22
Ehtiyoj shaxs faolligining manbai sifatida namoyon bo’ladigan va uning konkret
yashash sharoitiga bog’liqligini ifodalovchi holatdir.
Shaxs ehtiyojlaridan tashqari, qiziqishlarga ham ega bo’ladi. Qiziqishlar
deganda odamning bilish jarayoni bilan bog’liq ehtiyojlarining hissiy namoyon
bo’lishi tushuniladi. Bilish ehtiyojlarini qondirish bilimlardagi kamchiliklarni
to’ldirishga, sharoitga yaxshiroq moslashishga, o’zi uchun ahamiyatli
narsalarni tushunishga yordam beradi.
Faoliyat jarayonida qiziqishlarning roli nihoyatda kattadir. Qiziqishlar
mazmuniga, maqsadiga, kengligi va mustahkamligiga qarab klassifikasiya
qilinishi mumkin.
Shaxs o’z e’tiqodiga ham ega bo’ladi. E’tiqod shaxsning o’z qarashlari,
prinsiplari, dunyoqarashlariga mos ravishda harakat qilishga undovchi
anglangan ehtiyojlar yig’indisidir. E’tiqodli kishi Hech qachon o’z prinsiplari,
qarashlari, maqsadlaridan chekinmaydi. Hozirgi tarbiyamizdan maqsad ham
e’tiqodli, iymonli, ma’naviy yetuk kishilarni tarbiyalab yetishtirishdir.
Shaxsda tilaklar ham mavjud bo’ladi. Tilak hatti–harakat motivi bo’lib, u
kishini harakat qilishga undaydi. Tilak niyat, orzu, ehtiros shakllarida
namoyon bo’lishi mumkin. Ular yuksak va past bo’lib, odamlar faoliyati va
jamiyat hayotida turli rol o’ynashi mumkin.
Qiziqishlar, ehtiyojlar, e’tiqodlar, tilaklar anglanilgan harakatlardir.
Lekin insonda anglanilgan motivlardan tashqari, anglanilmagan mayllar ham
borki, inson hayotida katta ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: