O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/21
tarix31.12.2021
ölçüsü0,62 Mb.
#49923
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
alisher navoiy ijodiy merosida insonparvarlik goyalarining aks etishi va ularning yosh avlod manaviy kamolotidagi orni (1)

3

 Qarang: Bertels Ye.E. Navai i Djami. M., 1965 s.161 

 



15 

 

 



Navoiy ijodiyoti bo„yicha amalga oshirilgan turli aspektdagi (shoirning falsafiy, ijtimoiy, 

axloqiy va badiiy-estetik qarashlariga daxldor) muhim tadqiqotlarda “Xamsa” diqqat markazida 

turganligi  o„rinli,  albatta.  Lekin  mavjud  ishlarning  aksariyatida  sotsiologik  tahlil  yetakchilik 

qiladi.  “Xamsa”  dostonlarining  uslubi  va  umuman,  uning  poetikasi  masalalari  konkret  tadqiq 

etish navoiyshunoslik oldida turgan eng aktual vazifa deb aytish mumkin.   

 

Uslub faqat  metod  va  oqimlar bilangina  emas, balki  asarda ifodalangan  g„oyaviy-badiiy 



kontseptsiya bilan ham aloqador. Binobarin, “Xamsa” uslubining muhim qirralarini ochish  asar 

poetikasining  asosiy    nuqtalarini  shoirning  olam  va  odam  haqidagi  badiiy  kontseptsiyasi  bilan 

uzviy aloqada tadqiq etishni taqozo etadi.  

 

Syujet  poetikasining  ayrim  jihatlari  “Xamsa”  dostonlarini  qiyosiy  o„rganish  jarayonida 



ma‟lum darajada tadqiq etilgan. Lekin bu boradagi tadqiqotlar aspektini yanada kengaytirish va 

chuqurlashtirish  lozim.  Bizningcha,  “Xamsa”  syujetlarining  genezisi,  “Xamsa”  va  folklor, 

konflikt  va  syujet,  kompozitsiya  masalalari  yanada  chuqurroq  (oxirgisi  deyarli  o„rganilmagan) 

tadqiq etilishi lozim bo„lgan problemalardir. 

 

To„g„ri,  dostonlarning  syujetlari  ma‟lum  darajada  qiyosiy  tahlil  qilingan.  Shuningdek, 



dostonlarning  folklor  bilan  aloqasi  masalasi  ham  maxsus  tadqiqot  obhekti  bo„lgan.  Lekin, 

birinchidan, qiyos uchun asosan, Nizomiy va Xusrav Dehlaviy “Xamsa” lari (ayrimlarida Xusrav 

Dehlaviy asari bilan yuzaki) ob‟ekt qilib olingan. 

 

Vaholanki,  Navoiy  o„zi  «Muhokamatul-lug„atayn”  asarida  har  bir  dostonni  yozishda 



qaysi  muallif  asaridan  ko„proq  ilhomlanganligini  maxsus  ta‟kidlab  o„tgan  (Nizomiy,  Dehlaviy, 

Hoju Kirmoniy, Ashraf va Jomiy). Shuning uchun ham, qiyos uchun faqat Nizomiy va Dehlaviy 

asarini  obhekt  qilib  olish  yetarli  deb  bo„lmaydi.  “Layli  va  Majnun”ni  –  Xoju  Kirmoniy 

“Gavharnoma”si  bilan,  «Sabbaiy  sayyor”ni  –  Ashraf  “Haft  paykar”i  bilan  (topilsa,  albatta), 

“Saddi  Iskandariy”ni  esa  Jomiy  «Xiradnoma”si  bilan  qiyosan  o„rganish  lozim.  Chunki 

syujetning  qay  darajada  originalligi,  konflikt  va  kompozitsiyaning  o„ziga  xosligi  u  bevosita 

aloqador bo„lgan manba bilan qiyos qilingandagina yorqin ko„rinadi. 

 

Ikkinchidan,  qiyos  faqat  syujet  chizig„idagi  umumiy  va  xususiy  momentlarni 



aniqlashdangina    iborat  bo„lib  qolmasligi  kerak.  Har  bir  detalg‟  avtorning  g„oyaviy-estetik 

kontseptsiyasi nuqtai nazaridan konkret izohlanishi lozim.  

 

Uchinchidan,  usluban  folklor  namunalariga  o„xshash  hikoyat  va  rivoyatlar  masalasida 



ham  bir  qator  jiddiy  muammolarni  hal  etishga  to„g„ri  keladi:  a)  Navoiygacha  bo„lgan  yozma 

adabiyotda  keng  qo„llanilgan,  (demak,  yozma  adabiyot  mulkiga  aylangan  va  Navoiy  shubhasiz 

xabardor  bo„lgan),  lekin  “Xamsa”  da  ham  uchraydigan  folklor  namunalarini  qanday  baholash 

lozim?  Bunday  paytda,  bizningcha  masalani  bevosita  “Shoir  va  folklor”  tarzida  emas,  balki 

“Traditsiya va individualg‟ uslub” sifatida qo„yish to„g„riroq bo„ladi; 



16 

 

b)    folklor  uslubidagi  har  qanday  hikoyat  yoki  rivoyatga  traditsion  yoki  folklor  mulki 



sifatida  qarash  to„g„ri  bo„lmaydi.  Ye.E.  Bertels  “Lisonut-tayr”  asaridagi  hikoyalar  munosabati 

bilan to„g„ri ta‟kidlab o„tganidek, ko„pgina epizodlarning (ya‟ni hikoyat, rivoyat) paydo bo„lishi 

Navoiyning  boy  hayotiy  tajribasi  bilan  bevosita  aloqador

1

.  Shoir  faqat  folklor  uslubidan 



foydalangan.  Masalan,  “Sabhai  sayyor”dagi  bir  qator  hikoyatlar,  shuningdek,  boshqa 

dostonlardagi bahzi tamsillarni ham Navoiy badiiy fantaziyasining mahsuli deyish mumkin. 

Xullas, bir tomondan, Navoiy hikoyatlari geneziyasini ham o„rganish, ikkinchi tomondan 

hikoyatlarning  har  birini  asosiy  g„oyaviy-badiiy  fondan  ajratib  olmasdan,  o„zi  mansub  bo„lgan 

kontekst bilan uzviy aloqada tadqiq etish “Xamsa” poetikacining muhim jihatlaridan hisoblanadi. 

“Xamsa”  syujetlari  keskin  konfliktlar  asosida  qurilgan  bo„lib,  izchil  dramatizm  va 

dramatik  situatsiyalar  voqealarning  shiddati  va  mantiqiy  rivojini  tahminlaydi.  Olam  va  odam 

haqidagi yuksak ideal va real voqelik – ani shu ikki qarama-qarshi qutbning o„zaro munosabati – 

keskin ziddiyati asar konfliktining asosini tashkil etadi. 

Bu   konflikt turli aspektda namoyon bo„ladi: hukmdor va xalq, ijobiy va salbiy tiplar va 

xususan,  inson  vujudidagi  ichki  ziddiyat  –  ijobiy  va  salbiy  xususiyatlarning  o„zaro  munosabati 

konfliktning  muhim jihatlari  hisoblanadi. 

Navoiy  olam  va  odam  muammosini  alohida-alohida  emas,  balki  uzviy  bog„liq  holda 

oladi.  Ular  o„rtasida  ko„p  jihatdan  mushtaraklik  topadi  va  odamni  olamning  kichik  modeli 

sifatida talqin qiladi. Shuning uchun ham, olam va odamni o„zgartish problemasini doimo birga 

qo„yadi. (“Gar budur olam, kishiga mumkin ermas anda kom” misrali  g„azalini eslang)  va uni 

butun qirralari bilan chuqur  tahlil etadi.  

           Shu  jihatdan  olganda,  inson  kontseptsiyasi  “Xamsa”  poetikasining  barcha  tomonlarini 

uyushtirib  turuvchi  markaziy  problema  hisoblanadi.  Zotan,  u  yoki  bu  asarda  qo„yilgan  barcha 

problemalar inson va uning faoliyati vositasida hal etiladi.  

                               

                                Elni xor aylagan tamah bilgil, 

 

                      Doimo “azza man qan‟a” bilgil.



2

 

 



Asarning barcha badiiy komponentlari esa undagi badiiy kontseptsiyaning taqozosi bilan 

yuzaga keladi va unga xizmat qiladi. 

Binobarin,  inson  kontseptsiyasini  nazardan  soqit  qilgan  holda  “Xamsa”dagi  juda  ko„p 

problemalar  va  badiiy  obrazlarning  tub  mohiyati  poetik  usul  va  vositalarning  xarakteri  hamda 

funktsiyasini to„g„ri baholash mumkin emas. Lekin adabiyot tarixi, jumladan, Navoiy ijodida bu 

                       

1

 Bertels Ye.E. Navai i Djami. M., 1965 s. 184 



2

 Favoyidul-kibar, Toshkent, 1960, 747-bet. 




17 

 

masalani  tadqiq  etish  SHarq  adabiyoti  tarixi  bilan  bog„liq  bir  qator  spetsifik  xususiyatlarni 



e‟tiborda tutishni taqozo etadi. 

Sharq adabiyoti, jumladan, o„zbek adabiyoti turli tarixiy sharoitlarda mafkuraning boshqa 

ko„rinishlari bilan bog„liq holda faoliyat ko„rsatgan. Boshqacha qilib aytganda, adabiyot ma‟lum 

diniy,  falsafiy va ijtimoiy-axloqiy qarashlar ifodasi va targ„ibi uchun qulay vosita bo„lib xizmat 

qilgan. Shu jihatdan, u  yoki bu adib xususan, Navoiy singari mutafakkir  san‟atkorlarning inson 

kontseptsiyasini  ularning  falsafiy  va  ijtimoiy-  etik  kontseptsiyasidan  ajratilgan  holda  to„g„ri 

tushunish  mumkin  emas.  Masalan,  shu  yo„sinda  yondashish  faqat  badiiy  obrazlarning 

mohiyatinigina emas, balki poetik obrazlar tabiatini ham to„g„ri idrok etishga imkon beradi.  

Bizningcha,  Navoiy  inson  kontseptsiyasining  g„oyaviy  asoslari  sifatida  quyidagi 

masalalarga e‟tibor qilish lozim: 

1. 

Har bir ijodkorning inson mohiyati va mavqei haqidagi nuqtai nazari uning falsafiy 



pozitsiyasi  bilan  alaqador.  Navoiyning  falsafiy,  qarashlari  tahlil  etilgan,  lekin,  bizning 

nazarimizda, nozik bir nuqta e‟tibordan chetda qolayotganga o„xshaydi.  

Navoiyning panteizm pozitsiyasida turganligi juda to„g„ri va har doim ta‟kidlab o„tiladi. 

Lekin hamma gap shundaki, panteist bo„lgan holda, insonni (va umuman real borliqni) kamsitish 

ham,  uning  mavqeini  ko„tarish  ham  mumkin.  Hamma  gap  ijorkorning  aniq  pozitsiyasida:  shoir 

real  borliqning  (majoz)  inkor  etadimi  yoki  unga  haqiqat  (ilohiyot)ga  erishish  yo„lidagi  bir 

bosqich  yoki  ko„prik  sifatida  qarab  ulug„laydimi?  Shuning  uchun  ham,  masalaning  nozikligini 

sezgan Navoiy bir necha o„rinda o„z pozitsiyasiga aniq ishora qilgan.  

 

Majozdin chu haqikatg„a yo„l topar oshiq, 



 

Qilur majozni nafyi, ulki behaqiqatdurur.

1

 

 



Bu  yerda  majoz  (falsafiy  ma‟noda)  –  real  borliqni,  haqiqat  esa  “Ilohiyot”ni  anglatadi 

(lekin bahzi tadqiqotlarda ularning ma‟nosini aksincha izohlash hollari ham uchraydi). 

Falsafiy  so„z  va  iboralarning  mazmunini  tushunmaslik,  ijodkorning  falsafiy 

kontseptsiyasini  aniq  tasavvur  etmaslik  uning  inson  kontseptsiyasini  noto„g„ri  izohlashga  olib 

keladi.  Shuningdek,  Navoiydagi  ishqning  haqiqiy  mohiyatini  ham,  demak,  ishqiy  dostonlar 

poetikasiga dahldor qonuniyatlarni ham faqat uning falsafiy pozitsiyasi nuqtai nazaridan izohlash 

mumkin. 

2. 


Navoiyning insonga munosabati uning qaysi mazhab pozitsiyasiga yaqin turganligi 

bilan  ham  bevosita  aloqador.  Ya‟ni  u  “jabar”  (inson  o„z  faoliyatida  erkin  emas,  balki  azalda 

olloh  tomonidan  belgilab  qo„yilgan  programmani  beixtiyor  bajaruvchi,  bamisoli  robot) 

pozitsiyasini  yoqlaydimi  yoki  “qadar”  (inson  o„z  faoliyatida  erkin  va  mashul)  tarafidami? 

                       

1

 Favoyidul-kibar. Toshkent, 1960, 726-bet. 




18 

 

“Xamsa”dagi  ko„pgina  detallar  Navoiy  jabar  tarafdori  bilan  bilvosita  ya‟ni  ramz  va  ishora, 



mantiqiy  muhokama  yo„li  bilan  munozara  qilganligidan  dalolat  qiladi  (masalan,  «Farhod  va 

Shirin”ning  bosh  tomonidagi  3-  munojot-olloh  bilan  munozara  aslida  jabar  tarafdorlariga 

qaratilgan). 

3. 


Agar  Navoiyning  insonning  mohiyati  va  mavqei  haqidagi  nuqtai  nazari  uning 

falsafiy pozitsiyasi bilan bog„liq bo„lsa, uning ideal qahramonlari bevosita ijtimoiy-axloqiy (etik) 

kontseptsiyasi bilan aloqador.  

Navoiy  ijtimoiy-axloqiy  kontseptsiyasining  bahzi  muhim  jihatlari  esa  Yaqin  va  O„rta 

Sharqdagi  ilg„or  ijtimoiy,  axloqiy  ideologiyalar,  (ular  shahar  hunarmandlarining  tashkiloti 

sifatida yuzaga kelib, so„ngra ulardan ayrimlarining ideologiyasi katta xalq harakatlarining ham 

g„oyaviy  quroliga  aylangan)  ta‟sirida  shakllangan.  Ana  shulardan  eng  muhimlari  –  axiylik  va 

javonmardlik  (futuvvat).  Binobarin  axiylik  va  javonmardlik  ideologiyasini  bilmay  turib, 

“Xamsa”dagi ideal qahramonlarning mohiyatini yetarli baholash mumkin emas. Xarakterli misol 

sifatida «Sabhai sayyor»dagi Xo„ja Axiy obrazining mavjud talqinlarini ko„rsatish mumkin: 

«Hikoya  sevgi  va  sadoqatning  odamgarchilik  va  olijanoblikning  «g„alabasi  bilan 

tugaydi»


1

.  


«Shoir  poklik,  sevgida  vafodorlik  masalasini  shahzoda  Farrux  va  Axiy  sarguzashtlarini 

tasvirlovchi birinchi hikoyatda qo„yadi»

2



«Shunday qilib, bitta xayrli ish o„shanday olijanoblikni yuzaga keltirdi»



3

 



Shunday savol tug„ilishi tabiiy: birovning ko„nglini ko„tarish uchun o„z sevgan xotinidan 

voz  kechish  «sevgi  va  sadoqat»mi?  «Sevgida  vafodorlik  qaysi  obrazga  taalluqli?  Hikoyatdan 

maqsad faqat «xayrli ish yana bir xayrli ishni keltirib chiqardi» deyishmi?  

 

Ana  shunday  yuzaki  talqinlar  natijasida  Axiy  obrazi  ijtimoiy-axloqiy  mohiyatdan 



mahrum bo„lib, hikoyaning asosiy g„oyasi ochilmay qolgan.  

 

Vaholanki,  mazkur  obraz  muayyan  regionda  (asosiy  markazi  Kichik  Osiyo)  shahar 



mehnatkashlarining uyushgan tashkilotlari sifatida faoliyat ko„rsatgan ijtimoiy-axloqiy oqimning 

axloq kodeksini targ„ib etishga qaratalgan.  

 

Navoiy ijodida, xususan, uning ijobiy qahramonlari qiyofasida chuqur iz qoldagina ilg„or 



qarashlardan  yana  biri  –  shahar  hunarmandlarining  uyushgan  tashkiloti  tarzida  shakllanib, 

o„zining maxsus axloq kodeksiga ega bo„lgan javonmardlik ideologiyasidir. Bu ideologiyaning 

evolyutsiyasi  uzoq  va  murakkab  bo„lganidek,  uning  mohiyati  ham  turli  oqimlar  (axiylik 

malomatiya, so„fizmning bahzi tarmoqlari, musulmon etikasi) bilan bog„liq holda  yondashishni 

                       

1

 O‟zbek adabiyoti tarixi, 1-kitob. Toshkent, 1976, 486-bet 



2

 O‟zbek adabiyoti tarixi, II-kitob. Toshkent, 1977, 289-bet 




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin