Mustaqil tarzda amaliy mashq uchun topshiriqlar va testlar.
G. Ayznekning temperamentni aniqlash testi
Quyida tavsiya qilinayotgan test orqali kishilar o’zlarining va
boshqalarning temperament xususiyatlarini aniqlashlari mumkin. Bu uslub G.
Ayznek tomonidan ishlab chiqilgan va mualliflar tomonidan o’zbek tiliga
tarjima qilinib, mahalliy sharoitga moslashtirilgan.
O’rganishni tashkil qilish uchun sinaluvchiga javoblar yoziladigan
qog’oz, savollarga qanday javob berish bo’yicha ko’rsatma va savollar matni
beriladi.
Sinaluvchiga quyidagicha ko’rsatma beriladi:
Quydagi testda kishining hatti-harakatlari xususiyatlarini ifodalaydigan
savollar berilgan. Har bir savolga «ha» yoki «yuq» deb javob berishga harakat
qiling. Agar javobingiz «ha» degan mazmunga ega bo’lsa, «+», «yuq» degan
mazmunga esa «-» belgisini savol nomerining qarshisiga maxsus javob
qog’oziga belgilang. Savollarga tez, ko’p o’ylamay javob berishga harakat
qiling. Chunki sizni birinchi fikringizga kelgan javob ko’proq xarakterlaydiyu
bunda hama savollarga javob berish zarur.
Test quyidagi savollarni o’z ichiga oladi:
1. O’zingizni atrofingizda ko’plab kishilar bo’lishini, hushchaqchaqlik
qilishni va shovqinni yoqtirasizmi ?
2. Siz ko’pincha sizni qo’llab-quvvatlashi mumkin bo’lgan do’stlarga
ehtiyoj sezasizmi ?
3. Sizdan biror narsani so’raganda, hama vaqt tezda javob topa olasizmi ?
4. Sizg biror narsadan jahlingiz chiqish uchrab turadimi ?
5. Sizning kayfiyatingiz tez-tez o’zgarib turadimi ?
6. Sixga kitob o’qish, bolalar bilan birga bo’lishdan ko’ra yoqimliroq,
shundaymi ?
7. Xar xil hayollar, fikrlar sizga tez-tez uxlashga halaqit beradimi ?
8. Siz hamisha bir ishni qanday aytgan, topshirgan bo’lsa shunday
bajarasizmi ?
9. Biror kishining ustidan kulishni, hazillashishni, jig’iga tegishni
yoqtirasizmi?
10. Siz qachonlar o’zingizni baxtosiz his qilganmisiz, aslida buning uchun
sabab bo’lmagan bo’lsa ham ?
11. Siz o’zingizni xushchaqchaq, jo’shqin kishi deb hisoblaysizmi ?
12. Siz qachondir maktabda tartib-intizomni buzganmisiz ?
13. Sizning tez-tez biror narsaga jahlingiz chiqib turadi, shu tqg’rimi?
14. Sizga hama ishlarni tez (tempda) bajarish yoqadimi ? (Agar asta-sekin,
shoshmasdan bajarish yoqsa «yo’q» degan javob tanlaysiz).
15. Hammasi yahshilik bilan tugagan, lekin yomon oqibatlarga olib kelishi
mumkin bo’lgan voqyealar to’g’risida uylanish, bezovta bo’lasizmi ?
16. Sizga har qanday sirni ishonib aytsa bo’ladimi ?
17. Zerikarli davrani bemalol qizdira, jonlatira olasizmi ?
172
18. Sizda ma’lum bir jiddiy sababsiz hayajonlanish, yuragingiz tez-tez
urishi bo’lib turadimi ?
19. Biror kishi bilan do’stlashish uchun odatda birinchi tashabbus
ko’rsatasizmi ?
20. Siz qachondir yolg’on gapirganmisiz ?
21. Sizni yoki ishingizni tanqid qilganda osonlikcha xafa bo’lasizmi ?
22. Siz ko’pincha do’stlaringiz bilan hazillashib, kulgili voqyealarni hikoya
qilasizmi ?
23. Siz ko’pincha o’zingizni charchoq xis qilasizmi ?
24. Siz hamisha avval uyga berilgan darsni tayyorlab, keyin boshqa
ishlaringizni qilasizmi ?
25. Siz odatda xushchaqchaqmisiz ?
26. Siz har narsaga xafa bo’lasizmi ?
27. Siz boshqalar, tengdoshlaringiz bilan gaplashishni, bo’sh vaqtlarni
birga o’tkazishni yoqtirasizmi ?
28. Oila a’zolaringizning xo’jalik, uy ishlariga yordam berish to’g’risidagi
iltimoslarini hamma vaqt ham bajarasizmi ?
29. Sizda boshingiz aylanishi uchrab turadimi ?
30. Sizning xatti-harakatlaringiz boshqa kishilarni noqulay ahvolga solib
qo’yadigan vaziyatlar uchrab turadimi ?
31. Sizga tez-tez hamma narsa joningizga tegib ketganday bo’lib tuyuladimi
?
32. Maqtanishni yoqtirasizmi ?
33. Notanish kishilar davrasiga tushib qolganingizda ko’pincha jim
o’tirasiz, shundaymi ?
34. Ba’zan shunday hayajonlanasizki, bir joyda o’tirishingiz qiyin bo’lib
qoladi, shundaymi ?
35. Siz odatda tez bir qarorga kelasizmi ?
36. Sinfda Hech shovqin qilmaysizimi, hatto sinfda o’qituvchi bo’lmasa
ham?
37. Siz tez-tez qo’rqinchli tushlar ko’rasizmi ?
38. Siz o’z his-tuyg’ularingizga erk berib, do’stlaringizga erk berib,
do’stlaringiz davrasida xushchaqchaqlik qila olasizmi ?
39. Sizni xafa qilish, ko’nglingizni ranjitish osonmi ?
40. Biror kishi to’g’risida, uni yomonlab gapirganmisiz ?
41. Siz odatda unchalik ham ko’p o’ylanib o’tirmay tez gapirib, tez harakat
qilasiz, to’g’rimi ?
42. Agar siz kishilar oldida noqulay ahvolda qolsangiz, ancha vaqt
o’ylanib, ruhan qiynalib yurasizmi ?
43. Sizga quvnoq o’yinlar juda yoqadimi ?
44. Siz hamisha ovqat qanday tayyorlangan bo’lsa, shuni iste’mol
qilaverasizmi ?
45. Kimdir biror narsani so’rasa yoki biror ishni bajarishni iltimos qilsa
«yo’q» deb javob berishga qiynalasizmi ?
46. Tez-tez mexmonga borishni yoqtirasizmi ?
173
47. Hayotdan norozi bo’lish, umuman yashagingiz kelmay qoladigan
vaqtlar bo’ladimi?
48. Siz qachondir ota-onangizga nisbatan qo’pol munosabatda bo’lganmisiz
?
49. Tengdoshlaringiz sizni xushchaqchaq va serg’ayrat kishi deb
hisoblashadimi ?
50. Siz dars tayyorlayotganda tez-tez boshqa narsalarga chalg’iysizmi,
boshqa ishlarga ovunasizmi ?
51. Siz o’yin, ishlarda qatnashishdan ko’ra, kuzatib, qarab o’tirishni
yoqtirasizmi ?
52. Sizni odatda har xil o’y, fikrlar qiynaydimi ?
53. Bajarishingiz kerak bo’lgan ishni, uddalay olishingizga ishonchingiz
komil bo’ladimi, ya’ni aniq ishonch bilan kirishasizmi ?
54. Siz o’zingizni yolg’iz xis qilasizmi ?
55. Siz notanish kishi bilan suhbatga kirishishdan tortinasizmi ?
56. Siz ko’pincha biror-bir ish yoki holatni to’g’rilashga kech bo’lgandan
keyin kirishib, harakat qilasizmi ?
57. Sizga kimdir tengdoshlaringizdan baqirsa, siz ham baqirish bilan javob
qaytarasizmi ?
58. Sizdan ba’zan biror-bir sababsiz o’zingizni xushchaqchaq yoki g’amgin
his qilish uchrab turadimi ?
59. Siz har xil ko’ngilxushlik, xursandchilik davralaridan xaqiqiy qoniqish
va qanoatlanish olish qiyin deb hisoblaysizmi ?
60. Ko’pincha biror ishni o’ylamay qilib qo’yganingizdan keyin bezovta
bo’lish, o’ylab ziq bo’lishga to’g’ri keladimi ?
Dostları ilə paylaş: |