O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

2019 yilning may oyida 
Xalq ta’limi vazirligi va YuNISEF ning 
O’zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida 
“O’quvchilarning muvaffaqiyatli 
o’zlashtirishiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash”
mavzusida tadqiqot 
o’tkaziladi.
Unda respublika bo’yicha tanlab olingan 
255 t
a maktabda tahsil olayotgan 4-
sinf o’quvchilarining matematika, o’qish va tabiatshunoslik fanidan bilimi tajriba 
tariqasida sinovdan o’tkaziladi. Monitoring uchun 
TIMSS
tadqiqoti materiallari 
mazmuni, talabidan kelib chiqib, test savollari tayyorlanmoqda. 
PISA
–o’quvchilarning o’qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy 
fanlardan bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo’lib, 
o’quvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va ko’nikmalarini aniqlashga 
mo’ljallangan.
PISA xalqaro baholash dasturi shuningdek, o’quvchilar munosabati va 
motivatsiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar to’playdi, o’quvchilarda muammoni 
hal qila olish kabi ko’nikmalarni ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega 
masalalarni hal etishda o’quvchi-yoshlarning fikr- mulohazalari, ular bergan taklif 
va yechimlarni baholaydi.
PISA–halqaro baholash dasturlarining natijalari asosida dunyo mamlakatlari 
o’quv dasturlarida mavjud bo’lgan talablar doirasida o’quvchilarning bilim va 
ko’nikmalarni qo’llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga baho beriladi.
PISA hech qanday o’quv dasturini belgilamaydi yoki targ’ib qilmaydi yoki 
umumiy e’tirof etishni taqozo etmaydi.
Ishtirokchi mamlakatlar ekspertlari va iqtisodchilarining fikricha, o’quvchilarda 
tabiiy fanlardan o’zlashtirilgan bilim va ko’nikma darajalari shakllanishi, 
mustahkamlanishi davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim dastlabki 
qadamlar deb hisoblanishini e’tirof etadi.
PISA tadqiqoti - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti IHTT(OECD – 
Organisation for Economic Co-operation and Development) tomonidan amalga 
oshiriladigan dastur hisoblanadi.
Tadqiqot ilk bor 2000 yilda o’tkazilgan bo’lib, har uch yilda bir marotaba o’tkazib 
boriladi. Navbatdagi tadqiqotlar 2021 yilda o’tkazilishi rejalashtirilgan.
PISA tadqiqoti o’ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan:
-
ta’lim sohasidagi eng yirik, keng ko’lamli xalqaro monitoring 
tadqiqotlaridan biri sanaladi;
-
tadqiqotda umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 15 yoshli 
o’quvchilar ishtirok etadi;
-
tadqiqotda o’quvchilarning “hayotga tayyorlik” darajasi, ya’ni ularning 
maktabda egallagan bilim va ko’nikmalarini hayot qo’llay olish layoqati 
baholanadi;
-
tadqiqotda o’quvchilarning matematika, o’qish (matnni tushunish), tabiiy 
yo’nalishdagi fanlar va global muammolarni hal etish sohasidagi funktsional 
savodxonligi baholanadi;
-
tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta’lim tizimining o’ziga xosligi bo’yicha 
ma’lumot olish imkonini beradigan kontekst axborot to’planadi.


43 
O’zbekistonning PISA tadqiqotida ishtirok etishi uchun quyidagilar muhim 
ahamiyatga ega: 
-
O’zbekistonda umumta’lim maktablari bitiruvchilarining ta’lim olishni 
davom ettirishga qay darajada tayyorligini aniqlash;
-
mamlakatdagi umumiy o’rta ta’limni takomillashtirish yo’nalishlarini 
aniqlash;
-
o’quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli 
mamlakatlarning ta’lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma’lumotlarni olish
2
.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin