49
2. O’zbekiston tabiatining xilma – xilligi: cho’llar (tabiati,
qumli barxan,
cho’l tabiatini inson tomonidan o’zlashtirish, o’simlik va xayvonlar, cho’lda
kechasi, cho’l aholisining yumushlari, Qizilqumda kumushsimon o’rmon, cho’l
mo’jizasi): tog’ tabiati
3. O’zbekiston tabiatini qo’riqlash:tabiat va insonni o’zaro ta’siri, tuproq, suv
va havoni qo’riqlash, Qizil kitob, qo’riqxonalar, O’zbekiston tabiati yodgorliklari.
Tabiiy geografiya kurslari
o’quvchilarga geografik qobiqda sodir bo’ladigan
voqea va hodisalar, ularni kelib chiqish sabablari
va rivojlanish oqibatlari, Yer
qobiqlari orasidagi aloqalar haqida har bir materik, okeanning tabiati, O’rta Osiyo
va O’zbekiston tabiati haqida ma’lumotlar beradi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
kurslari o’quvchilarga O’zbekiston va
jahon iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari haqida bilimlar beradi.
Amaliy geografiya
– umumiy o’rta ta’lim maktablarining 10-sinfi hamda
akademik litsey va kasb – xunar kollejlarining I-kursida o’tiladi. Mazukr kurs
geografiya fanining amaliy tomonlarini ochib beradi.
Oliy geografiya ta’limida mutaxasislik fanlari o’rganiladi.
Yordamchi maktablarda geografiya ta’limining tuzilishi
quydagi qismlardan
iboart:
- VI sinf – tabiiy geografiya (boshlang’ich kurs);
-VII sinf – materiklar va okeanlar geografiyasi;
- VII sinf – O’rta Osiyo va O’zbekiston geografiyasi;
Yordamchi maktablardagi geografiya kurslarining asosiy xususiyatlaridan biri
ularning soddalashtirilganidadir.
O’zbekiston mustaqillik erishgach Davlat ta’lim standarti ta’lim tizimimg
barcha bo’g’inlari uchun ishlab chiqiladi va amaliyotga tadbiq etildi.
“Standart” so’z inglizcha bo’lib, “
nusxa
”, “
o’lcham
”, “
me’yor
” degan
ma’nolarni anglatadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro’yobga chiqarishning birinchi bosqichida
yuqorida qayd etilgan ta’lim muassasalari uchun DTS ishlab chiqildi va
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16-avgustdagi
Qaroriga binoan amaliyotga joriy etildi. Unda “Davlat ta’lim standartlarini bajarish
O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir» deb
belgilab qo’yilgan.
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartini
ishlab chiqishda quyidagi
tamoyillar asos qilib olingan:
-
DTSning davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
-
o’quv dasturlari mazmunining jamiyatimizda ro’y berayotgan ma’naviy-
ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog’liqligi;
-
umumiy o’rta ta’limning uzluksiz ta’limning boshqa turlari va bosqichlari
bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
-
umumiy o’rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
-
ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitliligi;
-
umumiy o’rta ta’lim mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda
innovatsiya
texnologiyalariga tayanish;
50
-
o’qituvchilarning pedagogik tafakkurida qaror topgan an’anaviy qarashlar
bilan «Ta’lim to’g’risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ifodalangan
zamonaviy talablarning uzviyligi;
Umumiy o’rta ta’limning DTS o’quvchilar umumta’lim tayyorgarligiga,
saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.
DTS ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini
baholash tartibini belgilaydi.
DTS o’z mohiyatiga ko’ra o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, Nizomlar
va boshqa me’yoriy hujjatlarni yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining geografiyadan DTS o’quv fani
bo’yicha o’quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, ular egallaydigan ko’nikma
va malakalarning hajmini (BKM-bilim, ko’nikma va malaka) ko’rsatuvchi
me’yor bo’lib, u umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiya ta’limi
mazmunining negizini belgilovchi ko’rsatkichlar hamda o’quvchilarning
geografik tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasidan iborat
bo’lgan rasmiy hujjat bo’lib hisoblanadi.
«Ta’lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar» umumiy o’rta ta’lim
maktablarida geografiyadan beriladigan bilimlarning minimal darajasini, ya’ni
ta’lim mazmunining negizini ifodalaydi. Mazkur ko’rsatkichlar umumiy o’rta
ta’lim maktablari uchun geografiya o’quv fani dasturi va darsliklarini yaratishda
hamda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishda mo’ljal vazifasini bajaradi.
Geografiya ta’limi standartidagi «O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga
qo’yiladigan minimal talablar» o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi shart
bo’lgan ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Bunda o’quvchilarning bilishi,
anglashi,
amaliy ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlarini
ta’minlash va ularning sifatini aniqlashga imkon beradi. Belgilangan ko’rsatkich
va talablar geografiya ta’limining asosiy sifatlarini baholashda o’lchov bo’lib
xizmat qiladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining geografiyadan davlat ta’lim
standartida keltirilgan ko’rsatkich va talablar maktab geografiya ta’limi
mazmunini to’liq qamrab oladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiyadan tuzilgan DTSda qayd
etilgan maksimal talablar asosida o’quv dasturi tayyorlanadi. O’quv dasturida
o’quv fani bo’yicha o’rganiladigan bob va mavzular o’quvchilarning yoshlik va
psixologik xususiyatlari, mavzular o’rtasidagi uzviylik
va izchillik asosida
mantiqiy bir tizimga keltirilgan holda beriladi. O’quv dasturida o’rganiladigan
boblar ularni o’rganish uchun ajratilgan soatlar ko’rsatiladi, mazkur boblar
tarkibiga kiradigan mavzularning qisqacha mazmuni yoritiladi. Geografiyadan
tuzilgan o’quv dasturi mazkur o’quv fanining mazmunini belgilab beradigan va
bajarilishi majburiy bo’lgan me’yoriy hujjat sanaladi
2.Geografiya ta’lim standartining tarkibiy qismlari.
Geografiya ta’lim standarti geografiya ta’limining maqsad va vazifalarini
yoritishdan boshlanadi. Geografiya ta’limining bosh maqsadi o’quvchi
shaxsini
tarbiyalashdan iborat. Geografiya ta’lim standartida geografiya ta’limining asosiy
vazifalari atroflicha yoritib berilgan.
51
Tabiiyot va geografiya fanidan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim
standartining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
-
umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi;
-
umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi;
-
umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari;
-
baholash tizimi.
Tayanch o’quv rejaga muvofiq Tabiiyot va geografiya fanidan o’quv
sostlari quyidagicha ajratilgan (3-jadval).
3-jadval
Dostları ilə paylaş: