O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/188
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210828
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   188
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
— mediamanbalardan zarur 
tavsiflarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan 
samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga 
ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
— doimiy ravishda o‘z-o‘zini 
jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, 
hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy 
tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil 
baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda 
tutadi. 
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
— jamiyatda bo‘layotgan voqea, 
hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining 
fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik 
munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini 
shakllantirishni nazarda tutadi. 
Milliy va umummadaniy kompetensiya
— vatanga sadoqatli, insonlarga 
mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy 
va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom 
turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish 
hamda foydalanish kompetensiyasi
— aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda 
shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli 
diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, 
mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va 
texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda 
tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda 
shakllantiriladi. 
Shuningdek, har bir umumta’lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda 
o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. 
Geografiyani o’qitishda o’quvchilarda shakllantiriladigan fanga oid 
kompetensiyani quyidagi turlari mavjud: 
-
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, 
tushunish va tushuntirish kompetensiyasi; 
-
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi: 
-
Globus, geografik atlas va haritalardan amaliyotda foydalana olish 
kompetensiyasi:
-
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi: 
Geografiya fanini mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga 
oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. 
-
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, 
tushunish va tushuntirish kompetensiyasi. 


47 
-
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi.
-
Globus, geografik atlas va haritalardan amaliyotda foydalana olish 
kompetensiyasi. 
-
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi. 
Geografiya o‘quv fani bo‘yicha ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va 
yetarlicha darajasi hamda ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka 
talablari tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, 
tushunish va tushuntirish kompetensiyasida quyidagi belgilab qo’yilgan 
kompetesiyalarga ega bo’lishi lozim: 
-
Quyosh tizimidagi sayyoralarning nomlarini ayta oladi; 
-
Yer yuzidagi tabiiy jarayon va hodisalarni kuzatadi va ayta oladi; 
-
tun va kun, yil fasllari almashinishini kuzatadi va aytib bera oladi;
-
kundalik hayotda ob-havoning o‘zgarishini mahalliy belgilarga qarab 
aniqlay oladi, termometr yordamida havo haroratini o‘lchay oladi;
-
ufq tomonlarini kompas va mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi; 
-
O‘zbekiston Respublikasi va uning viloyatlari tabiati haqida biladi va ayta 
oladi. 
-
Yer yuzi tabiatining vaqt davomida o‘zgarishi va rivojlanishi haqida biladi 
va ayta oladi. 
-
Geografik qobiq va uning tarkibiy qismlari — litosfera, gidrosfera, 
atmosfera va biosferada kechadigan tabiiy hodisa hamda jarayonlarning mohiyatini 
anglaydi, tushunadi va tushuntira oladi;
-
tabiiy hodisa va jarayonlarni kundalik hayotda turli asboblar (kompas, 
termometr, barometr, flyuger va b.) yordamida o‘lchash va aniqlashni bajara oladi; 
-
materiklar, okeanlar, O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va 
resurslariga tavsif bera oladi, ularning hududiy xususiyatlarini tahlil qiladi va 
o‘zaro taqqoslay oladi; 
-
Yer yuzi tabiatining xilma-xilligini keltirib chiqaruvchi asosiy geografik 
omil va qonuniyatlarni biladi, anglaydi, misollar bilan izohlay oladi;
-
jahon xo‘jaligi, dunyoning yirik mintaqa va davlatlari, O‘zbekistonning 
iqtisodiy geografik rayonlari va viloyatlari, O‘zbekistonga yaqin joylashgan 
mamlakatlarga kompleks iqtisodiy-geografik tavsif bera oladi, hududlarni ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan taqqoslay oladi; 
-
aholi va ishlab chiqarishning joylashuviga ta’sir etuvchi geografik omillarni 
ayta oladi va misollar bilan izohlay oladi; 
-
aholi dinamikasi va tarkibi, zamonaviy demografik jarayonlar, urbanizatsiya 
va aholi migratsiyasining mohiyatini tushunadi va tahlil qila oladi;
-
dunyoning siyosiy haritasi, uning tuzilishini tushunadi va tushuntira oladi; 
-
geografik bilimlar asosida tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va 
hodisalarga doir amaliy topshiriqlarni yecha oladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin