33
ongning ishtiroki kamayib, ko’pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy
tilga o’girilganda, malaka hosil bo’ldi deyiladi. Masalan, har birimiz shu
tarzda xat yozishga o’rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi
bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko’ra harakatlarni
muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlasa, biz buni
ko’nikmalar deb ataymiz.
Ko’nikmalar — doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Masalan, ko’nikma va
malakalar o’zaro bog’liq bo’ladi, shuning uchun ham o’quv faoliyati jarayonida
shakllanadigan barcha ko’nikmalar va malakalar shaxsning muvaffaqiyatli
o’qishini ta’minlaydi. Ikkalasi ham mashqlar va qaytarishlar vositasida
mustahkamlanadi. Agar, faqat malakani oladigan bo’lsak, uning shakllanish
yo’llari quyidagicha bo’lishi mumkin:
oddiy namoyish etish yo’li bilan;
tushuntirish yo’li bilan;
ko’rsatish bilan tushuntirishni uyg’unlashtirish yo’li bilan.
Hayotda ko’nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning
jismoniy va aqliy urinishlarimizni yengillashtiradi va o’qishda, mehnatda, sport
sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta’minlaydi.
Faoliyatni klassifikasiya qilish va turlarga bo’lishning yana bir keng
tarqalgan usuli — bu barcha insonlarga xos bo’lgan asosiy faollik turlari
bo’yicha tabaqalashdir. Bu — muloqot, o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlaridir.
Muloqot — shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo’ladigan
birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri
— inson bo’lish, odamlarga o’xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o’zaro
munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi.
Shaxs o’z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi
orqali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat
turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi.
O’yin — shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy
ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi
murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari
bola tomonidan o’zlashtiriladi. Bola toki o’ynamaguncha, kattalar hatti-
harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab yetolmaydi.
O’qish faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol o’ynaydi va ma’no kasb
etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli
ko’nikmalar o’zlashtiriladi.
Mehnat qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib,
uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat
taraqqiyotiga hissa qo’shishdir.
Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan
amalga oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal
qiladi. Oddiygina biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador
bo’lgan ma’lumotlarni eslab qolish va kerak bo’lganda yana esga tushirish orqali
uni bajarish bo’lmay, balki ham ichki (psixik), ham tashqi (predmetga
yo’naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bog’liq murakkab
jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat