Abu Ali ibn Sinoning psixologik falsafiy qarashlari. Abu
Ali ibn
Sinoning (980-1037) psixologik falsafiy qarashlari, ilmlar tasnifi, ta’rifi va
tarkibi haqidagi fikrlari uning «Tib qonunlari» asarida inson fiziologiyasi va
psixologiyasi asosida talqin etiladi. Ibn Sino sezgini tashqi va ichki sezgilarga
ajratadi. Tashqi sezgi insonni tashqi olam bilan bog’laydi, ular 5 ta: ko’rish,
eshitish, ta’m - maza bilish, hid va teri sezgisi. Bular insonning ma’lum
organlari - teri, ko’z, og’iz, burun va quloq bilan uzviy bog’liq.
Ichki sezgilar - bu umumiy,
chunonchi, tahlil etuvchi, ifodalovchi, eslab
qoluvchi (xotira), tasavvur etuvchi sezgilardir. Ibn Sino miyani barcha
sezgilardan
boruvchi nervlar markazi, umuman inson nerv sistemasining
markazi ekanligi haqidagi ta’limotni olg’a surgan. Inson tana va jondan tashkil
topadi, miya insonni boshqarib turuvchi markazdir.
Ibn Sinoning ilmiy psixologik falsafiy fikrlari noyob oltin xazina bo’lib
hisoblanadi.
8
Abu Rayhon Beruniyning falsafiy va psixologik qarashlari. Abu Rayhon
Beruniyning (973-1043) fikricha inson hayvondan aql bilan farq qiladi. Lekin
insonning hayvondan tubdan farq qiladigan bu xususiyati qanday bo’lganligini
tushuntirganda xudoga murojaat qilib, insonni xudo azaldan shunday yaratgan
deydi.
Beruniyning ruhiy va moddiy ehtiyojlarning roli haqidagi fikri o’sha davr
uchun nihoyatda qimmatli fikr edi. U jamiyat yuzaga
kelishida kishilarning
moddiy ehtiyojlari rolini ko’ra oladi.
Beruniyning fikricha, aql, mehnat, erkin tanlash insonning hayotini va
ijtimoiy holatini belgilaydi. Inson o’z ehtiyojlarini mehnat tufayli qondiradi
deydi.
3. Psixologiya fanining tarmoqlari va boshqa fanlar bilan aloqasi.
Psixologiyaning tarmoqlari. Psixologiyaning alohida tarmoqlarini farqlash
avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan
sohalar va ularning
vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi
xaqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda.
Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiya
iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sosiologiya va boshqa ijtimoiy-
gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi.
Chunki hamma sohada inson
shaxsi faoliyat ko’rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib
borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini,
odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga ko’ra
ish olib borish muhimdir. Shuning uchun xozirgi davr mutaxassislari psixologik
bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir.
Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi
hozirgi
kunda
psixologiyaning
fanlar
tizimida
yanada
mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi: masalan,
umumiy psixologiya — psixik faoliyatning
umumiy qonuniyatlari va
ularning o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus sohasi;
pedagogik psixologiya — kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik
qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi;
yosh davrlari psixologiyasi — turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to
umrining oxirigacha
psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va
o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o’zgarishi
tamoyillarini o’rganadi;
ijtimoiy psixologiya — odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish
faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar,
hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o’rganadi;
yuridik psixologiya — huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq
masalalarning psixologik asoslarini o’rganadi;
mehnat psixologiyasi — kishi mehnat faoliyatining psixologik
xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini,
qonuniyatlarini o’rganadi;