladi. Buning uchun, xalqaro tadqiqotlar talablariga mos ravishda
ishlab chiqilgan topshiriqlar asosida tajriba sinovlar oʼtkazish, oʼquv jarayonlariga
1
Раджиев А.Б., Исмаилов А.А., Нарзиев Ж.Р., Ахмедов Х.П., Тоғаева Г.О. Ўқувчилар саводхонлигини
баҳолаш бўйича халқаро тадқиқотлар дастури. Қўлланма, Тошкент, 2019
41
bosqichma-bosqich integratsiya qilib borish orqali oʼquvchilarda maxsus
koʼnikmalarni rivojlantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi