154
tarbiyalanishi, tabiiy, har bir yosh avlodda o’zligini anglash, o’zi mansub
bo’lgan xalq va millat ma’naviyatini qadrlash xislarini tarbiyalamoqda. Bu esa,
o’sha yuksak o’z-o’zini anglashning poydevori va muhim shakllantiruvchi
mexanizmidir.
Demak, o’z-o’zini baholash — o’z-o’zini tarbiyalashning
muhim mezonidir.
3-guruh uchun tarqatma material
Shaxs shakllanishi va taraqqiyoti.
Shaxs
ijtimoiy, konkret – tarixiy sharoitlarda yashashi, ta’lim-tarbiya
olishi tufayli tarkib topadi. Shaxs taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi
nimadan iborat? Bu masalani hal qilish yuzasidan
psixologiya tarixida ikkita
oqim mavjud bo’lib, ulardan birinchisi shaxs psixik taraqqiyotining biogenetik
konsepsiyasi, ikkinchisi esa sosiogenetik konsepsiyasidir.
Biogenetik konsepsiyaga ko’ra inson shaxsining taraqqiyoti biologik
faktor, ya’ni nasliy faktor bilan belgilanadi. Bu konsepsiyaga ko’ra, odam
psixik faoliyatining shakllarigina emas, balki bu faoliyat shakllarining mazmuni
ham go’yo tug’ilishidan peshonasiga yozib qo’yilgan emish, odamning psixik
taraqqiyot bosqichlari va ularning yuzaga kelish tartiblari
avvaldan belgilanib
qo’yilgan emish. Biogenetiklar pedagoglardan bolada taqdir yo’li bilan qanday
shaxsiy sifatlar yuzaga kelishini bilib turishni, lekin ularning yuzaga kelishiga
qarshilik qilmaslikni, aksincha yordam berishni talab qiladilar.
Sosiogenetik konsepsiya shaxsning taraqqiyotini uning atrofidagi ijtimoiy
muhitga bog’lab tushuntiradilar. Ularning aytishicha «odam ijtimoiy muhit
nusxasidir». Sosiogenetik ham biogenetiklar singari rivojlanayotgan odamning
shaxsiy faolligini inkor qiladilar. Odam
faqat atrofidagi muhitga
moslashadigan, passiv rol o’ynaydigan mavjudot deb qaraydilar. Agar
sosiogenetik konsepsiyani to’g’ri deb bilsak, u holda nima sababdan ba’zi holda
bir hil muhitda har hil odamlarning yetishib chiqishi tushunib bo’lmaydigan
masala bo’lib qoladi.
Shaxs taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlar muammosini hal qilishda
dialektika ta’limotiga asoslanish lozim. Shaxsning faolligi odamni anglangan
yoki anglanmagan motivlarining murakkab sistemasi orqali faoliyatga undovchi
ehtiyojlar yig’indisiga bog’liqdir. Biroq ehtiyojlarni
qondirish jarayoni ichki
qarama–qarshiliklarga ega bo’lgan jarayondir. Odatda ehtiyojlar paydo bo’lishi
bilanoq qondirilmaydi. Ehtiyojlarni qondirish uchun moddiy vositalar,
shaxsning faoliyatga ma’lum darajada tayyor bo’lishi, bilimlar, ko’nikmalar va
shu kabilar zarurdir.
Shaxs taraqqiyotida irsiyat va muhitning rolini to’la inkor qilib bo’lmaydi,
balki har ikkisining ham ma’lum darajada o’z o’rni bor.
Lekin shaxs
taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil ta’lim–tarbiya bo’lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: