3. Faoliyatning turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar. Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan
chambarchas bog’liq bo’lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi.
Shaxs aynan turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o’zligini namoyon qiladi
ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo’lmay, u ongli
ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Inson faolligini mo’jassamlashtiruvchi
harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya’ni, faoliyat — inson ongi va
tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib
chiqadigan, hamda tashqi olamni va o’z-o’zini o’zgartirish va
takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir. Bu — yosh bolaning
real predmetlar mohiyatini o’z tasavvurlari doirasida bilishga qaratilgan o’yin
faoliyati, bu — moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan mehnat faoliyati, bu —
yangi kashfiyotlar ochishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati, bu —
rekordlarni ko’paytirishga qaratilgan sportchining mahorati va shunga o’xshash.
Shunisi xarakterliki, inson har daqiqada qandaydir faoliyat turi bilan mashg’ul
bo’lib turadi.
Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha
ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Qilinayotgan har bir harakat ma’lum narsaga
— predmetga qaratilgani uchun ham, faoliyat predmetli harakatlar majmui
sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli harakatlar tashqi olamdagi predmetlar
xususiyatlari va sifatini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi. Masalan, ma’ro’zani
konspekt qilayotgan talabaning predmetli harakati yozuvga qaratilgan bo’lib, u
avvalo o’sha daftardagi yozuvlar soni va sifatida o’zgarishlar qilish orqali,
bilimlar zahirasini boyitayotgan bo’ladi. Faoliyatning va uni tashkil etuvchi
predmetli harakatlarning aynan nimalarga yo’naltirilganiga qarab, avvalo tashqi
va ichki faoliyat farqlanadi. Tashqi faoliyat shaxsni o’rab turgan tashqi muhit
va undagi narsa va hodisalarni o’zgartirishga qaratilgan faoliyat bo’lsa, ichki