10
I BOB. KASB-HUNAR KOLLEJI O’QUVCHILARINING
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDA
KASBGA YO’NALTIRISHNI NAZARIY ASOSLARI
O’quvchilarga bilim berishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati
to’g’risida so’z borganda Prezidentimiz I.A.Karimovning “O’quv jarayoniga yangi
axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish,
bolalarimizni komil
insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko’rsatadigan o’qituvchi va domlalarga
e’tiborimizni
yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim-tarbiya
tizimini sifat
jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish diqqatimiz markazida bo’lishi
darkor”
7
degan so’zlarini ta’kidlash o’rinlidir. Bu masala “Barkamol avlod yili”
Davlat dasturida ham asosiy yo’nalishlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Ayniqsa
dars jarayonida ilg’or pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli
foydalanish bilan na faqat ta’lim
samaradorligi ortadi, balki o’quvchilarda
innovasion ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalash, amalga oshirish ko’nikmalari
shakllantirib boriladi.
Mazkur bobda keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri o’zida o’quv
mashg’ulotini o’tkazish shart-sharoiti to’g’risida axborot materiallarini, pedagogik
maqsad, vazifa va ko’zlangan
natijalarni, o’quv mashg’ulotining rejasi,
o’qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, o’quv
mashg’ulotlarining texnologik kartasini, ya’ni o’qituvchi va o’quvchining mazkur
o’quv mashg’ulotida erishadigan maqsadi bo’yicha
hamkorlikdagi faoliyatining
bosqichma-bosqich ta’rifini ham o’z ichiga olgan.
7
O’zbеkiston Konstitutsiyasi – biz uchun dеmokratik taraqqiyot yo’lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam
poydеvordir. – Prеzidеnt Islom Karimovning O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganing 17
yilligiga
bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi // Хalq so’zi, 2009 yil 6 dеkabr.