O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

geografiya nimani 
o‘
rganadi?, geografik kashfiyotlar va hozirgi zamon geografiyasi, Yer - quyosh 
tizimsidagi sayyora, joy plani va geografik haritalar, yerning qattiq qobig‘i – 
litosfera, yerning suv qobig‘i – gidrosfera, yerning havo qobig‘i – atmosfera ,
biosfera, inson va tabiat kabi asosiy mavzular o’tiladi ( 4-jadval).
4-jadval 
Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi mavzulari 

I-BOB. Geografiya fani va uning rivojlanishi




2-BOB. Yer - Quyosh tizimsidagi sayyora 




3-BOB. Joy plani va geografik haritalar




4-BOB. Yerning qattiq qobig‘i - Litosfera 




5-BOB. Yerning suv qobig‘i - Gidrosfera 




6-BOB. Yerning havo qobig‘i – Atmosfera




7-BOB. Biosfera. Inson va tabiat



Jami 
34 
27 

Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi o’quv fanida esa kirish, materiklar 
va okeanlar tabiiy geografiyasi nimani o’rganadi?, Geografik haritalar va ularning 
turlari. Atlaslar va globuslar, geografik qobiq, dunyo okeani, materiklar va 
okeanlar tabiati: Afrika materigi, Avstraliya materigi va Okeaniya, Antarktida 
materigi, Janubiy Amerika materigi, Shimoliy Amerika materigi, Yevrosiyo 
materigi, Tinch okeani, Atlantika okeani, Hind okeani, Shimoliy Muz okeani kabi 
mavzular o’tiladi.
O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geograiyasi o’quv dasturida esa kirish
O‘rta Osiyoning geografik o‘rni, chegaralari va tabiiy geografik o‘lka sifatida 
o‘ziga xos xususiyatlari, geografik haritalar. vaqt hisobi, O‘rta Osiyoning geologik 


54 
tuzilishi, foydali qazilmalari va relyefi, O‘rta Osiyo iqlimi, O‘rta Osiyoning 
suvlari, O‘rta Osiyo tuproqlari, o‘simliklari, hayvonot dunyosi, tabiat zonalari, 
O‘rta Osiyoning hududiy tavsifi, O’zbekiston tabiatining umumiy tavsifi, 
O‘zbekistonning tabiiy geografik okruglari tavsifi kabi mavzular diqqat markazida 
bo’ladi.
O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi o’quv dasturida kirish, 
O‘zbekistonning geografik o‘rni va ma’muriy-hududiy tuzilishi, O‘zbekistonning 
tabiiy boyliklari, aholisi va mehnat resurslari, milliy iqtisodiyotning tarkibiy 
tuzilishi, O‘zbekistonning regional tavsifi
 
o’rganiladi. 
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy-geografiyasida jahonning siyosiy haritasi, jahon 
tabiiy resurslari, jahon aholisi, jahon xo‘jaligi, Yevropa mamlakatlari, Osiyo 
mamlakatlari, Afrika, Avstraliya va Okeaniya, Amerika mamlakatlari
 
kabi 
mavzular berilgan.
Amaliy geografiya O’quv dasturida esa
Geografiya fanlari tizimi haqida 
tushuncha, Yer tabiati, jamiyat va tabiat, amaliy geografik tadqiqotlar, dunyo aholisi, 
dunyoning geosiyosiy manzarasi va global muammolar, Yevropa va Amerika 
subregionlari, Afrika subregionlari. Okeaniya davlatlari, Osiyo subregionalari, 
O‘zbekiston Respublikasi
 
kabi yirik mavzular egallaydi.
O’quv dasturida geografiya o‘quv fani bo‘yicha ta’lim oluvchilar 
tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasi hamda ta’lim muassasalari 
bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari belgilab berilgan. Malaka talablarida 
o’quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar turlari bo’yicha alohida-alohida 
ko’rsatib berilgan.
O’quv dasturi har bir mavzuni o’tish uchun soatlar ajratilgan, jihozlar, dars 
shakillari ko’rsatilgan. O’qituvchilarning bilimi va pedagogik mahoratini 
oshirishni maqsad qilib, har bir o’quv fani so’ngida o’qituvchilar uchun ilmiy va 
metodik adabiyotlar ro’yhati keltirilgan

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin