Sharq mutafakkirlarining falsafiy va psixologik qarashlari Abu nasr Forobiyning psixologik qarashlari. Abu nasr Forobiy Yaqin va o’rta
Sharqda ilg’or ijtimoiy-falsafiy oqimning asoschilaridan biri bo’lib, «Sharq
Aristoteli» degan unvonga sazovor bo’lgan mashhur mutafakkir. Forobiy (873-
950) dunyoqarashining asosi, ya’ni dunyoning tuzilishi haqidagi fikrlar tashkil
etadi. Uning dunyoqarashidagi asosiy maqsadlardan biri ilmiy-falsafiy usulning
mustaqilligini nazariy jihatdan asoslab berishga, uning inson tafakkuriga, aqliy
bilimiga asoslanganligini isbotlashga intilishdir.
Forobiy bilishning ikki shakli, bosqichini - hissiy va hayoliy, aqliy
bilishni bir-biridan farqlaydi. U sezgi roliga to’xtalib, besh turga bo’ladi:
Forobiy sezgini bilishning manbai deb hisoblagan, uning qarashlari
Aristotelning «sezmagan odam Hech narsani bilmaydi ham, tushunmaydi ham»
degan qarashlariga o’xshab ketadi.
Forobiy inson (ruh) jonining bir tandan boshqasiga o’tib, ko’chib yurishi
mumkinligini inkor etadi va uni balki tan kabi individual «substasiyasining
birligi» sifatida tushunadi. Uning fikri izchil emas edi. Bunday ikkilanish
Aristotelga ham xos bo’lgan.
Forobiyning ruhiy jarayonlar, ularning bilish va mantiq tizimi haqidagi
ta’limoti o’rta asrlar falsafasining katta yutug’i edi.
Al Xorazmiyning psixologik qarashlari. Abu Abdulloh al Xorazmiyning
dunyoqarashining muhim tomoni, uning keng bilimi, ilmning ko’p jabhalari
masalalarini tushunishga obyektiv yondoshishga qaratilgan. Xususan. Uning
tib, odam anatomiyasi va fiziologiyasi sohasidagi bilimi hissiy sezgining
moddiy asoslarini qidirishga yordam beradi. «Shaxsiy ruh - u miyada bo’lib,
undan badan a’zolariga asab orqali tarqaladi» deydi. o’rta asr sharq
peripatetiklari uchun aql bilimning yana bir manbaidir. Ular aqlni ikki turga -
tug’ma va orttirilgan aqlga ajratishadi. Xorazmiy aqlni odam nafslarining
kuchlaridan biri deb hisoblab, yuqorida qayd etilgan uch turga bo’ladi.
Umuman olganda, Abu Abdulloh al Xorazmiyning psixologik falsafiy
qarashlari o’z davri ilmiy dunyoqarashining rivojiga katta hissa qo’shgan.