45
ahamiyatini ochib berish. Masalan, Orol muammosini yechimini, tuproqqa
meliorativ ishlov berishda agrotexnika qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida
eroziya jarayonini tezlashuvi va uni oldini olishni, O’zbekistonning buyuk davlat
bo’lishini geografik asoslarini ishlab chiqish;
- o’quvchilarni geografik haritalardan, ma’lumotnomalardan qo’shimcha
adabiyotlardan foydalanishga o’rgatish, egallagan nazariy geografik bilimlarini
amalda va yangi sharoitlarda qo’llay bilish ko’nikmalarini shakillantirish.
O’quvchilarda geografik madaniyatni shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- O’zbekistoning kelajagi buyuk davlat ekanligini asoslab berish,
o’quvchilarda Vatanimiz qudrati va ravnaqidan faxrlanish, milliy g’urur, milliy
iftixor tuyg’ularini shakillantirish;
- o’quvchilarni tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sirlarga didaktik nuqtai
nazardan qarashga o’rgatish;
- o’quvchilarni ahloqiy jihatdan to’g’ri tarbiyalash, ularga Vatanga muhabbat,
Vatanni himoya qilish har fuqoroning oliy burchi ekanligini uqtirish;
- o’qtuvchilarni mehnat tarbiyasiga va kasb tanlashiga yordam berish, hozirgi
zamonda o’z o’rnini topishga ko’maklashish;
Dostları ilə paylaş: