12
kasb–hunar kollejlari va litseylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish
sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o’quv-laboratoriya bazasini eng
zamonaviy o’quv va laboratoriya uskunalari,
kompyuter texnikasi bilan
mustaxkamlash vazifalari qo’yilgan.
Ta’limning
kasbiy
yo’naltirilganligi
qaralayotgan
fanning
o’qitish
mazmunining o’quv maskanining asosiy maqsadlariga yo’naltirilganligi bilan
belgilanadi. Ta’limni kasbga yo’naltirilganligi pedagogik dasturiy vositalardan
o’ziga xos ravishda shunday foydalanishdan iboratki, bunda bir tomonda
o’quvchilarning dasturda ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarini
egallashlariga imkon yaratilsa,
ikkinchi tomondan, tegishli kasbga munosabatni,
bo’lg’usi ishchi shaxsning kasbiy sifatlarini shakllantiradi.
«
Kadrlar tayorlash milliy dasturi»dagi talablarni o’zida aks ettiruvchi
ta’limning shakli va metodlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish
oldimizda turgan vazifalarni hal qilishning asosiy yo’llaridan biridir. Bu vazifalar
qatoriga, shubhasiz, o’quv dargohining yo’nalishiga qarab, umumta’lim fanlarini
turli fan asoslari bilan aloqadorlik,
fanlararo aloqadorlik, izchillik, kasbiy
yo’naltirilganlik
sharoitlarida olib borish ham kiradi.
Informatsion ta’limning kasbga yo’naltirilishi va uning o’quvchilar kasbiy
tayyorgarlik darajasiga ta’sir ettirilishi kasb–hunar kollejlarida informatika va
axborot texnologiyalari o’qitilishining takomillashtirish yo’llaridan biridir.
Ta’limni kasbiy yo’naltirilganligini amalga oshirish uchun esa metodik talab va
shartlarni ochib berish kerak.
Kasbiy yo’naltirishdagi aosiy talab umumta’lim va kasbiy tayyorgarlik o’rtasida
aloqadorlik o’rnatishdan iborat. Bunda ta’lim mazmunini amaliyot bilan bo g’lash
eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Umumta’lim fanlari kasbiy mazmunining
kuchaytirilishi hamda o’qitishning mazmuni, shakl va vositalariga umumiy va
kasbiy ta’lim orasidagi aloqalarning kiritilishi kasbga yo’naltirilgan ta’limni
amalga oshirishning asosiy metodik shartidir.
O’quv materialining har bir mavzusiga reja tuzishda
shu mavzuga tegishli
ishlab chiqarish ta’limi materialining hajmi va mazmuni qatiy aniqlanishi, ishlab
13
chiqarish ta’limi bilan informatikani o’qitish orasidagi aloqalarning shakllarini
ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Informatika va axborot texnologiyalari
o’qitishni kasbga yo’naltirishning eng samarali shakllari nazariya va amaliyotni
birgalikda olib borgan holda kasbga yo’naltirish.
Nazariya bilan amaliyotning aloqadorligini amalga oshirish o’quvchilarda
tasavvur, kuzatuvchanlik, mantiqiy tafakkur kabi psixologik komponentlarni
rivojlantirishga sabab bo’ladi. Bu komponentlar esa umumta’lim fanlarida
rivojlantiriladi. Yangi sharoitlarda bilimlarni tatbiq qila olish o’quvchilarning aqliy
rivojlanishining eng muhim ko’rsatkichlaridan biridir.
Bunda fanning abstrakt
sxema sifatida emas, balki birinchi navbatda faoliyat quroli sifatidagi roli zarur.
Kasbga yo’naltirish imkoniyatlarini aniqlash uchun informatika va axborot
texnologiyalari fani va kasbiy fanlar bo’yicha o’quv reja va dasturlar, darslik va
o’quv qo’llanmalari qiyosiy tahlil etiladi. Tegishli kasb uchun bo’lajak ishchining
kasbiy xislatlari o’rganiladi. O’quv materialining har bir mavzusiga tayyorgarlik
ko’rishda shu mavzuga tegishli ishlab chiqarish ta’limi materialniing hajmi va
mazmuni qatiy aniqlanishi, ishlab chiqarish ta’limi bilan “informatika va axborot
texnologiyalari” fanini o’qitish orasidagi aloqalarning
shakllarini ishlab chiqish
maqsadga muvofiq.
Kasb-hunar kollejlari o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, layoqatlarini,
bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish, ularning tanlagan yo’nalishlari bo’yicha bir
yoki bir necha zamonaviy kasb egallash imkonini beradi. Mutaxassisliklar
talablaridan
kelib
chiqadigan
ta’limning
maqsad
va
vazifalarining
murakkablashuvi kasb-hunar kollejlari talabalarining informatsion tayyorgarligini
kasbga yo’naltirishning shakl va metodlarini ta’limning turdosh, kasbiy fanlar
bilan o’zaro aloqadorligini va izchilligini kuchaytirgan holda takomillashtirish
zaruriyatini tug’diradi.
Dostları ilə paylaş: