53
vatanparvarlik, estetik, ekologik, gigienik, iqtisodiy va jinsiy tarbiyasiga ahamiyat
berish lozimligi ta’kidlangan.
Geografik o’quv mavzularga o’quvchilarning qiziquvchanligini oshirish
uchun geografik harita,
tabiiy-tasviriy, dinamik, jadval, sxematik ko’rgazmali va
audio, video vositalardan ta’lim berish jarayonida samarali foydalanish va
o’quvchilar faoliyatini faollashtirish hamda mustaqil bilim olishini tashkil etish
maqsadida faollashtiruvchi metodlaridan zamonaviy
pedagogik va axborot
texnologiyalardan keng foydalanish tavsiya etilgan.
O’quv dasturida Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi o’quv fani uchun 34
soat (haftasiga 1 soat), Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi o’qub fani uchun
68 soat (haftasiga 2 soat), O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi o’quv
fani uchun 68 soat (haftasiga 2 soat), O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi
o’quv fani uchun 68 soat (haftasiga 2 soat), Jahon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy
geografiyasi o’quv fani uchun 68 soat (haftasiga 2 soat), Amaliy geografiya o’quv
fani uchun 34 soat (akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 40 soat, haftasiga 1
soat) vaqt ajratilganligi ta’kidlanadi.
O’quv dasturida har bir o’quv fani bo’yicha o’qitiladigan asosiy mavzular
mazmuni, ularni o’tish uchun kerakli jihozlar keltirilgan. O’quv dasturida ana shu
mavzularning qanday dars tiplaridan foylanib o’qitish kerakligi haqida ham
ma’lumotalr berilgan.
Masalan, maktab Tabiiy geografiya boshlang’ich kursida
Dostları ilə paylaş: