157
Undan so’ng ma’lumotlar qayta ishlanadi. Ko’rsatma buzilgan bo’lsa
tarqatma material yaroqsiz bo’lgan deb hisoblanadi.
Ma’lumotlar quyidagi ko’rinishda qayta ishlanadi:
Odamchani tasvirlashda foydalanilgan uchburchak, aylana, kvadratlar soni
har bir rasm uchun alohida hisoblanadi va natija uch xonali son bilan
ifodalanadi, bunda uchburchak- 100, aylana- 10, kvadrat-1-liklarda bo’ladi.
Masalan, 3-ta uchburchak, 4-ta aylana, 3-ta kvadrat qo’llanilgan bo’lsa, bu
- 343 sonini beradi. Ushbu son rasm formulasini tashkil qiladi.
Unga qarab chizayotgan kishilarning o’ziga mansub bo’lgan turi aniqlanadi.
Turlar quyidagi jadvalda keltirilayapti
INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK FARQLAR TIZIMI.
901 802
703
604
505
406
307
208
109
910 811
712
613
514
415
316
217
118
019
820
721
622
523
424
325
226
127
028
730
631
532
433
334
235
136
037
640
541
442
343
244
145
046
550
451
352
253
154
055
460
361
262
163
064
370
271
172
073
280
181
082
190
091
1-TUR. RAXBAR - odatda bunday odamlar boshqarish va uyushtirish
faoliyatiga moyil bo’lishadi. Ular jamiyatdagi muhim axlokiy me’yorlarga
tayanishadi, yuqori darajadagi nutqqa ega bo’lib,
hikoyanavislik iqtidori ham
yo’q emas. Ko’pchilik qatnashadigan, jamoa joylarga yaxshi moslasha
olishadi. Boshqalar ustidan hukmronlikni ma’lum bir chegarada saqlay
bilishadi. Odatda yashil rangni tanlaydilar va DARAXT testida ARChANI
chizishadi.
FORMULALAR - 901, 910, 802, 811, 820, 703, 712, 721, 730, 604, 613,
622, 631, 640.
901, 910, 802, 811, 820- xildagilarda ustivorlik juda kuchli namoyen
bo’ladi.
703, 712, 721, 730 - xildagilarda bu xol vaziyatga qarab ro’y beradi.
604, 613, 622, 631, 640 - bundaylar hukmi nutq ta’sirida o’tkaziladi,
boshqacha qilib aytganda, Bular O’QITUVCHILAR toifasiga mansub.
Shuni ta’kidlab o’tish joiz-ki, ushbu sifatlar namoyon bo’lishi sinaluvchining
psixik taraqqiyoti darajasiga ham bog’liq bo’ladi.
Yuqori darajada rivojlangan
individual-psixologik sifatlar yaxshi anglanib, ro’yobga chiqishi oson bo’ladi.
Rivojlanishi past dara-jada bo’lsa kasbiy faoliyatda namoyon bo’lmaydi,
balki vaziyatga qarab namon bo’ladi. Bular barcha ta’riflarga xos.
2-TUR. MA’SULIYATLI IJROCHILAR - ular ham RAHBARLARga
taalluqli ko’plab hislatlarga ega, biroq ma’suliyatli qarorlar qabo’l qilish
158
chog’ida ikkilanadilar. Bunday kishilar ishni bajarishga usta bo’ladilar, o’ta
mahoratli, ma’suliyatli va o’ziga ham, boshqalarga ham talabchan,
haqiqatgo’y, ya’ni har joyda adolat qilishligi bilan ajralib turadilar. Ko’pincha
asabga bog’liq somatik kasalliklar bilan og’rishadilar.
FORMULALAR - 505, 514, 523, 532, 541, 550.
3-TUR. XAVOTIRLI-SHUBHALI—bunday kishilar turfa qobiliyatlar va
iqtidor egalari bo’lishadi Ularda nafis qo’l harakatlari ko’-nikmalaridan tortib
adabiy iqtidorgacha bor. Odatda bunday odam-larga bir kasbning o’zi
kamlik
qiladi, ular o’z kasblarini kutil-maganda umuman qarama-qarshi kasbga
o’zgartirishlari mumkin. Tartibsizlik ularga yot bo’lganligi sababli ko’plab
nizolarni yuzaga keltirishadi. Ko’ngillari o’ta nozik. Ular o’zlariga
ishonchsiz, tasalliga muhtojdirlar.
FORMULALAR- 406, 415, 424, 433, 442, 451, 460.
Bundan tashqari 415-nazmiy iqtidor egalariga mansub, 424-o’z ishini o’ta
puxta qiladigan kishilarga taalluqli, ularni «Qanday qilib yomon ishlash
mumkinligini tasavvur qilolmayman!» degan jumlasi ajratib turadi.
4-TUR. OLIMLAR –bundaylar voqyea-hodisalarning muhim tomon-larini
aniqlash uchun ularning juz’iy tomonlarini fikran bir chekkaga qo’yib tahlil
qila oladilar. Konseptual tafakkurga, har narsaga o’zining qarashlarini
ishlab
chiqish qobiliyatiga ega. Ruhan xotirjam. O’z xatti-harakatlarini aql bilan
muvofiqlashtirib turadi.
FORMULALAR- 307, 316, 325, 334, 343, 352, 361, 370.
316 -global nazariyalar yaratish qobiliyatiga yoki ulkan hamda murak-kab
ishlarni muvofiqlashtirish salohiyatiga ega.
325 - Bular hayotga, sog’liqqa, biologiya va medisinaga oid bilimlarga
o’chligi bilan ajralib turadi. Ular kino, sirk, rejissura,
multip-likasiya kabi
sintetik san’at bilan shug’ullanadilar.
5-TUR. INTUITIV - bu toifadagi odamlar sezgir asab tizimiga ega bo’lib,
tez holsizlanadi. Bir faoliyatdan boshqasiga ko’chishni talab etadigan sohalarda
yaxshi ish beradilar. Odatda o’zini mazlumlar hi-moyachisi sifatida ko’rsatadi.
Yangilikni tez qabo’l qiladigan. Altruist, o’zgalarga g’amho’r. Yaxshigina qo’l
ko’nikmalariga va ko’rgazmali tasavvurga ega. Bu esa o’z navbatida
texnikaning ijodiy turlarida ish olib borishga imkon beradi. Aksariyat hollarda
o’zlarining axloq me’yorlarini ishlab chiqadilar. Erkiga tajovuz qiladigan har
narsaga salbiy munosabat bildirishadi.
FORMULALAR -208, 217, 226, 235, 244, 253, 262, 271, 280.
235 - psixologlar va psixologiyaga yuqori qiziqish bilan qaraydi-ganlar orasida
ko’p uchraydi.
244 - adabiy ijod salohiyatiga ega odamlar.
217 - kashfiyotchilik qobiliyatlari bor kishilar.
226 – yangilikka muhtojlik sezadigan va o’z
oldiga yuqori mqsadlar
qo’yadiganlar orasida uchraydi.
6-TUR. KASHFIYOTCHI, KONSTRUKTOR, RASSOM. —bu toifa texnik
qobiliyati bor kishilarda ko’p uchraydi. Bunday odamlar boy tasavvur,
fazoviy ko’ra bilish qobiliyatlariga ega, texnik, badiiy va intellektual ijodning
159
har xil turlari bilan shug’ullanishadi. E’tibori ichki olamiga qaratilgan,
intuitiv turga o’xshab ular ham o’z axloq me’yorlari bilan yashashadi,
tashqaridan bo’ladigan ta’sirga o’ta ta’sirchan. His-tuyg’ularga
beriluvchan,
o’ziga xos g’oyalar fidoyisi.
FORMULALAR -109, 118, 127, 136, 145, 019, 028, 037, 046.
019 — O’z muxlislariga ega insonlarda,
118 — kashfiyotchilar va konstruktiv imkoniyatlarga ega odamlarda uchraydi.
7-TUR. EMOTIV –bu toifa odamlari hamdardlik xususiyatiga ega,
kinofilmlarning qiynoqqa soladigan lavhalarini ko’rishi og’ir kechadi.
Kutilmagan hodisalardan es-hushini yo’qotib qo’yishadi. Boshqalarning dardi
va tashvishiga xayrixoh, achinganidan ruhan tez toliqadi. Oqibatda, o’zlari
qiyin ahvolga tushib qoladilar.
FORMULALAR - 550, 451, 460, 352, 361, 370, 253, 262, 271, 280, 154,
163, 172, 181, 190, 055, 064, 073, 082, 091.
8-TUR. EMOTIV TURNING AKSI - bu toifa odamlari birovlar dardini
tushunmaydi, ularga o’z ta’sirini, hukmini o’tkazishga harakat qiladilar.
Yaxshi mutaxassis bo’lsa, o’zi zarur deb hisoblagan ishni qilishga boshqalarni
majbur eta oladi. Ba’zan bag’ritosh,
vaziyatga, o’z muammolariga o’ralashib
qolishadi.
FORMULALAR- 901, 802, 703, 604, 505, 406, 307, 208, 109.
Dostları ilə paylaş: