179
guruhlarda ishlash metodi orqali)
35 daqiqa
5. Darsga yakun yasash - 5 daqiqa
Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik
tarqatma materiallar
1. Faoliyat so’zini eshitganingizda fikringizga qanday so’zlar, iboralar keladi.
(Aqliy xujum)
2. Faoliyat turlarini o’rganish, bu haqida olingan ma’lumotlarni
mustahkamlash va ushbu masala bo’yicha talabalar o’zlashtirishi saviyasini
aniqlash uchun «Charxpalak» pedagogik texnologiyasini qo’llash mumkin.
Buning uchun guruh 3 ta kichik guruhga bo’linadi.
Xar bir guruhga oldindan
tayyorlangan quyidagi didaktik tarqatma material beriladi. Uning yuqori
qismiga chap tomonga
guruh nomeri yoki shartli nomi, o’ng tomonga guruh
a’zoloari belgilash uchun tanlagan belgi qo’yilishi
va guruh muhokama qilib,
jadvalning chap qismidagi 2 ustunda ifodalangan faollik shakllari qaysi tarkibiy
qismga mos kelishini belgilash taklif etiladi. Bu belgilar qo’yilgan qog’ozni
(soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha) keyingi guruhlarga uzatish taklif etiladi.
Keyingi guruh esa yana guruh fikri bo’yicha tegishli belgilar bilan to’ldirishi va
keyingi guruhga uzatishi lozim. Shu tarzda davom etib,
guruxlar fikrlari
belgilangan qog’ozlar charxpalak singari guruhlar orasida aylanib bo’lgach,
natijalar muhokamasi tashkil etiladi. Bunda jadvalning chap qismidagi 2
ustunda ifodalangan faollik shakllari qaysi tarkibiy qismga mos kelishi bo’yicha
belgilashlarda qanday bandlarda farqlar mavjud bo’lsa, shu banddagi faollik
shakllari qaysi tarkibiy qismga mansubligi muhokama etilib, umumiy bir to’gri
xulosaga kelinadi.
«Charxpalak» pedagogik texnologiyasini qo’llash uchun didaktik tarqatma
material
Quyidagi faollik shakllari qaysi faoliyat turlariga mos keladi?
Dostları ilə paylaş: