O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tabiiyot va geografiya fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: - o‘quvchilarda atrofimizdagi olamga, o‘z Vataniga muhabbat hissini
uyg‘otish,
- tabiatni asrash va muhofaza qilish, nazariy bilimlarini amalda qo‘llash
malakalarini shakllantirish;
- tabiatni kuzatish, tahlil qilish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni
tarkib toptirish;
- ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan
bilimlarni egallash;
- hozirgi zamon talablari, ta’lim sohasidagi jahon andozalari va milliy
rivojlanish manfaatlariga mos keladigan tafakkur va bilimlarni egallashi, shu bilan
birga ulardan kundalik hayotlarida foydalana olishga o‘rgatishdan iborat.
O’qituvchi yuqoridagi geografiya ta’limining asosiy vazifalarini amalga
oshirish, geografiya ta’lim samaradorligiga erishish va o’quvchilarning bilish
faoliyatini tashkil etish hamda boshqarishi uchun ta’lim mazmunining tarkibiy
qismlari va ularni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish usullarini bilishi lozim.
Geografiya o’qitishning hozirgi davrda samarali bo’lishi o’quvchilarning
o’quv-bilish, mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashishi uchun zarur bo’lgan
geografik bilimlar, ko’nikmalar, malakalarni egallaganliklar, milliy iqtisodiyotni
rivojlantirishdagi ahamiyati bilan belgilanadi. Ular esa o’z navbatida
o’quvchilarning geografik bilimlarni egallaganlik, tarbiyalanganlik natijasida
dunyoqarashi, e’tiqodi, tabiat, jamiyat va shaxsga bo’lgan munosabatida namoyon
bo’ladi. O’quvchilarning rivojlanish darajasi, qobiliyati, jismoniy va aqliy jihatdan
takomillashtirishga bo’lgan ehtiyoji bilan ifodalanadi.
Geografiya fanlar tizimida har bir geografiya fanining o’ziga xos jihatlari
mavjud. Mazkur jihatlar geografiya fanining maqsadini belgilab beradi.
Geografiya o’qituvchisi har bir sinf geografiya kursini maqsadlarini bilishi lozim.
Geografiya ta’limining maqsadlarini uch guruhga bo’lish mukin: ta’limiy,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi.