48
1.
Tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi nima?
2.
tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari nimalardan
iborat?
3.
Geografiyani o’qitishning ta’limiy maqsadi deganda nimani tushunasiz?
4.
Geografiyani o’qitishning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
maqsadlarini tahlil
qiling va o’rtog’ingiz bilan fikr almashing.
5.
O’quvchilarning qiziquvchanlik qobiliyati deganda nimani tushunasiz?
6.
Kompetensiz nima? Uning qanday turlari mavjud?
7.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari 5-9-sinflarda o’qitiladigan geografiya
predmetlari bo’yicha kompetensiyalar jadvalini tuzing va to’ldiring.
VIII BOB. MAKTAB GEOGRAFIYASINING MAZMUNI VA TARKIBI
8.1. Geografiyadan Davlat ta’lim standarti
Geografiya ta’limi shakllari va bosqichlariga binoan turlicha tuzilishga ega.
Geografiya ta’limi hozirgi davrda quydagi qismlarga bo’linadi:
- umuta’lim maktablarida geografiya ta’limi;
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida geografiya ta’limi;
- oliy geografiya ta’limi;
- Yordamchi maktablarda geografiya ta’limi;
- Malaka oshirish muassasalarida geografiya ta’limi.
Umumta’lim maktablari geografiyasining asosiy qoidalaridan biri tabiiy va
iqtisodiy geografiyani alohida – alohida o’rganishdir. Bu esa umumta’lim
maktablari geografiyasida tabiiy va iqtisodiy geografiyaning asoslarini to’la aks
ettirishga imkon beradi.
Umum ta’lim maktabi geografiya kurslari zinapoyasimon tuzilishga ega.
Bunda asta-sekin quyi sinfdan, yuqori sinflarga
qarab murakkablashib boradi,
qaytarishlarga yo’l qo’yilmaydi, lekin yangi ma’lumotlar ilgari o’tilgan
ma’lumotlar asosida beriladi. Bu esa o’quvchilarni yangi ma’lumotlarni umuman
darsni yaxshi va to’la o’zlashtirishga imkon beradi.
Geografiya predmetining ayrim kurslarini o’rganish tartibi quyidagidan
iborat:
- I-IV sinf – atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik;
- V sinf – tabiiy geografiya boshlang’ich kursi;
Dostları ilə paylaş: