22
vazifadir. Negaki fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga
bog’liqdir” deb ta’kidlaydi. A.Avloniy ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini
tushunardi. Shuning uchun yoshlarni ilm sirlarini bilishga, ayniqsa tabiiy fanlarni
bilishga chaqiradi. Chunki bu fanlar tabiatda bo’lgan xodisalarni mohiyatini
yechishga imkon beradi. Yoshlarni kitob mutoala qilishga chaqiradi. Uning
fikricha, ilm agar jamiyat manfatiga xizmat qilmasa, halq farovonligi yo’lida
qo’llanmasa, u o’likdir. A.Avloniy o’z ilmini amalda qo’llay oladigan kishilarga
yuksak baho beradi, ularni
dono insonlar
, deb biladi.
Abdurauf Fitrat XX-asr boshlarida Vatan mustaqilligi va millat farovonligi
uchun kurashgan jadidchilik harakati namoyondalaridan biri, u yirik olim, davlat
va siyosat arbobi, mohir pedagog va buyuk ma’rifatparvardir. Fitrat o’zbek
olimlari ichida birinchi bo’lib, o’sha davrda professor unvoniga ega bo’lgan
olimdir. Fitrat o’z asarlarida ta’lim tarbiya va uning maqsadlari maktab-maorif
ishlari, bilim berish usullarini va vositalari haqida, ma’rifatli insonlarni tarbiyalash
yo’llari haqida to’xtalgan. Fitrat yoshlarni chet tillarni o’rganishga da’vat etgan. U
mamlakatni rivojlanishi uchun chet ellar fani, madaniyatidan xabardor bo’lishi
lozim deb bilardi. U halq maorifi noziri bo’lgan davrda talabalarni Germaniya,
Turkiyaga u yerdagi ilg’or Yevropa ilm-fan, tabobat, texnika sirlarini o’rganish
uchun yuborish tashkilotchilaridan biri bo’ldi. Fitrat insonning kamolotga yetishish
uchun badan tarbiya muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib, insonning butun
a’zosi salomat va quvvatga ega bo’lmasa, unday inson uzoq yashamasligini qayd
qiladi.
Jadidlarning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari va harakatlari natijasida O’rta
Osiyoda jumladan O’zbekistonda dunyoviy ilmlar tabiat fanlari, fan texnikaga,
tabobatga oid ilmlarni rivojlanishiga turtki bo’ldi. Jadidlarning ta’lim-tarbiya
to’g’risidagi qarashlari shu bilan harakterliki, ular ajdodlarimizning bu boradagi
qimmatli fikrlari ilg’or, zamonaviy qarashlar bilan uyg’unlashtirdilar. Shu bois
ularning pedagogik qarashlari ijtimoiy
Dostları ilə paylaş: