2.2. «Saddi Iskandariy» dostonida yoshlar tarbiyasi masalasi.
Muhtaram Prezidentimiz o„zining «Barkamol avlod – O„zbekiston taraqqiyotining
poydevori» mavzusida so„zlagan nutqida mumtoz ta‟lim an‟analari (farzandga yaxshi nom
qo„yish, uni yaxshi muallim qo„liga topshirish, savodini chiqarish, ilmli, kasb-hunarli, uy-joyli
qilish kabilar)ni qaytadan mustahkam qaror toptirish va rivojlantirish uchun istiqlol juda qulay
muhit yuzaga keltirganini, binobarin, tarbiya sohasi islohoti bugungi eng dolzarb, ertangi
taqdirimizni belgilaydigan hal qiluvchi muammoga aylanayotganini, uni paysalga solmaslik
lozimligini alohida ta‟kidlaydi. Mavzuga doir fikrlarini davom ettirib Yurtboshimiz shunday
yozadi: «Milliy tiklanish mafkurasiga va umumbashariy qadriyatlarni o„rganishga asoslanishi
lozim bo„lgan ta‟lim-tarbiya, uning yangicha mazmuni to„g„risida besh yildan beri gapiramiz.
Biroq ko„pgina o„quv yurtlarida, ayniqsa, ijtimoiy, jamiyatshunoslikka oid fanlar bo„yicha
hamon eski o„quv qo„llanmalaridan foydalanib kelinmoqda. Bunday ahvolni mustaqil
mamlakatimiz bolalariga, yosh avlodga qarshi jinoyat deb baholash kerak»
2
.
To„g„ri, kuyinchaklik va otalarcha g„amxo„rlik ruhi bilan yo„g„rilgan aytgan bu
so„zlardan keyin o„quv dasturlari va darsliklar yaratildi. Ammo hozirgacha, ta‟lim tizimlarida
nimani qachon va qanday o„qitish kerakligi asoslab berilmagani ham ayni haqiqatdir. Bu haqda
Prezidentimiz shunday degan edi: «…barcha amaldagi o„zgarishlar va tadbirlar asosan yuzaki
bo„lib, ta‟lim-tarbiya va o„quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy
1
Xamsa. Toshkent, 1960, 60-bet.
2
Barkamol avlod orzusi. T.: “O‟zbekiston” 1999, 9-b.
21
bog„lash, ya‟ni uzluksiz ta‟lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini yechib bergan
emas»
1
.
Aytilganlardan fanlar bo„yicha ta‟lim mazmunini yangilash, bolalarga qachon, nimani va
qanday o„qitish masalasini hal qilish, buning uchun o„quv rejalarini tubdan isloh etish, darsliklar
chuqur singib ketgan akademizmni amaliy ko„nikmalar sari yo„naltirish maqsadga muvofiq.
Buning jahonda sinalgan usuli esa, bizningcha, til va adabiyot fanlarini qo„shib o„qitish (8-9-
sinflardan boshlab), ya‟ni tahliliy o„qishdir.
Prezidentimizning ta‟lim-tarbiyaga doir barcha mahruza va chiqishlarida tarbiyaning ong
mahsuli, ayni paytda ong darajasi va rivojini belgilaydigan omil ekanligi, binobarin, ta‟lim-
tarbiya tizimini o„zgartirmasdan turib ongni o„zgartirib bo„lmasligi, ongni, tafakkurni
o„zgartirmasdan turib esa ko„zlangan oliy maqsad – ozod va obod jamiyat barpo etish imkoni
yo„qligi yuksak salohiyat bilan jaranglab turadi. Bunga uning quyidagi so„zlaridan ham qanoat
hosil qilish mumkin: «Men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo
najot – yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir» degan fikrini ko„p mushohada qilaman.
Buyuk ma‟rifatparvarning bu so„zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar
muhim va dolzarb bo„lgan bo„lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham
ko„ra muhim va dolzarbdir»
2
.
Ta‟lim, tarbiya, ilm tushunchalari shu darajada qorishib ketganki, ularning birini
ikkinchisiz tasavvur qilish qiyin. Shunga qaramasdan, tabiat va jamiyat hodisalarida bo„lgani
kabi ular orasida ham pog„onali(ierarxim) munosabat mavjud. Binobarin, ularni ham muayyan
tartibda joylashtirish mumkin: tarbiya → ta‟lim→ilm.
Zero, ona yurtga cheksiz muhabbat va sadoqat, ruh va tan quvvatidan bahra olib yashash
maqsadida tarbiyalangan barkamol avlodgina muqaddas zaminimizni gullab-yashnatishga, uni
yot ta‟sir va kuchlardan asrashga qodirdir. Benazir inson, ma‟naviyat va ma‟rifatning buyuk
targ„ibotchisi hazrat Alisher Navoiy butun hayoti va ijodini komil inson tarbiyasiga, millat
taraqqiyotiga bag„ishladi, minnatdor avlodlarning yuksak e‟tirofi va chuqur ehtiromiga sazavor
bo„ldi. .
Buni biz Yurtboshimizning daho shoirga bergan tahrifida ham, uning quyidagi so„zlarida
ham ko„rishimiz mumkin: «Navoiy kunda kerak, har birimizga kerak, uning har bir asari, har bir
g„azali, har bir so„zini El manfaatiga yetkazaylik». Bu so„zlar ulug„ shoirni ommaviy tarzda
o„qish va o„rganishga mangu dahvatdir. O„rni kelganda, shu dahvatga munosib javob sifatida
«Alisher Navoiy hayoti va ijodi»ni alohida fan sifatida barcha fakulg‟tetlarda o„qitayotgan
1
Barkamol avlod orzusi. T.: “O‟zbekiston” 1999, 12-b.
2
Barkamol avlod orzusi. T.: “O‟zbekiston”- 1999. 16-b
22
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat universiteti rektoratiga, professor-o„qituvchilari va
talabalariga o„z minnatdorchiligimizni izhor etamizmiz. Chunki Alisher Navoiyning isonafas
so„zini omma manfaatiga yetkazishning samarali usullaridan biri – barcha oliy o„quv yurtlarida
shunday fanni o„qitishni yo„lga qo„yishdir. «Navoiyni keng xalq ommasi bilan tanishtirishda
«Saddi Iskandariy» tili va uslubini o„rganish juda ko„p narsa beradi. Bunday tahlil uning ijodini
o„rganishga o„ziga xos kirish vazifasini o„taydi».
Alisher Navoiy insoniyatni butunlikka chorlab yashadi, umrini el-yurt ravnaqi, millat
manfaatiga, tilimizning betakror ifoda salohiyatiga ega ekanligini amalda isbotlab berishga
bag„ishladi. Buning misli ko„rilmagan namunasi daho shoir qalamiga mansub «Saddi
Iskandariy» dostonidir.
Mazkur dostonni Hisrav Dehlaviy, Nizomiy Ganjaviy va Abdurahmon Jomiy dostonlari
bilan qiyoslab o„rgangan Ye.E.Bertels Alisher Navoiy Iskandarining darvesh ham, zohid ham
emasligini, balki mehribon, kuyunchak, rahmdil, ezgulikka intiluvchan, shu maqsadga eltuvchi
ilmni yuksak qadrlaydigan, har qanday zo„ravonlik va zolimlikning murosasiz dushmani
ekanligini alohida ta‟kidlaydi. Olimning fikricha, Alisher Navoiyni keng xalq ommasi bilan
tanishtirishda «Saddi Iskandariy» tili va uslubini o„rganish juda ko„p narsa beradi, yosh avlod
tarbiyasi bilan bog„liq dolzarb vazifalarni hal qilishga qo„l keladi. «…aynan shu doston o„zining
qator xususiyatlari tufayli Navoiy ijodi bilan ilk marta tanishayotgan o„quvchilar uchun,
ayniqsa, foydali. Agar hozir qo„limizda dostonning jiddiy sharhlangan asl nusxasi bo„lganda,
men ulug„ o„zbek shoirini o„rganishni aynan shu asardan boshlashni tavsiya qilgan bo„lardim.
Uning zamirida shoirning qolgan barcha asarlari mutlaqo boshqa nur bilan yongan, ularning
sahifalari bo„ylab sochilgan, ammo tarixiy negizdan yulqib olinganda hamisha ham idrok
etilavermaydigan qimmatbaho toshlar yangi shukuh bilan namoyon bo„lgan bo„lardi».
Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonida foniy dunyodan voz kechish, uning
besamar va bevafo ekanligini fosh qilish g„oyasi yo„q. U mutlaqo hayotiy, quvnoq ruhda
yozilgan bebaho asardir. Bunga ishonch hosil qilish uchun, Ye.E.Bertels g„oyat o„rinli
ta‟kidlaganidek, uning ohangiga, musiqiy sadosiga quloq tutish kerak. Nizomiy Ganjaviy
motamsaro tasvirlagan Iskandar vafoti bu yerda kishini ezadigan darajada tasavvur uyg„otmaydi.
Chunki o„lim kuz yaprog„ining to„kilishi kabi tabiiydir.
Xullas, ildizi iymonga tutash tarbiya masalasi mumtoz adabiyotimizda juda oydin yoritib
berilgan. Gap faqat uni o„qishda, targ„ib va tashviq qilishdadir. Ta‟lim-tarbiya tizimida gap bu
haqda borganida asarning quyidagi g‟oyalariga keng e‟tibor qaratish zarur. Avvalombor,
mamlakat ozodligi va uning tinchligi masalasi. Vatanni tashqi dushmanlardan himoya qilishdagi
jonbozlik namunalaridan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbilashda keng foydalanish lozim.
Ikkinchidan, mamlakatda islohotlarni amalga oshirishda hamkorlik masalalariga to‟xtalib o‟tish
23
zarur. Negaki vatanimizda boshlangan keng qamrovli islohotlarning yechimi mamlakatimizda
yashayotgan barcha millat vakillarining hamkorligiga, boshlangan ezgu ishlarning faol
ishtirokchilariga bo‟lishlariga bolg‟liq. Uchinchidan, asardagi asosiy g‟oyalardan biri fuqarolarni
mavjud tizimga hurmat ruhida tarbiyalash masalasi hisoblanadi. Ayniqsa ayrim kuchlar
tomonidan bugungi kunda vatansizlik g‟oyasi targ‟ib qilinayotgan bir paytda yoshlarda
vatanparvarlik, insonparvarlik g‟oyalarini tarbiyalash muhim ahmiyat kasb etadi.
O„rni kelganda shu narsani alohida urg„ulash joizki, oliy o„quv yurtlari tegishli
fakulg‟tetlarida hozirgidek nuqul g„arb adabiyotini emas, balki sharq va, eng avvalo, o„zbek
mumtoz adabiyotini chuqur o„rganmog„imiz lozim.
Dostları ilə paylaş: |