30
Psixofiziologik ehtiyojlar. Unga tashnalik, ochlik, dam olish, uy-joy,
jinsiy aloqaga bo’lgan ehtiyojlar kiradi;
xavfsizlik va kelajakka ishonch ehtiyojlari – bu ehtiyojlar ma’lum bir
guruhga xos bo’lib, unda insonlarning bir-birini tushunishi,
sevgi
munosabatlari, o’zaro ijtimoiy munosabatlarga kirishimliligi, bog’liqligi,
qo’llab-quvvatlashi kabilar kiradi. A. Maslou bu ehtiyojlarni o’sish ehtiyojlari
sirasiga kiritadi;
ijtimoiy mansublik ehtiyojlari – jamiyatda kerakligi va o’z o’rni bor
ekanligini his qilish ehtiyoji. Rasmiy va norasmiy jamoalar, do’stlik rishtalari
bunga yaqqol misol bo’ladi;
Obro’, hurmat qozonish, o’zini ahamiyatli his etish ehtiyojlari – bunga
o’zini o’zi hurmat qilish va tan olish ehtiyojlari kirib, bu ham o’sish ehtiyojiga
taalluqlidir;
o’zini namoyon etish, o’zidan iz qoldirish ehtiyojlari (yuksalish) – bu
eng yuqori ehtiyoj pog’onasidir. Unda ahamiyatga molik, qadrlanadigan shart-
sharoitlarda va rivolanishida insonning shaxs sifatida takomillashuvi nazarga
olinadi. A. Maslouning ta’kidlashicha, insonning orzu va ehtiyojlari cheksizdir.
Har bir inson bir marraga kelgandan so’ng darhol ikkinchi bir marrani
mo’ljallay boshlaydi. “Maqsad – intilish – yetishish” jarayonini qayta-qaytadan
takrorlanaveradi.
Hamma yuqori ehtiyoj ko’rsatgichlari qat’iy iyerarxik to’zilishlar
orqali
amalga oshadi. A. Maslouning
fikricha, ehtiyojning yuqori pog’onasi,
qachonki ehtiyojning pastki pog’onasi (“fiziologik, xavfsizlik va himoya”)
qondirilgandagina yuzaga chiqadi.
Uning nazariyasi tashkilotlar boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etdi.
Menejerlar ishchilar nima uchun ishlashni xohlashadi-yu, nega xohlashmaydi,
degan narsani asta-sekinlik bilan tushunishadi. Ularga shu narsa ma’lum
bo’ldiki, shaxsning ehtiyoj turlariga qarab motivasiyasi keng ko’lamda
aniqlanadi. O’z qo’l ostidagilarni to’g’ri yo’naltira olishi, ularning
muammolarini, ehtiyojlarini amalga oshirish yo’li bilan hal qilish mumkin. A.
A. Maslou motivasiya nazariyasining klassik namoyandalaridan biri bo’lib
qoldi.
Muallifning fikricha, mazkur jarayonni, badiiy asar yaratish, sport
bo’yicha muvaffaqiyatlarga erishish, hatto, ota-onalik
burchining yaxshi ado
etilishi misollarida ko’rish mumkin. O’zini o’zi ro’yobga chiqarilgach, shu
jihat bilan bog’liq bo’lgan hayotiy kechinmalar oddiy holdek bo’lib tuyuladi.
V. M. Karimova, B. T. Abdug’afforov, F. A. Akramovalarning fikricha,
motivasiyalashgan tizim birligi – bu turtkidir. To’zilish jihatidan turtkilar ikki
xil farqlanadi: “xohish-istakli” va “haqiqiy”. Har bir inson hayoti davomida
turli vaziyatlarga tushadi. Ularning xulqida turli xil motivlar namoyon bo’ladi.
Ko’pgina motivlar mehnat mobaynida shakllanadi. Odatda odamlarda mehnat
qilish istagi foyda olish yoki foyda
tushishi uchun xizmat qiladi, ya’ni shu
orqali boshqalarga yordam beradi.
31
Motivlar anglangan yoki anglanmagan (qisman anglangan) bo’lishi
mumkin. Birinchisida, ijtimoiy xulqning sabablari aniq, egasi uchun ravshan
bo’lsa, ikkinchi holatda, amalga oshirilgan xulqning
ichki psixologik sababi,
ya’ni uning ortida turgan ehtiyoj, faollik mexanizmlari jarayonining o’zi
anglanmaydi. Anglangan motivlar ijtimoiy xulqni o’rganishda katta ahamiyatga
ega, chunki biz ko’pincha odamlar orasida, jamoat yerlarida, mehnat
jamoasida o’zimizning nima sababdan aynan
shu mavqyeni tanlaganimizni,
aynan shunday qarorlarga kelganimizni, aynan shu odamlarni yoqtirayotgan
yoki yoqtirmayotganimizni aniq bila olmaymiz. Bu holat ko’pincha ijtimoiy
ustanovkalar orqali tushuntiriladi. Ijtimoiy ustanovka – u yoki bu guruhlarga
nisbatan shaxsning baholari, harakat qilishga hozirligi va idrok usullaridir.
Umuman tadbirkorning ijtimoiy xulq motivlari haqida gap ketganda,
uning
ikki elementini: harakat dasturi va maqsadni ajratish maqsadga muvofiq
sanaladi. Harakat dasturi maqsadga erishishning vositalariga aniqlik kiritadi.
Buning
uchun
ijtimoiy
xulqning
motivlari
aniqlangan,
ehtiyojlar
muvofiqlashtirilgan, maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo’lishi kerak.
Shundagina tadbirkor ijtimoiy xulqi jamiyat me’yorlariga mos bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: