113
xarakterda ham namoyon bo’ladi. Xarakter – bu shaxsning faoliyat va muloqoti
jarayonida tarkib topadigan va namoyon bo’ladigan individual xususiyatlari
bo’lib, individ uchun u tipik xulq-atvor xislatlari bo’lib hisoblanadi.
Kishining shaxsi u nima qilayotgani bilan emas, balki uni qanday
bajarayotgani bilan xarakterlanadi.
Xarakter kishi shaxsining yo’nalishini
belgilaydigan ijtimoiy
munosabatlarga bog’liq bo’ladi. Masalan, kishining jamiyatdagi yuqori
mavqyei, amali unda takaburlik, kekkayganlik, riyokorlik, ta’magirlik,
munofiqlik kabi salbiy xislatlarni shakllanishiga olib kelishi mumkin. Aksincha,
oddiy mehnatkash kishida jamiyatdagi mavqyeiga qarab fidokorlik,
maqsadga
intilganlik, jasurlik, kamtarlik, mehnatsevarlik kabi ijobiy xislatlarning
shakllanishiga olib keladi.
Xarakterning tuzilishi. Inson shaxsining xarakteri hamisha ko’pqirralidir.
Unda alohida xususiyatlar yoki tomonlar ajratilib ko’rsatilishi mumkin, lekin
ular bir-birlaridan ajratilgan, alohida xolda bo’lmaydi, balki ma’lum
darajada
xarakterning barqaror tuzilishini tashkil etgan holda o’zaro bog’liq bo’ladi.
Xarakterning strukturasi uning ayrim xususiyatlari o’rtasidagi qonuniy
bog’liqlikda namoyon bo’ladi. Agar kishi qurqoq bulsa, u tashabbuskorlik,
qat’iylik va mustaqillik, fidokorlik va oliyhimmatlilik fazilatlariga ega
bulmaydi, deb aytish uchun asoslar bor. Shu bilan birga xarakteri bo’yicha
qurqoq kishidan itoatkorlik va xushomadgo’ylikni,
kuchli kishiga nisbatan
konformlilikni, qizg’onchilikni, sotqinlikni, ishonchsizlik va ehtiyotkorlikni
ko’tish mumkin.
Xarakterning xususiyatlari orasida ayrimlari asosiy, yetakchi bo’lib,
uning namoyon bo’lishining butun kompleksini rivojlantirishning umumiy
yo’nalishini belgilab beradi. Ular bilan bir qatorda ikkinchi darajali xususiyatlar
ham borki, ayrim hollarda ular asosiy deb belgilanishi,
boshqalarida esa ular
bilan uyg’unlashmasligi ham mumkin.
Xarakter subyektning birgalikdagi faoliyatga qay tarzda faol jalb
qilinishiga qarab hatti-harakatlarda va ishlarda namoyon bo’lar ekan, ham
faoliyat
mazmuniga,
ham
qiyinchilikning
muvaffaqqiyatli
yoki
muvaffaqqiyatsiz bartaraf etilishiga, ham asosiy hayotiy maqsadlarga erishishda
uzoq va yaqin istiqbollarga bog’liq bo’lib qoladi.
Shunday qilib xarakterning tarkib topishida kishining tevarak-atrofidagi
muhitga va o’z-o’ziga, boshqa kishiga qanday munosabatda bo’lishi muhim
hisoblanadi. Shu bilan birga bu munosabatlar xarakterning eng muhim
xususiyatlarini tasniflash uchun asos bo’ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xarakterning to’rtta sistemasini farqlash
mumkin:
1. Jamoaga va ayrim odamlarga bo’lgan
munosabatlarni ifodalovchi
xarakter xususiyatlari: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takaburlik va
boshqalar.
2. Mehnatga bo’lgan munosabatni ifodalovchi xarakter xislatlari:
mehnatsevarlik, vijdonlilik, unga mas’uliyat
bilan qarash, boshlagan ishni
oxiriga yetkazish, yalqovlik, mas’uliyatsizlik kabilar.
114
3. Narsalarga bo’lgan munosabatlarni ifodalovchi xarakter xislatlari:
ozodalik yoki ifloslik, narsalarni ayab ishlatish yoki ayamaslik, ularga nisbatan
extiyotkorlik yoki aksincha kabilar.
4. Odamning o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarini ifodalovchi xarakter
xislatlari: izzat-nafslilik, o’z sha’nini
extiyot qilish, kamtarlik, o’ziga ortiqcha
baho bermaslik yoki shuhratparastlik, mag’rurlik, dimogdorlik, o’zini kata olish
kabilar.
Dostları ilə paylaş: